21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:00
Jamiyat 👁 225

XOTIN-QIZLAR VA BOLALARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIKNING OLDINI OLISh BOʻYIChA TARGʻIBOT TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

XOTIN-QIZLAR VA BOLALARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIKNING OLDINI OLISh BOʻYIChA TARGʻIBOT TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Xotin-qizlarning manfaatlarini taʼminlash, jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarning faol ishtirokchisiga aylanishlari uchun bugungi kunda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

16-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarni yot gʻoyalardan asrash hamda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha targʻibot-tushuntirish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimligining din ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Maʼnaviyat-maʼrifat” markazi tuman boʻlimi bosh mutaxassisi Maxmud Eshmanov, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva, maktab direktori Zafar Axmanov, oʻqituvchilar hamda yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva soʻzga chiqib soʻnggi yillarda ayollar tadbirkorligi, tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanib, xotin-qizlar bandligi va ularni kasb-hunarga oʻqitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarga davlat grantlari ajratish, ularning muammolarini oʻrganish va manzilli hal etish borasida amaliy ishlar olib borilayotgani, “Ayollar daftari”ga 6ta mezon asosida 3000 dan ortiq xotin-qizlar kiritilib, ularning muammolari hal etilayotgani haqida aytib oʻtdi.

Shu bilan bir qatorda, jamiyatda xotin-qizlarning oʻz oʻrnini topishiga toʻsqinlik qilib kelayotgan muammo va illatlar ham mavjud boʻlib, ularga qarshi kurashish dolzarb hisoblanadi. Ulardan biri xotin-qizlar va bolalarga nisbatan koʻrsatilayotgan tazyiq va zoʻravonlikdir.

Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida xalqaro normalar talablariga uygʻun qonunchilik asoslarini yaratish va takomillashtirish, qolaversa, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar va bolalar muhofazasi bilan bevosita shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslari kengaytirildi.

Tadbir davomida tuman hokimligining din ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov yoshlar har bir jamiyatning eng ishongan va muhim qatlami hisoblanishini, mamlakatning ertangi kuni ularning qanday shaxs boʻlib shakllanishlari hamda maqsadlariga bogʻliqligini, shu sababdan ularni zararli gʻoyalar va yot fikrlardan himoyalash dolzarb mavzu ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Hozirda yoshlar ongiga taʼsir qilib, ularga oʻz buzgʻunchi gʻoyalarini singdirishni yoki ularni toʻgʻri yoʻldan ozdirishni maqsad qilgan kuchlar tobora ortib bormoqda. Bu holat oddiy kompyuter oʻyinlaridan tortib internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida ham koʻzga tashlanadi. Yuzaki qaraganda, arzimas tuyuladigan bu harakatlar vaqt oʻtgani sari jiddiylashib boraveradi.

Aytish kerakki, mamlakatimizda yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari orasida tashkil etilayotgan targʻibot va tushuntirish tadbirlarining ahamiyati katta.

Targʻibot tadbiri davomida oʻquvchilarga sababsiz dars qoldirmasliklari, oʻtilayotgan har bir darsni qunt bilan oʻzlashtirishlari lozimligi, maktabga oʻz vaqtida kelish va ketish zarurligi, shuningdek, har bir oʻquvchi odob-axloq qoidalariga amal qilishlari, har bir daqiqadan unumli foydalanib bilim olishlari lozimligi tushuntirildi.

Yigʻilish soʻngida mavzu yuzasidan ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Sevara Ismoilova, Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026