22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 11:38
👁 5,294

Mansur OʻROZBOYeV: «YoShLARNING FAOL HARAKATI YuRTIMIZGA ShUHRAT KELTIRMOQDA»

Mansur OʻROZBOYeV: «YoShLARNING FAOL HARAKATI  YuRTIMIZGA ShUHRAT KELTIRMOQDA»

2014-yilning 6-fevralida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaror qabul qilingan edi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida qabul qilingan ushbu qaror va mazkur qaror bilan maʼqullangan "Oʻzbekiston Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi”da belgilab berilgan vazifalarni bajarish yuzasidan Amudaryo tumanida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Biz"Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi Mansur Oʻrozboyev bilan shu xususda suhbatlashdik.

Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2124-sonli qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Dastur asosida tumanda qanday ishlar amalga oshirildi?

- Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qaror va ushbu qaror bilan maʼqullangan Dastur ijrosini taʼminlash maqsadida 2014-yil 20-fevral kuni tuman hokimligining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazilib, unda tegishli tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlarga qarordan kelib chiqadigan vazifalar batafsil tushuntirildi. Shundan soʻng tuman hokimining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2124-sonli qarori haqida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 7 ta yoʻnalishdan va 67 ta banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Mazkur dasturning asosiy ijrochisi – "Kamolot” YoIHning tuman Kengashi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarish borasida olib borilgan ishlar samarasi yaqqol koʻzga tashlanmoqda.

Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini chuqur oʻrganish, mamlakatimizda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga toʻlaqonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga jalb etishga qaratilgan "Vatan kelajagi sening qoʻlingda” targʻibot loyihasini amalga oshirish, yoshlarni davlat hokimiyati organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” targʻibot loyihasini amalga oshirishdagi faolligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarimiz qoʻl keldi.

Yoshlarimizning faolligini oshirish maqsadidagi intilishlarimiz ularning sport musobaqalarida, turli tanlovlar va bellashuvlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlariga yoʻl ochib berdi.

Shuningdek, yil davomida "Kamolot” YoIH boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari ishtirokida oʻtkazilgan seminarlar, oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida har xil mavzularda oʻtkazilgan tanlovlar, festivallar va boshqa bir qancha tadbirlar - qarorlar va dasturlar ijrosini taʼminlashda muhim omil boʻldi.

-Siz "Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi, tuman yoshlari yetakchisi sifatida boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini jonlantirish masalasiga qanday qarayapsiz?

- Ayni kunda tumanimizda 47500 nafar "Kamolot” va 13000 nafardan ziyod "Kamalak” aʼzolari mavjud boʻlib, ular 116 ta "Kamolot” boshlangʻich tashkilotlariga va 75 ta umumtaʼlim maktablardagi "Kamalak” tashkilotlariga birlashgan.

Boshlangʻich tashkilotlarimiz faoliyatini jonlantirish maqsadida 2012-yil 27 fevralda Respublika Xalq taʼlimi vazirligi va "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tomonidan "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qoʻshma qaror qabul qilindi. Ushbu hujjatga asosan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qator koʻrik-tanlovlar va bellashuvlar tashkil etib kelinmoqda. 2014-yilda tumanimizda 4 joyda "Kamolot” YoIH boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarining hududiy seminarlari, "Eng namunali boshlangʻich tashkilot” koʻrik -tanlovlari oʻtkazildi. XTMFMTTEB bilan birgalikda qabul qilingan qoʻshma qaror asosida boshlangʻich tashkilotlarga 30 yoshgacha boʻlgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar yetakchi qilib biriktirildi va ular turli xil uslubiy qoʻllanmalar hamda alohida xonalar bilan taʼminlandilar.

Boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari faoliyatini kuzatganimizda biz har tomonlama faol yoshlarni birlashtirib, oʻziga ergashtira oladigan yetakchilar saylansagina, koʻzlangan maqsadlarga erishish mumkinligini his qildik.

-Hozirgi kunda jamiyatimizga turli manbalar orqali oqib kirayotgan yot gʻoyalar maʼnaviyatimizga zavol boʻlishi shubhasiz. Shunday ekan, biz avvalo yoshlarimizni bunday yot gʻoyalardan asrashimiz, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishimiz lozim. "Kamolot” YoIH tuman Kengashi bu ishga qay darajada eʼtibor berayapti?

– Prezidentimiz Islom Karimov "Yuksak maʼnaviyat–engilmas kuch” asarida taʼkidlaganidek, bugungi kunda inson maʼnaviyatiga qarshi yoʻnaltirilgan, bir qarashda arzimas boʻlib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, koʻzga koʻrinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab boʻlmaydigan katta ziyon yetkazishi mumkin.

Bizning asrimizga kelib hayot surʼatlarining oʻta shiddatli va murakkab tus olgani, axborotning aql bovar qilmas darajada tez almashinib borayotgani baʼzi bir gʻoʻr yoshlarimizning "ommaviy madaniyat”ga asoslangan turmush tarzini tanlashlariga sababchi boʻlishi mumkin. Bugun ayrim kuchlar tomonidan turli yoʻllar va vositalar orqali targʻib etilayotgan axloqsizlik, fikrsizlik, bir soʻz bilan aytganda, manqurtlik gʻoʻr yoshlarni oʻz domiga tortmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, birgina internet tizimida ekstremistik gʻoyalarni targʻib qiluvchi 500 dan ziyod saytlar faoliyat koʻrsatayotgan ekan.

"Ommaviy madaniyat” dunyo yoshlarining hayot, borliq, madaniyat va sanʼatga boʻlgan qarashlarini oʻzgartirib, dunyoqarashi va tuygʻulari qashshoqlashuviga olib kelmoqda.

Biz tobora kuchayib borayotgan gʻoyaviy xavf-xatarlarni muntazam ravishda olib boriladigan maʼnaviy tarbiya bilan yengishimiz mumkin. Shu maqsadda 2014-yilda 318 ta davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazilib, ularda qilingan maʼruzalarda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan buyuk bunyodkorlik ishlari, inson qadr-qimmatini ulugʻlovchi yangilanishlar haqida, ayniqsa, yoshlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida koʻplab misollar yordamida gapirildi. Biz bunday ishlarimizni joriy 2015 yilda ham davom ettirib, yoshlarimiz qalbida ona Vatanga muhabbat hissini koʻproq shakllantirishga, ularning Oʻzbekiston – kelajagi buyuk davlat ekanligiga ishonchlarini mustahkamlashga harakat qilamiz.

- Tumanda yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilayapti?

-2013-2014 oʻquv yilida tumanimizda mavjud 1 ta akademik litsey va 8 ta kasb-hunar kollejlarida 8560 dan ziyod oʻquvchi taʼlim-tarbiya olib, 38 ixtisoslik boʻyicha kasb-hunar oʻrgandilar. Oʻquv yili yakunida ulardan 2588 nafari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashtirildi.

Kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan yoshlarimizning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishlarini oshirish maqsadida "Mening biznes gʻoyam” deb nomlangan tanlovlar oʻtkazilib, ularda bir qancha yoshlarimiz oʻz iqtidorlarini sinab koʻrdilar. 2014 yilda 2 nafar oʻquvchimiz tanlovning Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Respublikalari bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishga erishdilar. Tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etgan 2 nafar oʻquvchimiz imtiyozli kredit sertifikatini olishga muvaffaq boʻldi.

Bitiruvchi yoshlarni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalasiga ham alohida eʼtibor berilmoqda. 2014-yilda tumandagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchi oʻquvchilaridan 102 nafariga kredit olish uchun biznes rejalarini tayyorlashga yordam qilindi vabanklardan kredit olishlariga sharoit yaratib berildi. Bunga qoʻshimcha ravishda yana 18 nafar oʻquvchining hujjatlari tuman banklariga topshirildi.

Tumanimizda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shulardan eng muhimi - oʻtgan yilning mart oyida tuman hokimining maxsus qarori asosida "Gulzor” mahallasi hududidan "Kamolot” uylari” qurilishi uchun 3 gektar yer maydoni ajratilib, qurilish ishlari boshlanganligidir.

6 milliard 64 million soʻmlik loyiha qiymatiga ega boʻlgan 4 qavatli, 48 ta xonadonga moʻljallangan ushbu "Kamolot” uylari” yaqin vaqt ichida yosh oilalarni oʻz bagʻriga oladi.

- Barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining roli benihoya katta ekanligini biz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda Siz rahbarlik qilayotgan "Kamolot” YoIH tuman Kengashi bu masalaga qanday qarayapti?

- Tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan ommaviy axborot vositalari - "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb sayti va tuman televideniyesi yosh avlodnitarbiyalashda muhim omil boʻlmoqda. Odatda yosh avlodga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, pand-nasihat berish maqsadida ommaviy axborot vositalarida yoshi ulugʻ kishilarning, el katxudolarining chiqishlari tashkil etiladi yoki ularga soʻz beriladi. Xalq minbari hisoblanmish matbuot nashrlari va televideniye orqali olib borilayotgan bunday tarbiya usullari yoshlarimizni hamisha Vatanni sevishga, yomon illatlardan saqlanishga daʼvat qilishda qoʻl kelmoqda.

Hozirgi kunda tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan ommaviy axborot vositalarida yoshlarning oʻzlarining chiqishlariga keng oʻrin berilmoqda. Doimo olgʻa intiluvchan yoshlarimiz biror bir mavzu yuzasidan matbuot va internet nashrlarimizda chiqish qilganlarida, albatta tengqurlariga oʻzlari fikr yuritayotgan masala yuzasidan murojaat qilishadi yoki ularni jamiyatimizga yot boʻlgan illatlardan saqlanishga daʼvat qilishadi. Shunisi diqqatga sazovorki, yoshlar murojaati yoshlar tomonidan juda tez qabul qilinar ekan.

Hozirgi kunda "Kamolot” aʼzolaridan Aziza Madrahimova, Yulduz Tursunboyeva, Mohigul Erdosheva, Qunduz Yusupova va Siroj Olimov singari faol yoshlarimiz "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalarida hamda amunews.uz veb-saytida oʻzlarining koʻplab maqolalarini eʼlon qilishmoqda. Ular oʻz maqolalari orqali tengqurlariga milliy qadriyatlarimizni qadrlash, odob-axloq, kiyinish madaniyatiga eʼtiborli boʻlish, maʼnaviyatimizga zarar yetkazuvchi va yoshlarimiz ongini zaharlovchi buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan saqlanish, mustaqil Vatanimizning munosib farzandlari boʻlish yuzasidan murojaat qiladilar.

Albatta, yoshlarimizning gazetalarimiz va internetdagi saytimiz orqali bunday chiqishlari oʻz samarasini bermoqda.

Biz kelgusida yoshlarimizning tuman televideniyesi orqali chiqishlarini ham tashkil etishga, TV orqali yoshlar hayotini keng yoritishga eʼtiborni kuchaytiramiz.

-Hozirgi kunda xorijda ham, oʻzimizda ham mustaqil Oʻzbekistonimizga "Yoshlar mamlakati” deya taʼrif berilmoqda. Bu-Oʻzbekiston aholisining 60 foizidan koʻprogʻini yoshlar tashkil etayotgani tufayli berilgan taʼrifmi yoki uning boshqa sabablari ham bormi? Siz buni qanday izohlaysiz?

- Haqiqatan ham, Oʻzbekistonimizda yoshlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Mening fikrimcha, Oʻzbekistonga faqatgina aholining koʻpchilik qismini yoshlar tashkil etayotgani uchun bunday taʼrif berilayotgani yoʻq. Buning boshqa sabablari ham bor. Demoqchimanki, mamlakatimizda yoshlarga juda katta eʼtibor berilmoqda. Bizdagidek yoshlarga barcha jabhalarda imkoniyatlar yaratib berish, eng asosiysi, ularga ishonch bildirish hamma mamlakatlarda ham boʻlayotgani yoʻq. Ishonch–bu masʼuliyat degani. Shu bois, yoshlarimiz zimmalaridagi masʼuliyatni chuqur his qilgan holda davlatimiz tomonidan oʻzlariga bildirilayotgan ishonchni toʻla oqlab, kelajagimizning haqiqiy vorislari ekanligini amalda isbotlamoqdalar, barcha ishlarda ham peshqadam boʻlishga intilmoqdalar. Yoshlarimizning faol harakati Oʻzbekistonga faqat shuhrat keltirmoqda.

Oʻzbekiston yoshlari muhtaram Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda haqiqatan ham Vatani, xalqi uchun kurashga bel bogʻlagan, sofdil, irodasi mustahkam, koʻzlari yonib turadigan yoshlardir.

Biz mamlakatimizning faol yoshlari orasida oʻzlarining tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan koʻzga tashlanayotgan amudaryolik yoshlar ham borligi bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

-Kelgusida Harakat faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida qanday ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda?

- Bizning hozirgi kundagi orzularimizdan biri – bu Harakatning tuman Kengashi qoshida "Yoshlar markazi”ni tashkil etish. Agar biz "Yoshlar markazi”ni tashkil eta olsak, mahallalardagi uyushmagan yoshlarga bepul til oʻrgatish, ularning ish bilan taʼminlanishiga yordamlashish, axborot texnologiyalaridan foydalanishini yoʻlga qoʻyish, dasturlash ishlarini tashkil etish borasidagi muammolarimizni hal etgan boʻlardik.

- Siz bilan suhbatlashib, tumanimizda "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda yoshlarimizning jipslashgan holda ona Vatan ravnaqi yoʻlida harakat qilishayotgani haqida aniq tasavvurga ega boʻldik. Ayting-chi, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi rahbari, yoshlar yetakchisi sifatida qaysi bir faoliyatingiz oʻzingizni qoniqtirmaydi?

- Ochigʻini aytsam, mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan olib borayotgan ishlarimiz meni unchalik qoniqtirmaydi. Chunki biz ular bilan yetarli darajada ishlasha olmayapmiz. Agar biz yuqorida aytilganidek "Yoshlar markazi”ni tashkil eta olsak, bu muammo toʻla hal boʻladi, deb oʻylayman. Biz shunga harakat qilayapmiz.

-Yangi 2015-yilda yoshlarga qanday tilaklar bildirasiz?

- Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov: "Yoshlar–ertangi kunimizning ishonchi va tayanchidir” deb bizlarga, mamlakatimiz yoshlariga katta ishonch bildirgan edilar. Yangi yilda men tumanimiz yoshlariga davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash yoʻlida har qachongidan ham faol boʻlishlarini tilayman. Doimo sogʻ va omon boʻlishsin!

-Suhbatingiz uchun rahmat!

"Taraqqiyot koʻzgusi” muxbiri Allambergan JUMANIYoZOV suhbatlashdi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026