AYoLNI EʼZOZLAŞ – OLIY QADRIYaT
Ayol! Bu buyuk sözni har gal tilga olganimizda köz öngimizda bizni dunyoga keltirib, közi qaroğida asrab-avaylab voyaga yetkazgan onajonimizning mehribon, munis çehrasi namoyon bölaveradi. Şu mukarram zot oldida doim farzandlik burçimizni anglab yaşaşga undaydi.
Ha, ayol uluğ zot! Uni har qança ardoqlasak ham kamlik qiladi. Xalqimizning qon-qoniga singib ketgan onani, ayolni eʼzozlaşdek oliy qadriyatlari davlatimiz siyosatining ham boş vazifalari sirasiga kiradi. Çunki hayot sinovlaridan ötgan, heç kim inkor eta olmaydigan buyuk bir haqiqat bor: farzandi soğlom, baxtiyor bölsa – ona şod, ona baxtiyor böladi. Onalar baxtli bölsa, butun El-Yurt baxtli böladi, tinçlik hukm suradi, farzandlar komil inson bölib voyaga yetadi. Demak, millat komilligi eng birinçi navbatda onaga boğliq. Muhtaram Prezidentimiz iborasi bilan aytganda: "Onalarning obrö-eʼtiborini jiddiy ravişda oşiriş, ularning mehnatini, jismoniy soğlom, maʼnaviy boy hamda axloqan pok yoş avlodni tarbiyalaşdagi xizmatini munosib baholaşimiz kerak. Ona töğrisida, uning farzandi töğrisida ğamxörlik qiliş davlatimizning muqaddas burçidir”.
Oilaning fayz-u barakasi, xonadonning fariştasi - ayol. Ayollarsiz hayotni, jamiyatni, taraqqiyotni tasavvur qilib bölmaydi. Mustaqillik yillarida ayolning ona sifatidagi nufuzini oşiriş, uni asraş bilan birga, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, intellektual salohiyatini oşirişga, ularning davlat va jamiyat qurilişida faol iştirokini taʼminlaşga, mehnatini muhofaza qilişga ham katta eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida xotin-qizlarni eʼzozlaş, ularning jamiyatdagi rolini oşiriş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biriga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz ayollarning jamiyatdagi örni va roliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bölişlari hamda soğlom va mustahkam oila qurişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş davlatimiz va jamiyatimizning doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligini alohida taʼkidlab keladilar. Mamlakatimizda ayollarga bölgan yuksak hurmat-eʼtibor va ğamxörlikning amaliy isboti sifatida istiqlol yillarida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi roli va taʼsirini kuçaytiriş, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilinganini alohida qayd etiş lozim. Jumladan, Prezidentimizning 1995-yil 2-martdagi "Özbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy qurilişida xotin-qizlarning rolini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni mamlakatimiz ayollarining jamiyatni, davlatni boşqarişdagi bilimlari, aqlu-zakovati va imkoniyatlariga bölgan işonçining yorqin namunasi bölsa, 2004-yil 25-mayda qabul qilingan "Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni mamlakatimiz xotin-qizlar jamoat taşkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qiliş, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida tölaqonli iştirok etişini taʼminlaş, xotin-qizlar hamda yoşlarning maʼnaviy va intellektual saviyasini yuksaltiriş borasida olib borayotgan işlarining samaradorligini oşirişda yana bir muhim qadam böldi. Uşbu Farmon bilan ovul va mahallalarda diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi lavozimi joriy etildi. Bugungi kunda tumanimizdagi ovul va mahallalarda 47 nafar diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilar faoliyat olib borişmoqda.
Tumanimiz jami aholisining salkam 50 foizini xotin-qizlar taşkil etadi. Tumanda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy sohada tölaqonli iştirokini taʼminlaş borasida samarali iş olib borilmoqda. Ayniqsa, Xotin-qizlar qömitasi bilan siyosiy partiyalar tuman kengaşlarining "Ayollar qanoti” örtasida hamkorlikda iş olib borilmoqda. 2014-yil 21-dekabrda vakillik organlariga bölib ötgan saylovlarda 6 nafar xotin-qizlar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatligiga saylangani fikrimizning dalilidir. Bugungi kunda tumanimizda umumtaʼlim maktablari, maktabgaça taʼlim muassasalari, qişloq vraçlik punktlari, markaziy şifoxona bölimlariga rahbarlik qilayotgan ayollar ham köpçilikni taşkil etadi. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilişida, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikda, jamiyat madaniy hayotida iştiroki tobora ortib bormoqda.
Qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlaş, intellektual qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiriş, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş maqsadida bugungi kunda maktabgaça taʼlim muassasalarida "Zumradoylar davrasi”, umumtaʼlim maktablari, aka-demik litsey va kasb-hunar kollejlarida "Orasta qizlar” tögaraklari, mahallalarda "Orasta qizlar davrasi” faoliyati yölga qöyildi.
Har yili "Orasta qizlar” körik-tanlovi ötkazib kelinmoqda. Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji 2-bosqiç öquvçisi Gulnura Töliboyeva taʼlim muassasalari öquvçi-qizlari örtasida ötkazilgan "Orasta qizlar” körik-tanlovida, Manğit Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 3-bosqiç öquvçisi Mehribon Tursunboyeva "Mahallaning eng orasta qizlari” körik-tanlovining Özbekiston Respublikasi miqyosida bölib ötgan Forumida muvaffaqiyatli iştirok etib qaytişdi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami butun mamlakatimizda bölgani kabi, tumanimizda ham keng nişonlanmoqda. Bayram munosabati bilan ovul va mahallalarda istiqomat qilayotgan, mehnat faxriysi bölgan nuroniy onaxonlar holidan xabar olinib, bayram sovğalari berilmoqda. Xotin-qizlar mehnat qilayotgan idora, korxona va taşkilotlarda, taʼlim muassasalarida ovul va mahallalarda bayram munosabati bilan sport musobaqalari, turli tadbirlar taşkil etilmoqda.
"Keksalarni eʼzozlaş yili” munosabati bilan Xotin-qizlar bayrami arafasida 100 yoşdan oşgan onaxonlar, ikkinçi jahon uruşida front ortida fidoyi mehnat qilgan onaxonlar holidan xabar oliş, ularga tibbiy xizmat körsatiş, bayram bilan tabriklaş işlari taşkil etildi. Çunki onani eʼzozlaş - eng oliy qadriyatdir.
Fursatdan foydalanib, tumanimizda istiqomat qilayotgan barça möʼtabar onaxonlarimizni, aziz opa-singillarimizni,dilbar va oqila qizlarimizni bahor elçisi bölgan gözal bayramimiz – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Maryam AHmedova, tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.
(Foto - ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶