21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:25
Qishloq xoʻjaligi 👁 371

AMUDARYoLIK PILLAKORLAR 254 TONNA YuQORI SIFATLI PILLA XOM AShYoSI TAYYoRLAShNI REJALAShTIRMOQDALAR

AMUDARYoLIK PILLAKORLAR 254 TONNA YuQORI SIFATLI PILLA XOM AShYoSI TAYYoRLAShNI REJALAShTIRMOQDALAR

Pillachilikni xalqimiz yetti xazinaning biri sifatida eʼtirof etishadi. Chunki pilla xom ashyosini qayta ishlash sanoati korxonalari uni inson ehtiyojlari uchun eng zarur va foydali mahsulotlarga – mudofaa sanoati uchun muhim vositalarga, kiyim-kechak, chorva uchun vitaminlarga boy ozuqa, hatto qishloq xoʻjaligida qimmatli oʻgʻitga aylantiradilar. Qisqasi, pilla xom ayoshsini qayta ishlash orqali olinadigan mahsulotlarning son-sanogʻi yoʻq. Shu bois, mamlakatimizda pillachilik sohasini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ayni kunlarda oʻz sohasining bilimdonlari boʻlgan soha mutaxassislari va pillakorlar 2023-yilgi “kumush tola” xirmonini bunyod etishni boshlab yubordilar.

Amudaryo tumanida ham agrar tizimning muhim tarmogʻi boʻlgan pillachilikka alohida eʼtibor qaratiladi. Soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan omillardan biri – sifatli va samarador ipak qurti urugʻini tanlash hamda belgilangan muddatlarda jonlantirishdir.

Soha mutaxassislari tomonidan 2023-yil bahorgi pillachilik mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish maqsadida ipak qurtini jonlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, “Jayxun silk” MChJ pillani qayta ishlash korxonasi agronomlari tumanning 16 ta hududida tashkil etilgan inkubatoriyalarga birkitildi.

Xonadonlar sharoitida ipak qurti parvarishlab, yillar davomida sifatli pilla hosili yetishtirib kelayotgan 1845 nafar tajribali kasanachi-pillakorlarning qurtxonalari ipak qurtini parvarishlash mavsumiga oldindan tayyorlab qoʻyildi. Qurtxonalar sifatli oqlanib, zooveterinariya qoidalariga muvofiq obodonlashtirildi.

Joriy yilning 7-aprel sanasida “Andijan Guantong” xususiy korxonasidan 4000 quti, “Turtkul Silkworm Pro” masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonasidan 1718 quti ipak qurti urugʻi olib kelinib, inkubatoriyalarga qoʻyildi va 18-19-aprel kunlari sifatli jonlantirilgan ipak qurti urugʻi kasanachi va pudratchi pillakorlarga tarqatildi.

Joriy yilgi pillachilik mavsumida “Jayxun silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillani qayta ishlash korxonasi tomonidan 254 tonna yuqori sifatli pilla xom ashyosini tayyorlash rejalashtirilgan boʻlib, 1845 nafar kasanachi pillakorlar bilan kasanachilik shartnomalari tuzilgan. Unga koʻra, har bir kasanachining ipak qurtini parvarishlash mavsumi davomida amalga oshirishi talab etiladigan vazifalari aniq belgilab berilib, hududlarga birkitilgan pillachilik agronomlari tomonidan zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Tumandagi mavjud tutzorlar vaqtida oziqlantirilib, tut bargi yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammolar kelib chiqishining oldi olindi. Ipak qurtlariga dasta qoʻyish jarayoni boshlangunga qadar ipak qurtlari zooveterinariya qoidalariga muvofiq oziqlantirib borildi. Natijada butun tuman boʻyicha barcha kasanachilar qaramogʻidagi ipak qurtlari yoppasiga sifatli pilla oʻrashga kirishdi.

Ilgʻor va tajribali pillakorlar oʻzlari yetishtirgan hosilni pillani qabul qilish punktlariga topshirishni boshlab yubordilar. Joriy yilning 24-may holatiga amudaryolik “kumush tola” ijodkorlari yaratgan xirmon 14451 kilogrammdan oshdi. Pillakorlarning shijoatidan ayonki, yana bir necha kundan soʻng Amudaryoning 254 tonnalik yuksak pilla xirmoni bunyod etilishiga hech shak-shubha yoʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026