22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 20:13
Jamiyat 👁 355

“Baday toʻqay” koʻriqxonasiga sayohat uyushtirildi

“Baday toʻqay” koʻriqxonasiga sayohat uyushtirildi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan “Obod mahallam” loyihasining ish rejasi asosida oʻrinlarda uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil etilib aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tushuntirish maqsadida ovul fuqarolar yigʻinlarida vakillar bilan uchrashuvlar, aholi, ayniqsa yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida hududlardagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasida mavzuga oid insholar va rasmlar tanlovlarini oʻtkazish, fuqarolar yigʻinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari komissiyalari vakillari uchun oʻquv seminar tashkil etilmoqda.

Yaqinda mazkur tashkilot tomonidan yoshlar ongida tabiatga muhabbat tuygʻusini mustahkamlash maqsadida “Barkamol avlod“ bolalar markazining “Yosh ekolog va tabiatshunos” toʻgaragi tarbiyalanuvchilari ishtirokida Beruniy tumanidagi “Baday toʻqay” koʻriqxonasiga sayohat uyushtirildi.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, bolajonlarga turli kasb sirlarini oʻrgatish maqsadida Amudaryo tumani barkamol avlod bolalar maktabida 7 ta yoʻnalishda mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Ayniqsa “Yosh ekolog va tabiatshunos” toʻgaragiga qatnashish uchun oʻquvchilarda xavas juda yuqori boʻlmoqda. Chunki ona tabiatni sevish barchamizga xos xislat. Mazkur toʻgarakning maqsad va vazifalari – yoshlarda ekologik ongni shakllantirish, bugungi kundagi ekologik ahvoldan xabardor etish, sanitariya, gigiyena masalalaridagi malakalarini rivojlantirishga oʻrgatish, bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolarni nazariy hamda amaliy koʻrsatib berish orqali oʻquvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Shu maqsadda oʻquvchilar bilan birgalikda tabiat qoʻyniga sayohat uyushtirildi. Oʻquvchilar tabiatning eng goʻzal goʻshasini tomosha qilishga muyassar boʻldilar.

Respublikamizning Beruniy tumanida joylashgan “Baday toʻqay” qoʻriqxonasi 1971-yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda bu qoʻriqxona quyi Amudaryo biosfera rezervati deb nomlanadi.

Ayni kunda Oʻzbekiston Respublikasida 8 ta qoʻriqxona va bitta rezervat tashkil qilingan.

Keyingi yillarda aholi sonining oshishi, ishlab chiqarish, korxonalarining jadallashuvi natijasida goʻzal tabiatimizga biroz zarar yetkazildi. Tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida qoʻriqxonalar tashkil qilingan. Qoʻriqxonalar davlat etoloni boʻlib, tabiatning qimmatbaho inʼomlarini inson maqsadlari uchun saqlashdan iborat.

Baday toʻqay qoʻriqxonasida turli xil jonivorlar, qushlar, dorivor oʻsimliklar muhofaza qilinadi. Tabiatimizda yoʻqolib borayotgan oʻsimlik va hayvonot turlari muhofaza ostiga olingan. Qoʻriqxonaning muhofaza qilinadigan asosiy jonivori Buxoro bugʻusi hisoblanadi.1975-yilda koʻpaytirish uchun olib kelingan 2 bosh buxoro bugʻusining soni bugungi kunga kelib 1500 boshga koʻpaydi.

Shuningdek, oʻquvchilar bu yerda qoʻriqxona muzeyi bilan ham tanishdilar. Qoʻriqxona muzeyi turli xil eksponatlarga boy. Muzeyda shu qoʻriqxonada mavjud boʻlgan oʻsimlik turlari, hayvonot turlari haqida maʼlumotlar bor.

Oʻquvchilar bu yerda buxoro bugʻusining yashash tarzini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, yaqindan tanishdilar.

Bu sayohat oʻquvchilar koʻnglida ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026