IJTIMOIY HAMKORLIK SAMARA BERMOQDA
Mamlakatimizda xotin-qizlar manfaaatlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli saʼy-harakatlar natijasida bugungi kunda ularning jamiyatimiz hayotidagi örni va nufuzi tobora oşib bormoqda. Bunda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boşqa qonun hujjatlarida ayollar huquqlarining kafolatlari öz ifodasini topgani, qator xalqaro hujjatlar, çunonçi, BMTning "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilişining barça şakllariga barham beriş töğrisida”gi Konventsiyasi ratifikatsiya qilingani muhim omil bölayotir.
Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va maʼnaviy barkamolligi ayollarga bölgan munosabat bilan belgilanadi. Oqila, gözal ayollar özlarining ğamxörligi, mehribonligi bilan nafaqat oila, şu bilan birga, butun jamiyatda soğlom muhitni saqlab turadilar. Yurtimizda xotin-qizlarga bölgan eʼtibor va ğamxörlik yanada yuqori bosqiçga kötarilgani buning yorqin ifodasidir.
Davlat hamda jamoat taşkilotlari hamkorligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, bilim va malakasini yuksaltiriş, oila, nikoh munosabatlarini tartibga soliş borasida bir qator işlar amalga oşirilayotgani eʼtiborga molik. Jumladan, oilalar mustahkamligiga taʼsir körsatayotgan salbiy holatlar kompleks tarzda örganilib, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş, ayniqsa, qizlarni kasb-hunarga yönaltirişga qaratilgan çora-tadbirlar izçil röyobga çiqarilmoqda.
Şuningdek, FHDYo bölimlari xodimlari, xotin-qizlar qömitalari, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, soğliqni saqlaş muassasalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikda joylarda taşkil etilayotgan amaliy uçraşuvlar, huquqiy maʼrifat kunlari soğlom oilani şakllantiriş, yoş oilalar totuvligini asraş, yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaş işlarini samarali yölga qöyişda muhim ahamiyat kasb etayapti. Şuningdek, xotin-qizlar örtasida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş, ularni kasanaçilik faoliyatiga keng jalb etiş, ayniqsa, barkamol avlodni voyaga yetkazişda oilaning rolini oşiriş, bunda davlat va nodavlat taşkilotlari hamkorligini yanada kuçaytiriş böyiça amaliy işlar qilinayotganini taʼkidlab ötiş joiz.
Fuqarolar yiğinlarining aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy işlari samaradorligini oşirişga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Fondning tuman bölinmasi tomonidan "Oila – mahalla – taʼlim muassasasi hamkorligini yanada kuçaytiraylik” nomli qöllanma işlab çiqildi. Tuman XTMFMTTE bölimi bilan birgalikda taʼlim muassasalari maʼnaviyatçilari hamda mahalla maslahatçilari iştirokida seminarlar ötkazilmoqda. Qisqa qilib aytganda, ezgu maqsadlar yölidagi ijtimoiy şeriklik – turmuşimiz sifati oşişiga xizmat qilmoqda.
Gavxar ÇIMBAYÇIYeVA, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶