21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:41
Siyosat 👁 277

YaNGI TAHRIRDAGI KONSTITUTsIYa – IJTIMOIY FAOLLIGIMIZ KAFOLATI

YaNGI TAHRIRDAGI KONSTITUTsIYa – IJTIMOIY FAOLLIGIMIZ KAFOLATI

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bilan tanisharkanman, ayollar huquqlari boʻyicha kiritilgan oʻzgarishlarga alohida eʼtibor qaratdim. Toʻgʻrisi, bu oʻzgarishlar ayol-qizlarimiz uchun kutilmagan quvonchli yangilik boʻldi, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Loyiha muhokamasi qizgʻin bahs-munozaralarga boy siyosiy voqea boʻldiki, avvallari xalqimiz oʻz Konstitutsiyasi muhokamasida bu qadar faol qatnashmas edi. Konstitutsiyaning 42- va 58-moddalariga kiritilgan yangi normalarga koʻra, xotin-qizlar huquqlarining erkaklar bilan teng qilinishi va ayol-qizlarni oʻz ish joyidan homiladorlik va taʼtil vaqtlarida mansabdor shaxslar ishdan boʻshata olmasligi, bolasi borligi uchun ishga qabul qilishni rad etishlari yoki ish haqini kamaytira olmasligi, ular doim qonuniy nazoratda boʻlishining oʻzi ayollar uchun eng ulkan imkoniyatdir.

Shu kungacha ayol-qizlar doimo jurʼatsiz va ikkilanishlar bilan ish joyidan boʻshab qolishdan yoki chetlashtirilishidan hadiksirab, fikrlarini ochiq ayta olmaydigan noaniqliklar boʻlar edi. Yuqoridagi moddalar esa biz ayollarning jamiyatda oʻz huquqlarimizni aniq kafolatlaydi.

Shuningdek, 52-moddaga kiritilgan yangi norma ustoz va murabbiylar, ishchi xodimlar haqida boʻlib, erki, dini, millatidan qatʼiy nazar, qoʻshimcha ishlardan ozod qilinishi, agarda mansabdor shaxslar ularni har xil ishlarga majburlasa, mansabdor shaxslarning qonuniy jazolanishi aniq-ravshan belgilab qoʻyilgani alohida eʼtiborlidir.

Shuni alohida qayd etish kerakki, ayni vaqtda ayol-qizlarning ulushi sogʻlikni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 82 foizni, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat sohalarida 72 foizni, sanoatda 38, tadbirkorlikda 35, oliy taʼlimda 46 foizni tashkil etishi ularning sohalar rivojidagi munosib oʻrnini belgilaydi. Shu bois, Konstitutsiyamizning yangi tahririda ayollarning mehnat qilishiga, jamiyat hayotidan ajralib qolishiga toʻsqinlik qilishlariga chek qoʻyilmoqda.

Bundan tashqari, 70-moddaga koʻra, ayollarning jamoat birlashmalariga uyushish huquqining mustahkamlanayotgani yanada quvonarli. Ushbu moddaga kiritilgan normaga koʻra, endilikda ayol-qizlar mamlakatimizda faoliyat olib boruvchi 400 dan ortiq ayollarning jamoat birlashmalariga qonuniy asosda aʼzo boʻlishlari, oʻz dunyoqarashlari, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlaridan amalda foydalanishlari mumkin. Bu huquqlarning Konstitutsiyaviy kafolatlanishi ham ayol-qizlar uchun juda katta imkoniyatdir.

Aholining ehtiyojmand qismini qoʻllab-quvvatlash va ularga alohida eʼtibor berish, “Ayollar daftari” “Yoshlar daftarlarida” roʻyxatda turgan shaxslarga davlat tomonidan gʻamxoʻrlik qilinishi, shuningdek, ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlari uchun sharoitlar yaratish, nogironligi bor va ota-onalaridan mahrum boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan huquqiy normalar 57-modda bilan mustahkamlab qoʻyilgan.

Xalqimiz hayoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan alohida normalarning kiritilishi ham muhim ahamiyatga ega. Atrof-muhitga, tabiatga boʻlgan munosabatni yanada faollashtirish uchun juda qattiq choralar koʻrilishi, yaʼni daraxtlarni noqonuniy chopish yoki Orolqum hududiga ekilgan saksovullarga ziyon yetkazishga qarshi moddalarning ketma-ketlikda kiritilishi inson bilan tabiatning uygʻun rivojlanishini kafolatlaydi.
Mulkning daxlsizligi, hech bir mansabdor shaxs tomonidan buzilishi yoki olib qoʻyilishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi norma ham har bir shaxsga tegishli mulkning barqaror kafolatini taʼminlaydi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz biz talabalar uchun haqiqiy huquqiy dorilfunundir va bu siyosiy jarayonni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Biz mamnuniyat bilan 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Referendumda faol ishtirok etamiz.

Nafosat TURSUNBOYeVA, Oʻzbekiston Milliy Universitetining 3-bosqich talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026