21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:59
Fan va taʼlim 👁 280

BILIMLI VA HUNARLI YoShLAR – YuRT TAYaNChI

BILIMLI VA HUNARLI YoShLAR – YuRT TAYaNChI

Kasb-hunar taʼlimi tizimi iqtisodiyot rivojining muhim komponenti hisoblanadi. Ushbu taʼlimda yuqori malakali ishchi, kasb egalari, iqtisodiyotning oʻrta boʻgʻini mutaxassislari tayyorlanadi. Amudaryo tumanida ham yoshlarning kasb-hunar sirlarini mukammal oʻrganishlarini taʼminlash maqsadida 1- va 2-sonli kasb-hunar maktablari tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda ularda yoshlar kasb-hunar sirlarini puxta oʻrganishmoqda.

Qipchoq ovulidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida 2022-2023-oʻquv yili davomida jami 304 nafar oʻquvchiga 28 nafar oʻqituvchi va 10 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berib, kasb va hunar sirlarini oʻrgatishdi. Yil davomida oʻquvchilar bu dargohda kasb-hunar sirlarini oʻrganish bilan birga oliy oʻquv muassasalariga chuqur tayyorgarlik koʻrib, talabalar safiga qoʻshilishga muyassar boʻlishdi. Shuningdek, 4 nafar oʻquvchi ingliz tili fanidan xalqaro va milliy sertifikatlarga ega boʻlishdi. Mazkur oʻquv yilida kasb-hunar maktabini 160 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlsa, shundan 36 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi.

Soʻlim tabiatli, koʻkalamzor hududda joylashgan ushbu taʼlim muassasasida 240-oʻrinli oʻquv ustaxonasi, 120-oʻrinli oshxona va 100-oʻrinlik oʻquvchilar turar joyi mavjud. Oʻquv muassasasida taʼlim olayotgan yoshlarning kasb va hunar sirlarini puxta oʻrganishlarini taʼminlash maqsadida tumandagi korxona, tashkilot va muassalar bilan oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashlari uchun 12 ta hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Hozirgi kunda mazkur shartnomalarga koʻra belgilangan korxona-tashkilotlarda oʻquv jadvaliga asosan ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.

Kasb-hunar maktabida 2023-2024 oʻquv yili oldidan ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrilib, oʻquvchi-yoshlarning sifatli taʼlim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu yilgi oʻquv yilida 1-bosqichga 8 ta yoʻnalish boʻyicha 205 nafar oʻquvchi qabul qilinib, hozirgi kunda taʼlim-tarbiya ishlari boshlab yuborildi. Oʻquvchi-yoshlarga 28 nafar oʻqituvchi va 9 nafar ishlab chiqarish ustalari taʼlim-tarbiya berishmoqda.

Hozirgi kunda kasb-hunar maktabida oʻquvchilar avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash, avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat koʻrsatish, axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori, tikuvchi, oʻt oʻchiruvchi, traktorchi-mashinist, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, elektrik kabi yoʻnalishlar boʻyicha kasb-hunarga oʻrgatilmoqda. Ularga bilimdon oʻqituvchilar tomonidan umumtaʼlim fanlardan toʻliq bilimlar berish bilan birga, tajribali ishlab chiqarish ustalari kasb va hunar sirlarini mukammal oʻrgatishga harakat qilishmoqda. Shuningdek, maktabda tikuvchi va payvandlovchi yoʻnalishlari oʻquvchilari oʻrtasida turli tadbirlar, tanlovlar oʻtkazilib, yoshlarning tanlagan kasbiga boʻlgan qiziqishlari yanada oshirilmoqda.

Ushbu dargohda oʻquvchilarni kitobxonlikka jalb etishga ham alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Muassasadagi kutubxonada 24 mingdan ortiq turli xil mazmundagi adabiyotlar mavjud boʻlib, turli xildagi yangi adabiyotlar, elektron darsliklar keltirilgan. Oʻquvchilar kutubxonaga tashrif buyurib, bu yerdagi kitoblarni mutolaa qilishadi va bilimlarini oshirib, dunyoqarashlarini kengaytirib borishmoqda.

Ayni davrda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari barobarida tadbirkorlik, kichik biznes, oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat koʻrsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi tez surʼatlarda ravnaq topayotgan sohalar uchun ishchi kasblar boʻyicha malakali kadrlar zarur. Shu sababli kasb-hunar maktabida oʻquvchi-yoshlarning har tomonlama yetuk, zamonaviy bilimlarga ega, jamiyatda oʻz oʻrniga ega insonlar boʻlib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Kasb va hunar insonga umri davomida hamroh boʻladi. Toʻkis, baxtli hayot kechirish uchun kasb ham, hunar ham oʻrganish kerak. Oʻz kasbining ustasi, hunarli kishilarning rizqi butun, turmushi farovon boʻladi.

Shu oʻrinda yoshlarga kasb-hunar sirlarini puxta oʻrgatayotgan, mamlakat iqtisodiyoti rivoji va xalq farovonligiga hissa qoʻshuvchi yetuk mutaxassislarni tayyorlash yoʻlida oʻzlarining bor bilimi va tajribasini safarbar qilayotgan oʻqituvchilar va oʻquvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini kasb bayrami – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz! Hamisha kasbingizdan kamol topib, mashaqqatli mehnatlaringizning rohatini koʻrib yashang, aziz ustozlar!

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026