21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:30
Adabiyot 👁 403

AMUDARYo TELEVIDENIYeSI TAHRIRIYaTI TOMONIDAN OʻTKAZILGAN “MAHALLAMIZNING ENG ZIYoLI OILASI” TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

AMUDARYo TELEVIDENIYeSI TAHRIRIYaTI TOMONIDAN OʻTKAZILGAN “MAHALLAMIZNING ENG ZIYoLI OILASI” TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish maqsadida turli tadbirlar, tanlovlar oʻtkazilib, targʻibot ishlari olib borilmoqda. Tahririyat xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirlar nafaqat yoshlar, balki turli yoshdagi aholiga ham manzur boʻlib, barchasida faol ishtirok etishmoqda.

14-iyun kuni mazkur grant loyihasi doirasida “Mahallamizning eng ziyoli oilasi” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu marosimda “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Oʻrozali Reyimov hamda Amudaryo televideniyesi tahririyati xodimlar ishtirok etishdi. Shuningdek, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy-muhit barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshish, aholi oʻrtasida oilaviy kitob oʻqish anʼanasini ommalashtirish, oilalarda kutubxonalar tashkil qilishni targʻib qilish, shu orqali oila aʼzolarining maʼnaviyatini yuksaltirishga erishish kabi maqsadlarda oʻtkazilgan ushbu tanlovda faol qatnashgan va gʻolib boʻlgan oilalar tashrif buyurishdi.

Boʻston mahallasidan tashrif buyurgan tadbirkor, hoji ona Gulasal Oʻrozmetovaning oilasida 13 nafar aʼzosi bor. U 2 oʻgʻli, 3 kelini, 8 nevarasi bilan yashab kelmoqda. Katta oʻgʻli Ruslan Iskandarov tuman Ichki ishlar boʻlimida xizmat qiladi. Kichik oʻgʻil Zafarjon esa qurilish ishlari bilan shugʻullanadigan “Viktoriya-xolding” MChJ rahbari boʻlib ishlaydi. Katta kelini Nodiraxon “Istiqlol” toʻyxonasini boshqaradi, ikkinchi kelin Malohatxon “ARISTOKRAT-baby” nodavlat oilaviy MTT rahbari, kichik kelin esa savdo xodimi.

Gulasal opa rahmatli umr yoʻldoshi Toʻliboy aka bilan birgalikda oilada farzandlarining bilimli, oʻqimishli, boʻlishlariga alohida eʼtibor qaratishdi. Shu tufayli ular kichik yoshdanoq kitobxonlikka, bilim olishga qiziqib, oʻzlari tanlagan kasblarning egalari boʻlib yetishishdi. Endilikda esa onaxon nevaralarning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkoniyat yaratib, koʻproq kitobxonlikka qiziqtirishmoqda.

Onaxon oʻz farzandlari bilan birgalikda koʻplab xayrli ishlarga ham bosh-qosh boʻlmoqda. “Viktoriya-xolding” MChJda 35 ta, “ARISTOKRAT-bebi” nodavlat oilaviy MTTda 16 ta ish oʻrni yaratib, ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlashdi. Yaqinda Xitoy Respublikasidan kiritilgan 150 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablagʻlari hisobidan tashkil etilib, ishga tushirilishi kutilayotgan beton zavodida esa 150 ta ish oʻrni yaratilib, ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash koʻzda tutilmoqda. Qurilish tashkilotiga rahbarlik qilib kelayotgan farzandi Zafarjon oʻtgan yili tumandagi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini binosini oʻz mablagʻi hisobidan qurib foydalanishga topshirdi.

Boyovul mahallasidan ziyoli oila deb topilgan Egambergan Yodgorovlar oilasi aʼzolari ham 13 nafardan iborat. Oila sohibi Egambergan Yodgorov umr yoʻldoshi Pardagul Yusupova bilan birgalikda 3 oʻgʻilni voyaga yetkazishgan. Ular biri zavodda, biri fabrikada ishchi boʻlib ishlashgan va farzandlarning bilimli, oʻqimishli boʻlishlariga alohida eʼtibor qaratishgan. Hozir oʻgʻillar ham, shu oilaga tushgan 3 nafar kelinlar ham tumandagi umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchi boʻlib ishlab, elga ziyo tarqatishmoqda. Ziyoli oilada kamolga yetayotgan 5 nafar nevara ham bobo-buvilaridan ertaklar tinglab, turli kitoblarni oʻqib, kamolga yetishmoqda.

Tanlovda gʻolib boʻlgan Gulzor mahallasidagi Jumamurodovlar oilasida 2 oʻgʻil, 2 qiz voyaga yetgan boʻlsa, hozirda xonadonda 2 kelin va 4 nafar nevaralar bilan yashashadi. Tumandagi sobiq 44-sonli avtobazada shofyor boʻlib ishlagan oila sohibi Baxtiyor Jumamurodov, 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlagan xonadon bekasi Enajon Avezmurodovalar ham asosiy vaqtini farzandlarini el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalashga bagʻishlab, kam boʻlishmadi. Hozir oʻgʻillari oʻz hunarlari bilan el xizmatida boʻlib, oilalariga daromad topishmoqda. Qizlar ham biri tikuvchi, biri pazanda boʻlib, kelin boʻlib tushgan xonadonlarida oʻzlari kabi solih farzandlar tarbiya qilishmoqda. Kelinlar esa bogʻchada tarbiyachi, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi bilan band.

Shuningdek, tumanimizning chekka hududida joylashgan Nazarxon ovulidan tashrif buyurgan Tozaxon Qdirniyazova ham turmush oʻrtogʻi Xidirboy bilan birgalikda 3 nafar qiz va 1 nafar oʻgʻil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda. Toʻngʻich qizi Nilufar hozirgi kunda Teatr va sanʼat instituti Nukus filialining 3-bosqich talabasi.  Tozaxon ovuldagi 3-sonli maktabda kutubxonachi boʻlib ishlaydi. U kitobxonlik borasida boshqalarga oʻrnak boʻlib, katta yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. U oʻtgan yili Respublikada oʻtkazilgan kitobxonlik festivalida sovrindor boʻlib qaytdi. Bu yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan kitobxonlik festivalida gʻolib deb topildi hamda birinchi darajali diplom va festivalning maxsus kubogi bilan taqdirlandi.

Grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Mahallamizning eng ziyoli oilasi” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimida oilalar bilan suhbatlar oʻtkazilib, ularning hayotidagi yutuqlari, oilaviy kitobxonlikka boʻlgan munosabati, oiladagi tarbiyaviy udumlar, odatlar xususida soʻzlashildi. Nevaralarning bobo-buvilaridan eshitgan ertaklari, kitobxonlik haqidagi sheʼrlari tinglandi. Shundan soʻng, tanlovda gʻolib deb topilgan har bir oilaga faxriy yorliq va sovgʻalar topshirildi.

Grant loyihasi doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega boʻlgan mazkur tadbir juda qiziqarli oʻtdi. Oilalarining tumanda eng ziyoli deb eʼtirof etilgani, eʼtibor koʻrsatilib ragʻbatlantirilganidan xursand boʻlgan ishtirokchilar tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026