21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:02
Siyosat 👁 427

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning amudaryolik yoshlarga bayram tabrigi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning amudaryolik yoshlarga bayram tabrigi

Aziz yoshlar, qadrli yurtdoshlar!

Avvalambor, Siz azizlarni, Sizning timsolingizda tumanimizning barcha yoshlarini “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – birlashaylik!” shiori ostida nishonlanayotgan Yoshlar kuni bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman! 

Hurmatli Prezidentimizning, davlatimiz va hukumatimizning beqiyos gʻamxoʻrligi, eʼtibori tufayli keyingi yillarda mamlakatimizda Yoshlarga oid davlat siyosatining yangi bosqichi boshlanib, bugun Oʻzbekiston yoshlari hayotidagi tub burilishlar davri keldi, desam aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2017 yilda 30 iyun sanasi Yoshlar kuni bayrami sifatida belgilanib, mustaqil vatanimiz solnomasidan munosib oʻrin egallagani nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea boʻlgan edi.

Bugun hayotimizning qaysi soha va tarmogʻini olmaylik, yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik asosiy oʻringa koʻtarilib, ularga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Bu yil tumanimizda 2 704 nafar oʻquvchi yoshlar maktablarning 11-sinflarini, 361 nafar yoshlar kasb hunar maktablarini, 56 nafar muxandistlik texnikuminilarini tamomlamoqda. Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini yurtimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz bizning tayanchimiz va suyanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning bebaho xazinasidir.

Bugun maktabni tamomlayotgan har bir oʻquvchi uchun hayotidagi yana bir muhim eshiklardan biri ochilmoqda. Bu – katta hayotga yoʻl demakdir! Ushbu yoʻlda toʻgʻri tanlov qilib, oʻzingiz uchun sevimli va kerakli kasbni egallashingizga, barcha muvaffaqiyatsizlik, toʻsiqlarni chetlab oʻtib, yuksak marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz!

2022-2023 oʻquv yili yakuni boʻyicha mana shunday tirishqoq va iqtidorli oʻquvchi yoshlarimizning 36 nafari umumtaʼlim maktablarida fanlarni aʼlo baholarga oʻzlashtirib, oltin medal, 11 nafari esa kumush medal sohib va sohibalari boʻlishdi. Bundan tashqari 49 nafar yoshlarimiz ingliz tili boʻyicha xalqaro V2 va 5 nafar S1 sertifikatini qoʻlga kiritgan.

3 nafar bitruvchi yoshlarimiz muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz kirish boʻyicha sertifikat bilan taqdirlanib, talabalar qatoridan joy olishdi.

Qadrli yoshlar!

Xabaringiz bor, keyingi paytlarda kelajagimiz egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlarimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturi” hamda Yoshlar platformasi hayotga keng tatbiq etildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida oʻtgan 6 oy mobaynida “Yoshlar daftari”ga kirgan 805 nafar yigit-qizlarning muammolarini hal etish uchun “Yoshlar jamgʻarmasi” 1 mlrd 557,6 mln soʻm mablagʻ ajratildi. Ushbu mablagʻlar hisobidan “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari boʻlgan 244 nafar talabalarning 560,8 mln soʻmlik kontrakt puli toʻlab berildi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan 140 nafar yoshlarga jami 565 mln soʻmlik asbob-uskunalar olib berildi. 208 nafar yoshlarimizga 235 mln soʻmlik turli xil ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar turlari koʻrsatildi.

Bundan tashqari, 581 nafar yoshlarimiz tijorat banklari tomonidan 8 mlrd 325 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish orqali, 357 nafar yoshlarimiz 30-yil muddatga 285,6 ga yer maydonlarini ijaraga olish orqali, 157 nafar yoshlarimiz esa korxona va tashkilotlarga doimiy ishlarga joylashish orqali doimiy daromad manbaiga ega boʻldilar.

Hurmatli yurtdoshlar, aziz yoshlar!

Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, ularning madaniyat, sanʼat, adabiyot, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi orzu va intilishlaringizga chinakam qanot boʻlmoqda desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

Bu borada tumanimiz yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, kelajagimiz egalari bulmish yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “mahalla-sektor-tuman” yoʻnalishi boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlari oʻtkazildi.

2022-2023-yillarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida 17 nafar tumanimiz yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlib, ulardan 6 nafari 1- oʻrin, 6 nafari 2-oʻrin va 5 nafari 3-oʻrinlarni egallashdi. Gʻolib boʻlgan sportchilarimizning mahallasiga sport maydonchalari qurib beriladi.

Shuningdek, “Yosh kitobxon oila” yoʻnalishida Respublika bosqichida Oʻrinboyevlar oilasi faxrli 1-oʻrinni egallab, “Spark” avtomobili sohibi boʻlishdi.

Aziz yoshlar!

Tuman rahbari sifatida, tuman hokimligi Sizni har doim qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini, yoshlarning iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishga doir ezgu ishlarimiz bundan keyin ham bardavom boʻlishini alohida taʼkidlamoqchiman.

Ishonamanki, Sizday shijoatli, gʻayratli, vatanparvar yoshlarimiz bor ekan, yukimiz hech qachon yerda qolmaydi. Koʻzlagan yuksak marralarimizni dadillik bilan zabt etaveramiz!

Qadrli yoshlar!

Sizlarni yana bir bor bugungi bayram – Yoshlik, Shijoat, Kuch-qudrat va Matonat ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etib, oʻqish va ishlaringizda, oilaviy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Yana bir bor bayramlaringiz muborak boʻlsin!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026