21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:09
Fan va taʼlim 👁 240

DOʻRMANLIK IJODKOR MUHAYYo

DOʻRMANLIK IJODKOR MUHAYYo

Ijod – bu oʻziga chorlovchi va maftun qiluvchi oʻzgacha olam. Ijodkor esa shu oʻzgacha olamning sehrli sarhadlarini kezib, zavqqa toʻladi. Toʻlib-toshgan hislarini goʻzal tashbehlar, chiroyli ranglar bilan bezab, boshqalarga koʻrsatishga oshiqadi. Dunyoni, hayotni oʻzi koʻrib turgandek shaklu-shamoyilda tasvirlab, buni hammaga anglatgisi keladi.

Oʻziga xos isteʼdod sohibasi boʻlgan amudaryolik Muhayyo Oʻrinboyeva ham keng va rang-barang mavzulardagi sheʼrlari bilan bugun nafaqat Doʻrman elida, balki tumanda ham taniqli desak, aslo muoblagʻa boʻlmaydi. Uning qalamiga mansub boʻlgan Vatan, xalq, jonajon qishlogʻi, zamondoshlari haqidagi sheʼrlari allaqachon oʻz muxlislarini topgan. Ayniqsa, eliga boʻlgan samimiy muhabbatini, faxru-iftixorini, shukronasini ifoda etgan “Mehmon boʻling, Doʻrmanga” degan sheʼri doʻrmanliklarning qalbidan joy olgan.

Muhayyo 1980-yilda oʻqituvchi oilasida tavallud topdi. Ota-onasi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari boʻlgani boisdanmi, sheʼriyatga havas unda oʻquvchilik davridan boshlangan edi. Erkaboy aka va Momogul opalar qizidagi bu havasni ertaroq payqab, koʻproq badiiy kitoblar oʻqishga qiziqtirar, oʻzlari olib kelib berar, Muhayyoni ruhlantirardi. Tabiatning goʻzalligi, odamlar oʻrtasidagi mehr-oqibat, yurtga muhabbat mavzularida havas bilan ijod qila boshlagan qizaloq yozgan sheʼrlarning birinchi tinglovchisi ham onasi Momogul opa boʻlardi. Ilhom qanotlarida parvoz qila boshlagan ijod olamining yosh havaskori oʻz sheʼrlarini onasiga oʻqib berib, juda zavqlanar, yanada koʻproq yozishga ragʻbat olardi.

Ijod muhitida ulgʻaygan Muhayyoning, dastlabki yillarda oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlish orzusi ushalmadi. Oʻsha davrdagi oilaviy sharoit sababli uning oʻqishni davom ettirishiga imkon boʻlmadi. Avvalroq oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻlgan aka-opalarini oʻqitish tashvishida boʻlgan ota-onasi ham uni payti kelsa oliygohlarda oʻqitishni juda-juda istashar edi. Bu orada katta farzandlar oilali boʻlishdi. Odobli, chaqqon va roʻzgʻor ishlariga ham uquvli boʻlgan Muhayyoni ham ovulda kelin qilishga havasmandlar koʻpayib, xonadon eshigini tindirishmadi va yaxshi bir oiladan kelgan sovchilarga ota-onasining roziligi bilan turmushga chiqdi.

Uning baxtiga turmush oʻrtogʻi, qaynona-qaynotasi ham dunyoqarashi keng, maʼnaviyatli insonlar boʻlib chiqdi. Izma-iz dunyoga kelgan qizlari Muhabbat va Dilnuralarni ulgʻaytirishganidan soʻng, 2011-yilda uning ovuldagi 70-sonli maktabda toʻgarak rahbari boʻlib ishlashiga sharoit yaratishdi. Oʻz ishiga masʼuliyatli va oʻquvchilar bilan oson til topisha oladigan Muhayyoni maktab psixologi vazifasiga tayinlashdi. Oʻquvchilar bilan ishlash uni dastlabki kunlardanoq, ruhlantirish bilan birga ilhomlantirib ham boshlagan edi. Bu yana ijodga qaytishiga turtki boʻlib, turli mavzularda yangi sheʼrlar yozdi, katta daftarlarni toʻldirdi.

U oʻzi yozgan sheʼrlarini tajribali ustozlarga koʻrsatib, yoʻl-yoʻriq oʻrganish maqsadida tuman gazetasi tahririyatiga olib kelishga jazm qildi. Tahririyatda uni ustoz jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyazov qarshi oldi va ijod namunalari bilan tanishib, kerakli tavsiyalar berdi. Maʼqul kelgan qoralamalarni gazeta sahifalarida chop etish uchun olib qoldi. Ustozdan yoʻl-yoʻriqlar oʻrganib, koʻngli toʻlib chiqqan Muhayyo oʻz sheʼrlarini gazeta sahifalarida koʻrganidan soʻng, yanada ilhomlandi. Keyinchalik qalbidagi nozik his-tuygʻulari ifoda etilgan sheʼriy mashqlari, hikoyalari tuman gazetasida koʻplab chop etildi. Bundan ruhlangan yosh shoira “Mehmon boʻling, Doʻrmanimga” deb nomlangan sheʼriy toʻplamini nashrdan chiqarishga muvaffaq boʻldi. U endi tumandagi yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlovchi “Jayxun ilxomlari” nodavlat-notijorat tashkilotining faol aʼzosiga aylandi. Tashkilot aʼzolari boʻlgan turli yoshdagi ijodkorlar bilan tez-tez uchrashar, mushoiralarda qatnashar va bundan juda katta zavq olardi. Tashkilot qoshida tashkil etilgan kutubxonaga ham tashrif buyurib, turli mavzulardagi adabiyotlar, kitoblarni mutolaa qilishni odatga aylantirdi.

Muhayyoning hayotida 2020-yilda yana bir quvonchli voqea roʻy berdi. U Nukus shahridagi Pedagogika institutining pedagogika-psixologiya yoʻnalishiga oʻqishga kirib, eng azaliy orzusi boʻlgan talabalik baxtiga erishdi. Maktabdagi faoliyatini esa amaliyotchi-psixolog lavozimida davom ettira boshladi. Hozirgi kunda maktabda yosh avlodning maʼnaviyatli, komil insonlar boʻlib voyaga yetishlariga munosib hissa qoʻshish eng asosiy maqsadiga aylangan. Shu bois taʼlim maskanida oʻqituvchilar bilan bamaslahat, hamkorlikda ish olib borib, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, iqtidorlarini yuzaga chiqarishlariga koʻmaklashish borasidagi tadbirlarni hamkorlikda tashkil etib kelmoqda.

 Muhayyo fayzli oilaning bekasi, umr yoʻldoshi bilan 4 nafar farzandni voyaga yetkazishmoqda. Hamon ijod qilishdan charchamayotgan shoiraning yangidan “Aytilmagan ertaklar” deb nomlangan toʻplami nashrga tayyorlanmoqda. Ushbu toʻplamda ijodkorning rang-barang mavzulardagi sheʼrlari bilan birga, hayotiy hikoyalar ham joy olgan.

Ijod maydonida parvoz qilish bilan birga sevimli kasbi orqali jamiyatga naf keltirayotgan Muhayyo Oʻrinboyevaga ijodiy barkamollik, muvaffaqiyat tilaymiz.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026