21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:21
Siyosat 👁 212

QILIChBOYDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

QILIChBOYDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi dunyodagi barcha mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarda tinchlikparvarlik tamoyiliga amal qiladi. Uning tashqi siyosatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash kabi qoidalar mustahkam oʻrin olgan. Shuningdek, xalqimizning tinch-osoyishta yashashini taʼminlash, turli xavf-xatarlardan himoya qilishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari jangovar shayligini, qudratini oshirish, Milliy Armiyamiz saflarini vatanparvar, bilimdon, dovyurak askarlar bilan butlab borish doimiy eʼtiborda. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar va xodimlarning harbiy vatanparvarlik tuygʻusini, maʼnaviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalariga asoslangan keng dunyoqarashni shakllantirish juda muhim.

Harbiy xizmatchilar ongiga Vatan himoyasi har bir fuqaroning sharafli va muqaddas burchi ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat va jamiyat xavfsizligi uchun masʼuliyat tuygʻusini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bular oʻz navbatida armiyamiz qudrati yana ham oshishiga xizmat qiladi.

Shu boisdan ham harbiy xizmatchilar, chegaralarimizda sobit turib el osudaligini taʼminlab harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari tez-tez oʻtkazib turiladi.

Shuningdek, chegaraoldi hududlarda yashovchi aholi orasida chegaralar daxlsizligini saqlash qonun-qoidalarini keng targʻib etish, ular koʻnglida mamlakatimiz qonunlariga hurmat ruhini tarbiyalash va boʻysunishlariga erishish, chegaraoldi taʼqiqlangan hududlarga kirishlariga yoʻl qoʻymaslik ham osoyishtalikni asrashning asosiy shartlaridandir.

8-sentyabr kuni mamlakatimizning Turkmaniston davlati bilan chegara hududida joylashgan Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida ushbu hududda joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari, muddatli xizmat burchini oʻtayotgan askarlar, hudud aholisi uchun maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda taniqli shoira Zulfiya Moʻminova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gavhar Zokirova, Alisher Otaboyev va boshqa el sevgan shoirlar, yozuvchilar, sanʼatkorlar ishtirok etishdi.

Qilichboy Madaniyat markazida boʻlib oʻtgan tadbir bayram tusini oldi. Dastlab mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning ahamiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan gʻamxoʻrliklar haqida, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli hayotimizda yuz berayotgan yangilanishlar, oʻzgarishlar xususida soʻz bordi.

Taniqli shoira Zulfiya Moʻminovaning Vatan madhiga bagʻishlangan sheʼrini yigʻilganlarning barchasi qarsaklar bilan olqishladi. Tadbir targʻibot guruhi aʼzolari boʻlgan sanʼatkorlarning kontserti bilan davom etdi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026