ZULFIYa QIZLARINING KAMOLI
Özbek xalqining buyuk farzandi, vafo va sadoqat malikasi, matonat va jasorat timsoli – Özbekiston xalq şoiri Zulfiya tavalludiga 2015-yil 1-martda 100-yil töladi. Xalqimizning şoira dahosiga hurmat va ehtiromini amalda namoyon etiş maqsadida, betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyğusini, oliyjanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz hamda madaniyatimiz ravnaqiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirişga qöşgan ulkan hissasini inobatga olib, "Özbekiston xalq şoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nişonlaş töğrisida” 2014-yil 31-oktyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Mana tört oydirki, xalqimiz ana şu qutluğ sana munosabati bilan Zulfiyaxonim şeʼriyati, jasorat va matonat, vafo va sadoqat timsoliga aylangan jöşqin hayotiga ehtirom nafasi bilan yaşamoqda. Öquv maskanlarida, madaniyat muassasalarida, jamoat taşkilotlarida bölib ötayotgan şeʼriyat bayramlarida ming-minglab şeʼriyat ixlosmandlari iştirok etişmoqda. Sportda, sanʼatda, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi eng bilimdon, eng kuçli va zukko qizlarni ana şu tabarruk zot – "Zulfiya qizlari” degan şarafli nomga erişiş istagi birlaştirmoqda.
Tahririyatimizning bugungi mehmonlari – "Zulfiya qizlari” körik-tanlovining tuman bosqiçi ğoliblari – Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 2015-yilgi nomzodlar. Qani, bu zukko qizlarimizning qalblaridan ayni damda qanday tuyğular keçayotir? Söz – Zulfiyaxonim qizlariga!
Umida ABDULLAYeVA, Amudaryo akademik litseyi 1-bosqiç öquvçisi, adabiyot, şeʼriyat yönalişi böyiça nomzod:
– Men Zulfiya şeʼriyati bilan oşno bölganimda juda kiçkina, 4-sinf öquvçisi edim. Bobom (dadamning dadasi) juda maʼrifatli, maʼnaviyatli inson bölganligi sababli juda köp şeʼrlar öqib berardilar. Ayniqsa, Turob Töla, Zulfiya şeʼrlarining şaydosi edim. Ilk şeʼrim tuman gazetasida yoritilganida, ustozim Robiya Yöldoşevadan ilk şeʼriyat saboqlarini tinglaganimda özimni xuddi Zulfiyaxonim qiziday his etganman. "Jetkinşek”, "Qarliğaş”, "Tong yulduzi”, "Taraqqiyot közgusi” gazetalarida tez-tez şeʼriy maşqlarim çop etilib, şeʼriyatdek maşaqqatli va huzurbaxş ijod maydoniga qadam qöyiş baxtiga erişayotganimdan quvonganman. Va şuni yurak-yuragimdan his etdimki, şeʼriyat bu – Zulfiyaxonimdek hokisorlikni, bezovta yurak sohibi bölişni, Zulfiyaxonimdek ijodga, Vatanga fidoyilikni, çinakam sadoqat ila jasoratni özda mujassam etib, ijod etiş!
Şeʼriyat yönalişi böyiça Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodim qöyilganidan baxtiyorman. Mening nufuzli mukofot sohibasi bölişga erişişim emas, balki ana şu tabarruk nom ostida birlaşgan Zulfiya qizlari safida ijod maydoniga kirib kelayotganim, şeʼrlarim tuman va respublika miqyosidagi matbuot naşrlarida çop etilayotganining özi katta baxt.
Dilbar ÖRINBOYeVA, Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi, madaniyat (sportning şaxmat turi) yönalişi böyiça nomzod:
– Sport – insonni har tomonlama çiniqtiradi va toblaydi. Bu borada şaxmatga teng keladigani yöq. Men 5-6 yoşimdan beri şaxmat bilan şuğullanaman. Tumanda ötkaziladigan şaxmat sporti musobaqalarida öz yoşim toifasida doimo 1- örinlarni egallab kelaman. 2010-yildan 2015-yilgaça turli Vazirliklar, sport taşkilotlari tomonidan 16-marta yuqori darajadagi Diplomlar, Sertifikatlar va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandim. Ayniqsa, 2012-yilda Navoiy şahrida bölib ötgan "Umid nihollari – 2012” sport musobaqalaridagi muvaffaqiyatli iştirokim menda katta masʼuliyat hissini uyğotdi. Bu – ona Vatanimga, özim tuğilib ösgan Amudaryo elimga munosib farzand bölişga intiliş tuyğusi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga madaniyat tizimidan sport yönalişi böyiça nomzodimni röyxatga olişganida behad quvondim. Umidaxon aytganlariday, biz uçun uşbu mukofot sohibi böliş emas, ana şu nufuzli tanlovda iştirok etişning özi katta baxt. Işonç bilan aytamanki, men Zulfiyaxonim dahosiga hurmat va ehtiromimni, sadoqatimni şaxmat sportida kelgusida erişadigan ğalabalarim bilan oqlayman.
Lobar JUMABOYeVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi, sanʼat yönalişi böyiça nomzod:
– Baʼzan özimga özim: "ijod nima?”, - deb savol beraman. Ijod bu – el-yurt, ona Vatan muhabbati bilan yonib yaşaş, özni Vatan xizmatiga bağişlaş. Şunday emasmi? Men buni Zulfiyaxonimning hayoti misolida qayta-qayta kaşf etaman.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod sifatida sanʼat yönalişi böyiça tuman bosqiçi ğolibi böldim. Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etdim. Garçi mamlakat bosqiçiga yöllanma ololmagan bölsam-da, men xafa emasman. Sababi, Zulfiyaxonim dunyosiga qadam qöymoq uçun men juda köp öqib-izlanişim kerakligini tuşunib yetdim. Mamlakatimizdagi minglab tengdoş dugonalarim qatori öz tanlagan yönalişim böyiça faqat oldinga intilib yaşaşni örgandim uşbu körik-tanlov orqali. Intiliş esa inson ruhiyatiga kuç bağişlaydi. Yana şuni angladimki, ruhan kuçli inson barça közlagan orzulariga erişadi. Men ingliz tilini çuqur özlaştirişga intilayapman, faqat rassomlik bilan emas, böş vaqtlarimda sportning voleybol, qöl töpi turlari bilan ham şuğullanaman. Maqsadim – kela-jakda Zulfiyaxonimdek ona Vatanga munosib, fidoyi farzand bölib yetişiş.
Öğiljon BEKMURODOVA Amudaryo akademik litseyi öquvçisi, taʼlim yönalişi böyiça nomzod:
– Mening orzularim juda köp. Eng avvalo frantsuz va ingliz tillarini mukammal örganmoqçiman. Çunki, til bilgan odamning imkoniyati yanada keng böladi. Maktabdaligimda yozgan şeʼrlarimni frantsuz tiliga tarjima qilib, ustozim Roza Yöldoşevaga körsatsam, ustoz quvonib ketardilar, kamçiliklarimni erinmay tuşuntirardilar, har doim intilişlarimga qanot bağişlab: "sen albatta tarjimon bölişing kerak”, -deganlarida xuddi şu maqomga erişganday sevinardim. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod sifatida tumanda ğolib bölgan kunim ustozlarim özimdan ham köproq quvonişgan. Heç esimdan çiqmaydi, 2012-2013 öquv yilida frantsuz tili fani böyiça "Bilimlar bellaşuvi”ning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egalladim. Öşanda ustozimning közlarida quvonç yoşlarini körib, "albatta tarjimon bölaman!” deganman. Ayni paytda 3-sonli Amudaryo akademik litseyidagi tahsil davomida köplab tanlovlar va bellaşuvlarda ğolib bölişimda mamlakatimizda biz yoşlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning örni ğoyat katta ahamiyat kasb etmoqda. Garçi men Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga daʼvogarlar sifatida tanlovning Özbekiston respublikasi bosqiçida iştirok etişga erişa olmagan bölsam-da, köksimni bir ğurur töldirib turadi. Bu – Zulfiyaxonim qizlaridan biri ekanligimdan iftixor tuyğusi. Men ana şu tuyğu bilan yaşayman, oldinga, faqat oldinga intilib, Prezidentimiz aytganlariday "közlari çaqnab turgan” jasoratli özbek yoşlaridan biri bölib, ilmning yuksak çöqqilari sari dadil qadam taşlayveraman.
Nasiba TIRKAŞEVA, 16-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf öquvçisi, taʼlim yönalişi (ona tili va adabiyot) böyiça nomzod:
– Ğoliblik – ezgu orzular yölidagi eng katta imkoniyat. Men bir neça yillardan beri özbek tili va adabiyoti fanidan "Bilimlar bellaşuvi”ning tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi ğolibi bölib, şuni his etdimki, ğoliblik –juda katta imkoniyat. 2012-2013-yilda özbek tili va adabiyoti fanidan Qoraqalpoğistonda 2-örin sohibi böldim. Qarang, ana şu ğalaba gaşti menga yanada kattaroq kuç bağişladi. 2013-2014 yilda men "Bilimlar bellaşuvi”ning Respublika bosqiçida avvalgi yilda erişmagan mezonlardan özib ketdim va 1-örin sohibi böldim. Şeʼrlarim, publitsistik maqolalarim tuman va respublika matbuot naşrlarida çop etildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod sifatida uşbu körik - tanlovining Respublika bosqiçidagi iştirokim esa hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi. Lekin men bu bellaşuvda mendan ham kuçliroq, bilimliroq, serqirra qobiliyat sohibalari bölgan qizlar borligini körib, öz ustimda köproq işlaşim zarurligini his etdim. Men uşbu nufuzli tanlovda iştirok etganim bilan faxrlanaman.
Sohiba RAJABBOYeVA, 55-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf öquvçisi, taʼlim (informatika fani) yönalişi böyiça nomzod:
– Men har gal ijod qilişga ötirganimda muhtaram Prezidentimizning bir gapini eslayman: "Men sizlarni juda yaxşi köraman, bolalarim!” Bizni Yurtboşimiz juda yaxşi köradilar va buni biz yoşlarning öqib, bilim olişimiz, kuç va salohiyatimizni amalda namoyon etişimiz uçun yaratib qöyilgan şart-şaroitlar ham tasdiqlab turibdi. Demak, biz Prezident işonçini oqlaşimiz, ana şu işonçga munosib şaxs sifatida şakllanişimiz uçun qilinayotgan ğamxörliklarga loyiq bölişimiz kerak.
Men tahsil olayotgan 55-sonli maktabda öquvçilar fan tögaraklari, zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalar asosidagi dars ötiş tizimi bilan töliq qamrab olingan. Şu bois, har bir öquvçi özi qiziqqan fan böyiça yetarli darajada şuğullaniş imkoniyatiga ega. Şaxsan men informatika fanidan eng zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda saboq olayotganimdan faxrlanaman. Kimdir informatika fani kompyuterda internet orqali berilayotgan, har xil befoyda öyinlarni, turli hil ijtimoiy tarmoqlarga kiriş yöllarini örganiş, deb öylaydi. Yöq azizlar, informatika –kelajak fani. Kelajakda erişişimiz mumkin bölgan yangi-yangi rejalar, katta imkoniyatlar uçun yöl oçib beruvçi fan bu. Özini anglagan inson informatika fanining ana şu imkoniyatlaridan foydalangan xolda el-yurt taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangiliklar yaratişga intiladi.
Mening orzuim – kelajakda Amu elim, ona Özbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladigan dasturlar tuziş va uni amaliyotga joriy etiş. Bu yölda qançalik maşaqqat, fidoyilik kerak bölsa, el-yurtning sodiq farzandi sifatida hamişa tayyorman. Zero, ona Vatanga, xalqiga sodiq va fidoyi, mehnatkaş insonlargina Zulfiyaxonim izdoşlari böla oladilar.
Davra suhbatini
Robiya YÖLDOŞEVA
yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶