21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:16
Fan va taʼlim 👁 296

1-sonli maktabda “Kelajagimsan, farzandim!” nomli noananaviy majlis oʻtkazildi

1-sonli maktabda “Kelajagimsan, farzandim!” nomli noananaviy majlis oʻtkazildi

Oila – farzand tugʻilgach, ilk koʻzini ochib dunyoni koʻradigan, olam ranglarini his qiladigan makon. Shu makonda norasidalarning axloqi, qobiliyati, aql-idroki, yurish-turishi, oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlari shakllanadi. Oilada ota-ona, farzandlar va boshqa yaqinlar birligi, oʻzaro hamjihatligi, mehr-oqibati yangi tugʻilgan goʻdak uchun saboq boʻladi. Bola quruq nasihat, yoʻl-yoʻriqlarga qaraganda koʻproq oilasida koʻrganlaridan saboq olib ulgʻayadi. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, kattalarning yosh bolalar oldidagi burch va masʼuliyati naqadar yuksak ekanligini anglash qiyin emas.

Inson yashar ekan albatta, baxtli-saodatli, tinch-xotirjam yashab, oʻzidan munosib avlodlar qoldirishni istaydi. Shu maqsad yoʻlida yelib-yuguradi, farzandini barkamol qilib voyaga yetkazishga intiladi. Bunda mahalla, taʼlim muassasi va oila hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Oilada sogʻlom fikrli, axloqli qilib tarbiyalangan bolaning dunyoqarashi maktabda taʼlim olishi jarayonida yanada kengayadi, shuuri oydinlashadi va keng jamoatchilikda, mahallada buni namoyon qila oladi.

Barkamol avlod har bir ota-onaninggina emas, ularga taʼlim berayotgan ustoz-muallimlarning ham orzusidir. Axir qaysi oʻqituvchi shogirdlarining ezgu ishlar tufayli, ustozingga rahmat” degan olqishni olib yurishni istamaydi, deysiz?

Shu yil 20-may kuni Mangʻit shahridagi 1-sonli maktabda 8-A sinfi oʻquvchilarining ota-onalari bilan oʻtkazilgan “Kelajagimsan, farzandim!” nomli noananaviy majlis ham shu maqsadga qaratildi.

Majlisda maktab direktori, oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, sinf rahbari va oʻquvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda dastlab mazkur sinf rahbari, qoraqalpoq tili oʻqituvchisi Aptabida Abdimuratova oʻquvchilarning dars mashgʻulotlarini chuqur oʻzlashtirishlariga erishish bilan bir qatorda, ularni munosib xulq-atvorli, bir-biriga sadoqatli doʻst, mehrli-oqibatli qilib tarbiyalash borasida qilayotgan ishlariga keng toʻxtaldi. Bu borada taʼlim muassasasi bilan ota-onalar hamkorligi ham juda zarur ekanligini taʼkiladi. Shu xususda ota-onalarning ham fikrlari tinglandi.

Shundan soʻng turli viktorinalar, qiziqarli oʻyinlar tashkil etildi. “Ota-onamga maktub” mavzusida oʻquvchilar sinf rahbari topshirigʻiga koʻra ota-onalariga yozgan maktublari egalariga topshirildi. Maktublarni oʻqish jarayoni juda hayajonli boʻldi. Chinki oʻgʻil-qizlar ota-onasi bilan oilada oʻzaro muomalada aytishga jazm etolmagan yo iymangan tilaklarini, fikrlarini maktubda izhor etgan etdilar. Maktublar oʻqib boʻlingach, oʻquvchilar ota-onalariga sovgʻalar hadya etishdi.

Shuningdek, oʻquv yili davomida aʼlo oʻqishi va namunali xulqi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalariga maktab maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir oʻquvchilarda ham, ularning ota-onalarida ham ulkan taassurotlar qoldirdi.

“Kelajagimsan, farzandim!” Bu shunchaki balandparvoz emas, har bir ota-onaning dilida jarang sochuvchi soʻzdir. Farzand kamoli yoʻlidagi har bir ezgu ish esa eʼtirofga sazovor. Shu boisdan ham noanaʼnaviy tadbir uchun ota-onalar Aptabida Abdumuratovaga chuqur minnatdorchilik bildirdilar va kelgusida ham taʼlim muassasasi bilan yaqindan hamkorlik qilishga vaʼda berdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026