SAYYoR QABULDA SUD-HUQUQ MASALALARIGA DOIR MUROJAATLAR TINGLANDI
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi masʼullari tomonidan sud-huquq masalalariga doir sayyor qabul taşkil etildi.
Şu yil 25-mart kuni Örta qalʼa ovuli va Beş ovul mahallasida bölib ötgan sayyor qabullarda sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, özgarişlar xususida söz yuritildi. Şuningdek, sudga va boşqa huquq organlariga murojaat qiliş tartibi, fuqarolar murojaati töğrisidagi qonun mazmun-mohiyati tuşuntirildi.
Şundan söng, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qabulda 15 nafar fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qilişdi. Murojaatlardan 2 tasi otasidan qolgan köçmas mulkka kadastr hujjatini tayyorlaş, 2 tasi YXHB tomonidan solingan jarima jazosidan noroziligi, 3 tasi Özbekiston Respublikasi fuqaroligini oliş masalasida, 4 tasi yaşab turgan xonadonining kadastr hujjati bölmaganligi sababli Kadastr agentligi jarima qöllaganligidan noroziligi va boşqa masalalar yuzasidan böldi.
Sayyor qabul davomida yangilanayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati töğrisida ham keng tuşuntirişlar berildi.
Fuqarolar bu masala yuzasidan ham özlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar.
A.Safarov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶