XOTIRALARDA QOLGAN MAŞAQQATLI KUNLAR
Uruş – öz nomi bilan uruş. U kunlar olis xotiralarda qolgan bölsa ham Şarifa momo öşa zamonlarga töğri kelgan yoşligini har eslaganida mahzun bölib qoladi. Söng özi körgan şu oğir zamonlar qaytib kelmasligini tilab, hozirgi tinç-osoyişta, tökin-soçinlikda keçayotgan hayotiga takror-takror şukrona aytadi. Tilida duo, dilida şukrona bilan yaşayotgan, suronli Ikkinçi jahon uruşi yillarida mislsiz qiyinçiliklarni boşidan keçirgan Şarifa momo ayni paytda farzandlari, nevara-çevara kelinlari ardoğida dorilomon hayot keçirmoqda.
Şarifa Bekniyozova Xorazm viloyatining Vazir qişloğida 1923-yilda, özi aytganidek, bahor kunlarida jöxori ekiş pallasida tavallud topgan. Bolaligi paxta dalalarida keçgan Şarifa zalvorli mehnat maydonlarida kuçga tölib, şaddod, ğayratli va mehnatkaş qiz bölib ulğaydi. Şunday kunlarning birida qişloqning eng öktam, norğul yigitlaridan biri bölgan Rajabdan sovçi kelib, ularni unaştirib qöyişdi. Ammo el boşiga qora kunlar tuşib, birdan uruş boşlanib qoldi va barça yurtdoşlari qatori Rajab ham jangga otlandi.
Qişloqdan uruşga yaroqli bölgan barça erkaklar uruşga jönatilganidan keyin oğir yumuşlar ayol-qizlar va qariyalar zimmasiga ötdi. Şarifaning otasi ham juda keksa edi. Duradgor usta bölgan qari otasi şunga qaramasdan qişloqdoşlariga kömaklaşar, bir burda non uçun oilada onasi, Şarifa va uning özidan katta opasi birgalikda ertadan keçgaça dalada kun ötkazişardi.
Şarifa momo doim öşa davrlarda tuproq ostidan salgina körinib turgan bir dona çigitni ham qoldirmasdan olişgani, ayniqsa, qişning sovuq, izğirinli kunlarida zir titrab, dala kezib oqargan tola izlab tortgan azoblarini oğir xörsiniş bilan eslaydi. Muzlab qolgan köraklarni uyga olib kelib, öçoq oldida olov taftida eritib, titib töplagan paxta tolalarini topşirişgani, buning evaziga berişgan ozgina buğdoydan non qilib yeganlari, qorinlari töyar-töymas kun ötkazişgani haliga qadar yodida.
Şarifa momo bora-bora şuni ham topiş muşkul bölgan, oçlikda ötkazgan kunlarini, oğir mehnatdan mayib bölgan, oçarçilikdan şişib ölgan, frontdagi yaqinlaridan “qoraxat”lar olib qayğuga botgan qişloqdoşlarini aslo unutmaydi. Ayniqsa, qişning izğirini, saratonning issiğida dalada mehnat qilib çekkan zahmatlari, bir tişlam non uçun kattalardan qolişmay ter tökkanlari sira yodidan çiqmaydi. Şunday qora kunlarda yoşgina qiz böla turib, hamma qatori oğir yumuşlar qilgani, kulfatda ötgan hayotining qoronği tomoni endi faqat xotiralarda qolganiga gohida işongisi kelmaydi. Bu xotiralari haqida ulğayguniça farzandlariga, keyinçalik nevaralariga, hozir esa çevaralariga gapirib berişdan, özlari yaşayotgan tinç-osoyişta, tökin-soçin zamonlarga qayta va qayta şukrona aytişdan aslo çarçamaydi.
Uruş tugagaç, tirik qolganlar uylariga qayta boşladi. Ular Şarifani unaştirişgan Rajab ham qaytib keldi. U kelişi bilan keksa ota-onasiga qaraşib, noçor ahvolga tuşib qolgan oilasini oyoqqa turğazişga harakat qila boşladi. Kattagina yer olib, bir özi dehqonçilikni yölga qöydi. Köp ötmay, ular oila qurişdi. Lekin uruşdan keyingi tiklaniş yillarida işçi kuçi hamma yerda kerak bölgani uçun yoş oila 1950-yilda Amudaryo tumanidagi Kuyuk köpir ovuliga köçib kelişdi. Ovul hududidan ötadigan temir yöl atrofida şu paytda bironta uy yöq edi. Ular şu atrofga joylaşib, kolxozning qöriq yerlarini özlaştirişda katta yordam berişdi. Keyinçalik uy ham qurib olişdi. Şu uyda unib-ösib, özlaridan köpayişdi. Şarifa momo dunyoga keltirgan 13 nafar farzanddan 3 öğil va 6 qiz kamolga yetdi. Turli kasb-kor, hunar egalari bölib, jamiyat va elga naf keltirib yaşaşdi. Hozir nevaralar soni 36 nafarga, çevaralar 47 nafarga, evaralar 2 nafarga yetdi. Afsus şu kunlarni köriş Rajab otaga nasib etmadi.
Ötgan yili momoning 2 nafar çevarasi uylandi. Kelinni eng avval şu uyga, katta momosidan fotiha oliş uçun uning oldiga olib kelişdi. Bundan u nihoyatda xursand böldi. Bu yil qöllariga şu çevaralarning farzandini, yaʼni evarasini olganida esa özini şu baxtga sazovor etgan Allohga çeksiz şukronalar aytib, közlariga yoş oldi.
Şarifa momoning farzandlari, nevara va çevaralari har yili Navrözi olam – 21-mart kuni uning tavallud kunini nişonlaşadi. Bu yil tabarruk momo 100 yoşga yetdi. Şu qutluğ yoşida ham farzandlariga, nevara-çevaralariga boş bölib, yoşlarga hayotda öz yöllarini topişida pand-nasihatlari bilan kömak berib kelayotgan onaxonni tuman hokimligi, fuqarolar yiğini masʼullari, ovuldoşlari ham tez-tez yöqlab turişadi. Bayramlarda sovğa-salomlar bilan taşrif buyurib, hol-ahvol söraşga kelganlarning har biri bilan dildan suhbatlaşadi. Xotiralarda qolgan maşaqqatli kunlari, hayot haqiqatlari, körgan-keçirganlarini şeʼrga solib sözlab berişdan, tinç ötayotgan har kuniga şukrona aytişdan sira çarçamaydi.
Şarifa momo aytganidek, osoyişta kunlarimizga köz tegmasin. Tinçligimiz abadiy bölsin!
Ozoda Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶