21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:39
Fan va taʼlim 👁 260

83-sonli maktabda oʻquvchilarning tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi oʻtkazildi

83-sonli maktabda oʻquvchilarning tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi oʻtkazildi

Sanʼatning turlari juda koʻp. Musiqa, kino, teatr, xoreografiya, tasviriy sanʼat va boshqalar shular jumlasidandir. Borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda, fazoviy kenglikda yoki tekislikda aks ettiradigan sanʼat, yaʼni tasviriy sanʼat asrlar osha oʻz ixlosmandlariga ega boʻlib kelgan.

Oʻquvchilarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni oʻstirishda mazkur sanʼat turi muhim rol oʻynaydi. Borliqni idrok etish mashgʻulotlari tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislik va goʻzallikni koʻra bilishdan boshlanadi. Shuning uchun ham tasviriy sanʼat oʻqituvchilari maktablarda oʻquvchilarni ushbu fanga qiziqtirish va ularning isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishga katta eʼtibor qaratishadi.

Oʻquvchilar oʻzlarining borliq haqidagi tasavvurlarini, koʻz oʻngidagi sodir boʻlayotgan voqealarni, narsa va buyumlarni turli koʻz qarashda va tasviriy sanʼatning turli janrlarida tasvirlab berishadi. Ulardagi bor isteʼdod va qobilyatni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirishda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida oʻtkazalib kelinadigan tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi, turli xil bellashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, oʻquvchilarni tasviriy sanʼatga oshno qilib, uning sir-asrorlarini puxta oʻrgatish tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchilari zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 83-sonli maktabda 12-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida mana shunday koʻrgazma tashkil etildi.

Koʻrgazmaning tashkil etilishda shu maktabning tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi Nafisa Aminbayevaning xizmatlari katta boʻldi. U oʻz oʻquvchilari bilan dars mashgʻulotlaridan boʻsh paytlarida alohida shugʻullanib, ularga oʻzining bor bilimlarini berishga harakat qilib kelmoqda.

Koʻrgazmada 12-15 yosh oraligʻidagi oʻquvchilar tasviriy sanʼatning peyzaj, natyurmort, mozaika, kabi janrlarida yaratgan asarlarini ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilishdi.

Oʻqituvchi Nafisa Aminboyeva oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, isteʼdodlarini rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari toʻgaraklar tashkil etib, ular bilan muntazam shugʻullanib keladi. Ayni paytda toʻgarakka yuqori sinf oʻquvchilarining 15 nafari, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining 20 nafardan ortigʻi aʼzo boʻlib, darsdan boʻsh paytlarida oʻqituvchilaridan tasviriy sanʼatning sir-asrorlarini oʻrganib kelishmoqda.

Tashkil etilgan koʻrgazma ham toʻgarakka aʼzo boʻlgan 10 nafar oʻquvchining ijod mahsullari orasidan saralab olindi. Koʻrgazmaga tashrif buyurgan ota-onalar, maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilarning doʻstlari madaniy hordiq olishdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, darsdan tashqari tashkil etiladigan bu kabi koʻrgazmalar oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirishda, faqatgina dars mashgʻulotlari bilan mashgʻul boʻlib zerikib qolmasliklarida, doʻst ortirishlarida, qobiliyatlarini rivojlantirishda hamda mehnatlari munosib etirof etilishida muhim oʻrin tutadi.

Bu galgi tasviriy sanʼat koʻrgazmasi ham oʻquvchilarning madaniy hordiq olishida va tasviriy sanʼat haqidagi bilimlarining yanada mustahkamlanishiga hissa qoʻshgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026