21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:49
Jamiyat 👁 2,939

HUDUDLAR EKOLOGIK HOLATINI YaXShILAShDA JAMOATChILIKNING FAOLLIGI OShMOQDA

HUDUDLAR EKOLOGIK HOLATINI YaXShILAShDA JAMOATChILIKNING FAOLLIGI OShMOQDA

Atrof muhit muhofazasi – eng avvalo sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim omillaridan biridir. Chunki, biz yashayotgan makon qanchalik toza, sarishta va koʻkalamzor boʻlsa, hayot tarzimiz shunchalar goʻzal boʻlib boraveradi. Bunday muhitda yashash nainki farzandlarimizga, balki oʻzimizga ham zavq-shavq bagʻishlaydi.

"Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari bandma-band belgilab berilgan. Unga koʻra oʻzini oʻzi boshqarish organlari atrof muhit ifloslanishining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, fuqarolarning hayotiga, sogʻligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish borasida qonun hujjatlariga muvofiq atrof muhit muhofazasi bilan bogʻliq barcha muammolarni hal etishda masʼuldir.

Xoʻsh, tumanimizdagi "Choykoʻl”, "Qipchoq” va "Qangli” OFYlari hududida atrof muhit muhofazasi, obodonlashtirish ishlarining borishi qay ahvolda? Bu ishlarga masʼul boʻlgan oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ekologik nazorat ishlari yuritilyaptimi? Bugungi suhbatimiz ana shu xususda.

Rashid Yoʻldoshev, "Choykoʻl” OFY raisi:

– Bizning "Choykoʻl” ovulimiz jugʻrofiy oʻrni jihatidan juda qulay yerda joylashgan. Ovulning bir chekkasi Mangʻit shahriga tutashib ketganligi bois, ovul guzari kun sayin goʻzal qiyofa kasb etib bormoqda.

Ovul hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishda tuman DSENM xodimlari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, obodonlashtirish boshqarmasi, hududdagi umumtaʼlim maktablari va mahalla qoʻmitalari bilan qilayotgan hamkorlikdagi ishlarimiz yaxshi natijalar bermoqda. Ayniqsa, ovul xududidan oqib oʻtuvchi "Bosuv” kanalining muhofaza xududini, qabristonlarni obodonlashtirish, turar joylarning fasad qismini oqlash, taʼmirga muxtoj xonadonlarda taʼmirlash ishlarini olib borishda aholi bilan birgalikda ish yuritish bu boradagi koʻplab muammolarni hal qilish imkonini berdi. Chunonchi, barcha suv yoʻllari boʻyida tabiiy ravishda oʻsib, koʻpayuvchi toʻrongʻil, jigildak, qoramon kabi daraxtlarning noqonuniy kesilishiga barham berildi. Kanaldan suv oluvchi barcha ariqlar tozalanib, zarur joylarda qazish ishlari olib borildi va yondosh ariqlarning sogʻa qismiga koʻtarma boʻgat (shandor)lar qurildi.

Ovul ahli oʻz xonadonlarinigina emas, koʻchalarni, oʻzlari yashaydigan mahalla hududini toza saqlash uchun jon kuydiradilar. Xonadonlardan chiqadigan axlatlarning asosiy qismini oʻz tomorqa xoʻjaligi uchun foydali mahalliy mineral oʻgʻitga aylantirish yoʻllarini yaxshi biladilar.

Ovul xududidagi Qoraqipchoq, Shayx qalʼa va Choqcha aholi punktlarida axlat tashlaydigan oʻralar qurildi. Qabristonlar obodonlashtirilib, yer isrofgarchiligiga chek qoʻyildi. Eng muhimi, ovulimiz hududi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida "Shayx qalʼa”, "Noʻgʻoy eshon”, "Qoraqipchoq”, "Os” aholi punktlariga salkam 16 kilometr uzunlikda toza ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.

Ulugʻbek Olloberganov, "Qangli” OFY raisi:

– Halqimizda asrlar sinovidan oʻtgan bir ibora bor: "oʻzini anglagan odam oʻzgani anglaydi”, – deydilar. Haqiqatan ham, oʻz hayotini toʻgʻri yoʻlga solishning uddasidan chiqqan odam oʻz yaqinlaridan, qoʻni-qoʻshnilaridan ham shuni talab qila oladi. Ayniqsa, atrof-muhit muhofazasi masalasida. Oʻz xonadonida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirgan inson atrofdagilarga ham ijobiy taʼsirini oʻtkaza oladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytmoqchimanki, "Qangli” ovuli hududida yashovchi aholi yilning barcha fasllarida ham birday tozalikni taʼminlashga harakat qilishadi. Har yilgi koʻchat ekish oyligi deysizmi, obodonlashtirish va atrof tabiiy muhit muhofazasi deysizmi, barcha tadbirlarda faol ishtirok etishadi. Natijada, oʻtgan yilgi koʻchat ekish oyligida ovulimiz ahli tomonidan 3000 tup manzarali, 2500 tupdan ortiq mevali daraxt hamda 4000 tupdan ziyod gul koʻchatlari oʻtqazildi. Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi va obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda koʻchatlarning rivojlanish darajasini nazorat qilib koʻrganimizda, ularning 90 foizi unib-oʻsib, tuproqqa ildiz tashlayotganini kuzatdik. Bu nimadan dalolat? Bu–eng avvalo ovulimiz ahlining oʻz tugʻilgan maskaniga mehri balandligidan. Qolaversa, ona Vatanning har bir qarich yerini bogʻrogʻga aylantirish tuygʻusining kuchliligidandir.

Biz tuman DSENM xodimlari, bilan hamkorlikda hududimizdagi suv yoʻllarining tozaligini taʼminlash, oqar suv isrof boʻlishining oldini olish maqsadida nazorat-kuzatuv ishlarini tizimli ravishda, rejaga muvofiq olib boramiz. Ayniqsa, oqar suvdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada toza suvni zahkashlarga oqizib qoʻyish, oqar suv yoʻllariga axlatlar tashlash holatlariga chek qoʻyildi. Ovul hududidagi 2 ta mahallada maxsus axlat tashlash joylari qurilib, xonadonlardan chiqarib tashlanadigan axlatlar endilikda zararsizlantirilib, aholi yashash joylaridan uzoqqa chiqarib tashlanishiga erishilmoqda.

Ovul hududidagi yashil maydonlarni yanada kengaytirish, suv yoʻllarining boʻylaridagi tabiiy daraxtzorlarni asrab-avaylash esa doimiy diqqat markazimizda. Chunki, har bir tup daraxt–eng avvalo tabiiy, sof kislorod manbai, ekologik sanitar vazifasini oʻtaydi. Ana shu tabiat inʼomidan oqilona foydalanish–har birimizning zimmamizdagi burchimizdir.

Tirkashboy Jumaniyozov, "Qipchoq” OFY raisi:

–Qipchoq ovuli tumanimizdagi yirik ovullardan biri. Bundan tashqari, hududimizdan Amudaryo oqib oʻtadi, 3 ta mahallani birlashtirgan ovul hududini obodonlashtirish, ekologik muhitni sogʻlomlashtirish bugungi kunda nafaqat OFY va MFY raisining, balki har bir fuqaroning masʼuliyatli vazifasiga aylangan. Hudud aholisini oqar suv bilan taʼminlovchi Qipchoq arna kanalining muhofaza hududini toza saqlash eng birinchi galdagi vazifamizga kiradi. Fermer xoʻjaliklari hisobida turuvchi ijarachi-dehqonlarning va aholining oʻzlari uchun oʻngʻay, toʻgʻri kelgan joydan arnadan suv olishi natijasida arna qirgʻoqlari ancha zaiflashib, suv isrofgarchiligiga yoʻl qoʻyilish holatlari sodir boʻldi. OFY va Qipchoq MMTP masʼullari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat natijasida bu salbiy holatga barham berilib, Qipchoq arna kanalidan suv oluvchilar uchun 17 ta joyda maxsus buramali shandor(boʻgat)lar qurildi.

Hududimizdagi tabiiy oʻrmonzorlarni asrab-avaylash maqsadida Amudaryo va Qipchoq arna kanalining muhofaza hududida tabiiy ravishda oʻsib, koʻpaygan daraxtlar jiddiy nazorat qilingani bois, ularni toʻgʻri kelgan odam kesib ketishiga chek qoʻyildi. Xududdagi koʻchalarda va Mangʻit-Qipchoq davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻli boʻyining ovulimiz hududidagi qismida yilning barcha fasllarida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Har yili kamida 39-40 ming tup mevali, 45-46 ming tup manzarali daraxt koʻchatlari va 2000 tupdan ziyod gul koʻchatlari ekilib, ularning unib-oʻsib ketishiga alohida eʼtibor berilganidan ovulimiz soʻnggi yillarda bogʻ-rogʻlar goʻshasiga aylandi. Bu esa xalqimiz dasturxonining toʻkinligi, farovonligining,eng muhimi, sogʻlom turmush tarzining birdan-bir asosidir.

Muloqotni Robiya Yoʻldosheva yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026