22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 22:46
Jamiyat 👁 380

SAYYoR SUDDA PROBATsIYa HISOBIDAGI 7 NAFAR ShAXS MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI

SAYYoR SUDDA PROBATsIYa HISOBIDAGI 7 NAFAR ShAXS MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI

Durunki mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan sayyor sud oʻtkazildi.

Sayyor sudda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman Amudaryo tuman sudi, Prokuratura, Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi masʼullari qatnashishdi. Ushbu sayyor sud majlisida muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazolariga sud tomonidan hukm qilingan mahkumlarni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi talablari asosida jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish toʻgʻrisidagi 7 ta taqdimnomalar koʻrib chiqildi. Natijada, haqiqatda mehnatga halol munosabatda boʻlgan va jazo oʻtashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yoʻliga oʻtgan 7 nafar mahkum Jinoyat Kodeksining insonparvarlik va odillik tamoyillariga asosan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Sudda ishi koʻrilayotgan mahkumlarning barchasi tuman fuqarosi ekanligi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga koʻra jazoga tortilgani, hozirgi kunda belgilangan jazoning maʼlum qismini oʻtagani toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu mahkumlarning 1 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-, 169-moddalariga koʻra jazoga tortilgan. U savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlaridan biriga ishchi sifatida qabul qilingan va hozirgi kunga qadar ishlab kelmoqda. Mahkum jazoni oʻtash tartib va qoidalariga toʻliq amal qilmoqda. Shu sababli uning axloq tuzatish ishlari jazosining oʻtalmagan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqishlik uchun sudga taqdimnoma kiritilgan.

Undan tashqari, Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan 1-yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan yana bir shaxs ham oilaviy korxonaga ishchi boʻlib qabul qilingani, hozirgi kunga qadar ishlab kelayotgani, jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini toʻliq anglab yetib, tuzalish yoʻliga qatiy oʻtgani, belgilangan tartiblariga amal qilayotgani sababli muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqish uchun sudga taqdimnoma yuborilgan. Shuningdek, Kodeksning 105-moddasi bilan 3-yildan ziyod muddatga, 128-moddasi bilan 1-yil muddatga, 266-moddasi bilan 3-yil muddatga, 211-moddasi bilan 2-yil muddatga, 118-moddasi bilan 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boshqa mahkumlarni ham Probatsiya nazorati davomida munosib xulq-atvorda boʻlganligi sababli muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqishlik uchun sudga taqdimnoma kiritilgan.

Sud ishi davomida mahkumlarga tegishli hujjatlar birma-bir oʻrganildi, tomonlarning koʻrsatmalari tinglanib, bir xulosaga kelindi. Jazo oʻtash tartib-qoidalariga amal qilib, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi uchun 7 nafar mahkum oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Oʻzlariga tegishli xulosalar chiqarib olgan ushbu shaxslarga zimmalaridagi majburiyatlar yana bir bor tushuntirildi. Jazodan ozod qilinganlar jinoyatining oqibatlarini toʻla anglab yetganligini, tuzalish yoʻliga oʻtganligini, endilikda oʻzlariga berilgan bu imkoniyatdan oqilona foydalanishini aytib, davlatimizga va masʼullarga minnatdorchilik bildirishdi.

Bu kabi tadbirlar pofilaktik ishlar samaradorligini oshirib, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini taʼminlaydi.

A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

R. Iskandarov, tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026