21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:38
Jamiyat 👁 290

Bekman Allaberganov Prezident Farmoniga koʻra davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi

Bekman Allaberganov Prezident Farmoniga koʻra davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi

Bugun — 29-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni eʼlon qilindi.

Farmon bilan mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, Yangi Oʻzbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib etish, shuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar orasida Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari Bekman Allaberganov ham bor. U Prezident Farmoniga koʻra «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Bekman Allaberganov 1947-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan. 1963-1968-yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlab, uzoq yillar 16-sonli va 5-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi-yoshlarga fizika-matematika fanlaridan saboq berdi.

Orada bir yil harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgan Bekman Allaberganov oʻzining tashabbuskorligi, xalq hayotiga doir muammolar yechimini topishdagi oʻziga xos fikrga egaligi bois, tuman rahbariyatining nazariga tushdi. 1987-1995-yillarda Xalq deputatlari A.Temur nomli ovul Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, bir necha yil tadbirkor sifatida faoliyat yuritgan Bekman Allaberganov 1999-2003-yillar oraligʻida A.Temur nomli ovul mahalla posboni sardori, 2003-2008-yillarda esa mazkur fuqarolar yigʻini raisi vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.

Ishlab, yoʻl yurib charchamaydigan otaxon 2014-2017-yillarda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi, 2017-2020-yillarda esa Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi vazifalarida ishladi. Ayni paytda esa Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.

Bekman hoji bobo Allaberganovni davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor boʻlgani bilan tabriklab, uzoq umr, mustahkam salomatlik va kelgusi ishlarida zafarlar yor boʻlishini tilaymiz!

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026