Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 59-sessiyasi töğrisida axborot
2023-yil 31-mart kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 59-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya işida tuman Kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi.
Sessiya kotibligiga 2-Çordara saylov okrugidan deputat Muyassar Raxmatullayeva saylandi.
Sessiyada dastlab mahalliy byudjetning 2023-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablağlari hisobidan ajratiladigan mablağlar töğrisida tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayevning hisoboti tinglandi.
Keltirib ötilganidek, erkin qoldiq mablağlari hisobidan “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmasining har biriga 22 mln. söm, “Fuqarolar taşabbusi” jamğarmasiga 44 mln. söm sarflanişi belgilangan. Deputatlar tuman hokimi örinbosarining taklifini atrofliça muhokama qilib, bir ovozdan maqulladilar.
Sessiya işida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça kelib tuşayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamçilari faoliyatining natijadorligini örganiş töğrisida tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan axborotda hokim yordamçilarining murojaatlar bilan işlaş samaradorligi böyiça maʼlumotlar berildi. Qayd qilinganidek, 2023-yil fevral oyida hokim yordamçilari tomonidan 499 nafar şaxsning bandligi taʼminlangan bölib, şundan 34 nafari doimiy iş bilan, 86 nafari haq tölanadigan jamoat işlariga jalb etilgan bölsa, 940 nafari özini-özi band etgan.
Sessiya işida “Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yakinlaştiriş va tibbiy xizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi böyiça tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği örinbosari Hakimjon Sobirovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda keltirib ötilganidek, 2022-yil davomida tumanda 18-40 yoşdagi aholi soni 38 463 nafarni taşkil etdi. Şundan tarmoq reja böyiça 37 477 nafar fuqaro profilaktik tibbiy körikdan ötkazilgan. Ötkazilgan tibbiy körik natijasida 4081 nafar fuqaroda kasallik aniqlangan. Şularning 406 nafari statsionar şaroitda 3675 nafari ambulator şaroitda soğlomlaştirilgan.
Sessiya davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon xöjaliklari taşkil etişni qöllab-quvvatlaş orqali aholi daromadlarini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Palvonov hisobot berdi.
Hisobotda dehqon xöjaliklarini taşkil etiş, çorvaçilik, paxta-ğallaçilikni rivojlantiriş maqsadida zahira yer maydonlarini oçiq elektron tanlovga qöyiş böyiça taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Sessiya işida “Özbekiston Respublikasining Referendumi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, tumandagi 64 ta referendum ötkazuvçi uçastka komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar röyxatini tasdiqlaş masalasi ham körib çiqildi va mazkur masala yuzasidan Kengaş qarori qabul qilindi.
Sessiya işida kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça körib çiqilib, tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶