21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:52
Siyosat 👁 320

TARGʻIBOT TADBIRIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV QOShIDAGI AShULA VA RAQS ANSAMBLINING KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

TARGʻIBOT TADBIRIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV QOShIDAGI AShULA VA RAQS ANSAMBLINING KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumiga Amudaryo tumanida ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Shu bilan birga aholi oʻrtasidagi targʻibot tadbirlari ham koʻtarinki ruhda davom etmoqda.

19-aprel kuni tuman Madaniyat boʻlimida boʻlib oʻtgan navbatdagi targʻibot tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi ashula va raqs ansamblining kontsert dasturi ham namoyish etildi. Unda tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari va ularning oila aʼzolari, tumanimizning faol yoshlari, mehnat faxriylari, taʼlim sohasi xodimlari va OAV vakillari qatnashishdi.

Tadbirda ishtirok etgan Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurodova, “Yosh kitobxon oila” tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi gʻolibi Umidbek Oʻrinboyevlar Umumxalq Referendumiga qoʻyilgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya xususida soʻzlab, barchani muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurodova, “Yosh kitobxon oila” tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi gʻolibi Umidbek Oʻrinboyevlar Vatanimiz taqdiri va ravnaqi, inson qadri, yurtdoshlarimiz haq-huquqlari himoyasini oʻzida mujassam etgan Yangi Oʻzbekistonning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, mazkur hujjatning ahamiyati, muhim jihatlari haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, bir yilga yaqin vaqt davomida Asosiy Qonunimizni takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgani, keng jamoatchilikning takliflari asosida maromiga yetkazilgani toʻgʻrisida keng toʻxtaldilar. Shuningdek, referendum va uni oʻtkazish tartib-qoidalari haqida ham tushunchalar berildi.

Shundan soʻng, tadbir Oʻzbekiston Respublikasi IIV qoshidagi ashula va raqs ansamblining kontsert dasturi bilan davom ettirildi. Ashula va raqs ansambli rahbari Uchqun Tillayev hamda soʻz ustalari Zokir Ochildiyev, Oʻtkir Muhammadxoʻjevlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashishdi.

Xushovoz xonandalar Feruza Jumaniyozova va boshqalarning chiqishlari ishtirokchilariga juda manzur boʻldi hamda ularning yoshlik, muhabbat, ona yurt madhini tarannum etgan kuy-qoʻshiqlari davraga fayz kiritdi. Shoʻxchan ashulalar quvnoq raqslarga ulanib ketdi.

Shu oʻrinda aytib oʻtmoqchimizki, umumxalq muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan qonun loyihasi referendum yoʻli bilan qabul qilinishinida yurt taqdiriga, uning kelajagiga befarq qaramaydigan har bir fuqaro faol ishtirok etishi kerak.

Zero, konstitutsiyaviy islohotlarda “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ilgari surilayotgani mamlakatimizda inson qadri, haq-huquqlari, shaʼni har narsadan ustun ekanligini amalda namoyon etadi. Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgarishlarning butun mazmun-mohiyati aholining ijtimoiy va moddiy farovonligini taʼminlashga, inson huquqlarini hamma narsadan ustuvor qoʻyishga qaratilgan. Shunday ekan, barchamiz 30-aprel kuni oʻtkaziladigan Referendumda faol ishtirok etaylik, aziz yurtdoshlar!

Targʻibot tadbirida el sevgan sanʼatkorlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat baxsh etib, ularni xalq farovonligi hamda Vatan taraqqiyoti yoʻlida birlashishga chorladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026