21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:41
Qishloq xoʻjaligi 👁 276

EL RIZQI – DEHQON MEHNATIDAN

EL RIZQI – DEHQON MEHNATIDAN

Xalqimiz rizqi moʻlligi, dasturxonimiz toʻkinligi va el-yurt farovonligi eng avvalo, zahmatkash dehqonlarimiz mehnatidan. Shu boisdan keyingi yillarda ekin maydonlarining unumdorligini oshirishga, sara urugʻlardan moʻl hosil olishga, dehqonchilikka ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilayotir. Bu boradagi dunyoning ilgʻor davlatlari bilan oʻzaro hamkorlik mustahkamlanayapti.

Xalqimizda dehqonchilik azaldan ulugʻlanib kelingan, moʻʼtabar kasb sifatida qaralgan.

Amudaryo tumanining Xitoy ovulida ham dehqonchilik tufayli oilasini obod, turmushini farovon etibgina qolmay, yurtdoshlarimiz dasturxoniga turli noz-neʼmatlarni, taʼmi totli mevalarni tortiq qilayotganlar koʻp.

Ozod aka Berdiboyev ovuldagi 2-sonli maktabda qirq yil oʻquvchilarga jismoniy tarbiya fanidan taʼlim-tarbiya berdi. U yoshlarning ham maʼnan, ham jismonan sogʻlom boʻlib kamol topishlari uchun oʻz hissasini qoʻshgan elda eʼzozli inson.

Tajribali murabbiy nafaqaga chiqqandan keyin “dam olaman, boʻldi endi, ishlamayman” deb bekor oʻtirmadi. Hovlisi atrofidagi 16 sotix tomorqa yerida erta bahordan to kech kuzgacha tinimsiz mehnat qilib, oilasi ehtiyoji uchun zarur boʻladigan sabzavot, poliz ekinlarini oʻzi yetishtirdi, roʻzgʻoridan ortganini bozorga olib chiqib sotib, moʻl daromad topa boshladi.

Uning tomorqasida kartoshka, piyoz, pomidor, bodring, karamdan tortib sarimsoq piyozgacha ekiladi. Hozirgi paytda pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, oʻrta sabzi, oʻrta karamlari juda xaridorgir boʻlayotir. Bogʻidagi 20 tup olmalar mevasining koʻpligidan shoxlarini egib turibdi. Bundan tashqari bogʻda 50 tup olcha, 5 tup gilos, 20 tup oʻrik, olxoʻri, nok, shaftoli daraxtlari bor. Tomorqachi mevali daraxtlardan ham har yili yaxshi daromad koʻradi. Hovlisi atrofini oʻrab turgan uzumzor koʻrgan kishining havasini keltiradi. Uzumning ham bir nechta navlarini ekib, sohaga doir ilmiy adabiyotlarni oʻqib, elda tanilgan bogʻbonlar bilan hamsuhbat boʻlib, bu borada yaxshigina tajriba toʻplagan sobiq muallimdan bugungi kunda bogʻbonlik sirlarini oʻrganayotganlar ham, uning mevali daraxtlarni payvandlash usullariga qiziqayotganlar ham koʻp.

Xalqimizda “er yigitga qirq hunar oz” degan ibora bor. Buning maʼnosi juda teran ekanligini koʻpincha oʻylamaymiz ham. Lekin hayotda shunday odamlar borki, ularning intilishlari, qiziqishlari va shu tufayli erishayotgan yutuqlari barchaga ibrat boʻlgulik. Buni qahramonimiz faoliyatida ham koʻrishimiz mumkin. Gap shundaki, u oʻz hovlisi atrofida asalarichilikni ham yoʻlga qoʻydi. Dastlab ikki-uchta asalari oilasi parvarish qilingan xonadonda hozirgi kunda 14 ta oila boqilayapti. Natijada dehqonchilikdan keladigan daromadga yana bir qoʻshimcha manba yaratildi.

Ozod aka Berdiboyev chorvachilik , parrandachilik yoʻnalishlari bilan ham shugʻullanib keladi. Ahli ayoli , farzandlari , nevaralari bilan birgalikda ikkita sogʻin sigir, ikkita zotdor buqalarni, ellikdan ziyod parrandalarni parvarish qilayapti.

Qahramonimiz turmush oʻrtogʻi bilan ikki oʻgʻil, ikki qizni halol mehnatlari bilan voyaga yetkazishdi, hammasini uyli-joyli qilishdi. Ular ham Ozod akadek asosiy ishidan soʻng tomorqachilik bilan shugʻullanadi.

U kishi bilan muloqotimiz davomida qoʻl telefoni tez-tez jiringlab, suhbatimizni boʻlib turdi. Kimdir koʻchat soʻraydi, yana kimdir maslahat soʻrab qoʻngʻiroq qiladi.

– Barchasiga qoʻlimdan kelganicha yordam qilaman, – deydi qahramonimiz.

El rizqi dehqon mehnatidan yaraladi. Ozod aka Berdiboyev va oila aʼzolari yurtdoshlarimiz dasturxoni toʻkin boʻlishiga hissa qoʻshayotganidan mamnun.

Biz ularga mehnatlaringizning barakasini bersin, deb qolamiz.

Sevara ISMOILOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026