21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:59
Sport 👁 211

ChORDARA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR OʻRTASIDA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

ChORDARA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR OʻRTASIDA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

Ayol-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida ovul va mahallalardagi ayol-qizlar oʻrtasida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tuman boʻlimi va Sport maktabi bilan hamkorlikda sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda barcha mahallalardan 20-25 yoshdan yuqori boʻlgan ayollar va qizlar sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol, yengil atletika, gimnastrada va boshqa turlari boʻyicha bellashdilar.

7-mart kuni Chordara mahallasida boʻlib oʻtgan mini futbol musobaqasining ochilish marosimida tuman Sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov hamda sport murabbiylari, maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, fuqarolar yigʻini masʼullari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari qatnashishdi.

Tadbirni Sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov ochib berdi. U oʻz soʻzida bugungi kunda jamiyatimizda yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga qiziqtirish, keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlarga keng toʻxtalib oʻtdi. shuningdek, Yoshlarni sogʻlom va baquvvat qilib voyaga yetkazish, ular oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib etish maqsadida oʻtkazilayotgan musobaqalarda yuzlab yoshlar faol ishtirok etayotgani, tumanimiz sharafini munosib himoya qilib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishayotgani haqida soʻzlab oʻtdi.

Shundan soʻng boshlab yuborilgan musobaqalarda ovul va mahallalardan tashrif buyurgan oʻsmir qizlardan tashkil topgan 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qolaversa, beshta muhim tashabbus doirasida sport va sogʻlomlashtirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida xotin-qizlar oʻrtasida tashkil etilgan ushbu musobaqalar qizgʻin hamda murosasiz bahslarga boy boʻldi. Musobaqalar davomida barcha jamoalar oʻzlarining abjirliklarini koʻrsatib, gʻoliblik uchun harakat qilishdi.

Toʻp surish boʻyicha eng kuchli va mahoratli deb topilgan, koʻp ball toʻplashga erishgan jamoalar musobaqaning final bosqichiga yetib kelishdi. Qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha tashkil etilgan musobaqa oʻz nihoyasiga yetganidan soʻng, hakamlar hayʼati tomonidan gʻoliblar aniqlanib, eʼlon qilindi.

Qizgʻin kechgan oʻyinlar davomida darvozaga eng koʻp toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan tuman Sport maktabi jamoasiga faxrli 1-oʻrin gʻolibligi nasib etdi. Ushbu jamoa 3-5-mart Xoʻjayli shahrida qizlar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogi uchun boʻlib oʻtgan futzal musobaqasida ham faxrli 1-oʻrinni egallab, kubokni qoʻlga kiritgan edi. Ularni tuman Sport maktabining tajribali trenerlari musobaqalarga tayyorlab, sportning ushbu turi boʻyicha mahorat sirlarini oʻrgatib kelmoqda.

Shuningdek, musobaqa davomida ulardan ortda qolmaslikka harakat qilgan 35-sonli maktab jamoasi 2-oʻrin, 41-sonli maktab jamoasi esa 3-oʻringa munosib deb topildilar.

Musobaqalar juda qizgʻin va koʻtarinki ruhda oʻtib, barchaga bahoriy kayfiyat baxsh etdi. Tadbir yakunida gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026