21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:23
Qishloq xoʻjaligi 👁 323

ILGʻOR TERIMChILAR RAGʻBATLANTIRILDI

ILGʻOR TERIMChILAR RAGʻBATLANTIRILDI

Amudaryo tumanida joriy yilgi paxta terimi mavsumi qizgʻin davom etmoqda. Fermer xoʻjaliklari pudratchilari va terimda ularga yaqin koʻmakdosh boʻlayotgan uyushmagan aholi vakillari dalalarda yetishtirilgan hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmay, yigʻib-terib olishga va oilalariga qoʻshimcha daromad keltirishga astoydil harakat qilishmoqda.

Kuzning iliq kunlaridan unumli foydalangan holda paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yigʻib olish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning uchun tumanning barcha hududlarida ham jiddiy tayyorgarlik koʻrildi va paxta terimiga sentyabr oyi boshlaridanoq uyushqoqlik bilan kirishildi.

Toshyop ovulidagi Jangil Dusanova rahbarlik qilayotgan “Ozodov Musobek” fermer xoʻjaligida tumanda birinchilardan boʻlib paxta yigʻim-terimiga kirishilgan edi. Xoʻjalikda 57 gektar maydonda paxta yetishtirildi. Bugunga kelib ushbu dalalardan 177 tonnadan ziyod paxta terib olindi. Terimchilar bir kunda 6-8 tonna hosil terib olishib, tumanning “oq oltin” xirmoni yuksalishiga munosib hissa qoʻshishmoqda.

Mazkur fermer xoʻjalik masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta -toʻqimachilik klasteri bilan jami 200 tonna paxta topshirish shartnomasini tuzgan. Ushbu shartnoma yaqin kunlarda ado etiladi. Shu maqsadda terim surʼati kun sayin oshirilmoqda.

Aytish joizki, tumandagi barcha fermer xoʻjaliklarning texnika taʼminoti yaxshilanib, chigit ekish ishlari zamonaviy seyalkalar yordamida amalga oshirilgani, dalalar oʻz vaqtida ekishga tayyorlanib, tobida chigit ekilgani bugungi moʻl hosilning asosi boʻldi. Suvdan oqilona foydalanilgani, mineral oʻgʻitlar bilan oʻz vaqtida ishlov berilgani natijasida hamda dehqonlarning fidokorona mehnati evaziga dalalarda moʻl hosil toʻplanishiga erishildi.

Tumanda 2023-yil paxta yigʻim-terimini optimal muddatlarda amalga oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan edi. Shunga koʻra 310ta terim otryadi tashkil qilinib, ularga tajribali mutaxassislardan iborat rahbarlar tayinlandi.

Otryadlarga paxta-toʻqimachilik klasteri va fermer xoʻjaliklarining jami 25 ming 682 nafar terimchilari, har bir otryadga oʻrtacha 82 nafar terimchidan jalb qilindi. Shuningdek terimchilarga oʻz vaqtida terim pullarini berib borish maqsadida bank xodimlari biriktirilgan.

Yigʻim-terim tobora qizgʻin pallaga kirayotgan ayni paytda dala mehnatkashlari uchun qulay ish va dam olish sharoiti yaratilgani “Ozodov Musobek” fermer xoʻjaligi terimchilariga ham gʻanimat kunlardan unumli foydalangan holda samarali mehnat qilish imkonini bermoqda.

Paxta yigʻim-terimi surʼatini oshirish va terimchilarni ragʻbatlantirish maqsadida mazkur fermer xoʻjaligidagi ilgʻor terimchilar 4-sektor rahbariyati va fuqarolar yigʻini tomonidan ragʻbatlantirildi.

4-sektor rahbari hamda Toshyop ovul fuqarolar yigʻini raisi paxtakorlarga kuch-gʻayrat tilab, ilgʻor terimchilar ­– Nodira Haytboyeva, Sayyora Yoʻldosheva,Feruza Qurbonboyeva, Navbahor Jabborberganova, Gulnoza Yoʻldosheva, Shirin Xudoyberganova, Bogʻdagul Kamolova, Rabiga Sobirovalarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Shu kuni paxta terimchilar uchun dala boshida osh tortilib, sanʼatkorlar ijrosida kontsert dasturi namoyish etildi.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026