21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:09
Adabiyot 👁 288

AZIZA – ISTEʼDODLI IJODKOR, UMIDLI JURNALIST

AZIZA – ISTEʼDODLI IJODKOR, UMIDLI JURNALIST

Isteʼdod insonga beriladigan ilohiy inʼomdir. Bunday inʼom tuhfa etilgan ijodkor oʻz tiliga, uslubiga, qalamiga ega boʻladi. Uning har bir ijod mahsuli bilan tanishgan odam oʻz dardini, hayotini va hech kimga aytmagan sirini koʻradi. Haqiqiy isteʼdod egasi hammani qiziqtiradigan mavzuni topa biladi, hech kim koʻrmagan narsalarni ilgʻay oladi va barchasini tafakkuridan oʻtkazib, koʻngil bisotidagi bor boyligini qogʻozga toʻkib soladi. Zamonlar oʻtsa-da, bunday ijod mahsuli, hattoki, kichik bir sheʼr boʻlsa ham aslo eskirmaydi.

Yosh ijodkor, jurnalist, Amudaryo telekanali suxandoni Aziza Madrahimova bugungi kunda ana shunday isteʼdod egasi sifatida nafaqat tumanimizda, balki butun Qoraqalpogʻistonda tanilishga ulgurdi. Hali oʻquvchilik paytidan sheʼrlar va maqolalar yozib, ilgʻor fikrliligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadigan qizaloq ulgʻayib, oʻz sheʼriy toʻplamini nashrdan chiqardi. “Bahordan daraklar” deb nomlangan ushbu ilk kitob, undagi ijod mahsullari Azizani isteʼdodli va oʻz aytar soʻziga ega ijodkor sifatida elga tanitdi.

Aziza Madrahimova 1997-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan. U kichikligidan onasi Sanamjon ayadan ertak, sheʼrlar eshitib ulgʻaydi va oʻzi bilmagan holda adabiyot dunyosiga kirib keldi. Mahallasidagi 55-sonli maktabda oʻqib yurgan davrida kutubxonadan turli kitoblarni olib oʻqish uning eng sevimli mashgʻuloti edi. Ijodga 6-sinf paytida kirib kelgan Aziza adabiyot fanini oʻzgacha mehr va ishtiyoq bilan oʻqir, gʻazallar yodlashni va sheʼrlar mutolaa qilishni yoqtirardi. Ilhomi kelgan paytlarda kichik maqolalar, sheʼrlar yozar, uni koʻrgan Sanamjon aya shu qizining kelgusida ijodkor boʻlishiga ishongisi kelardi. Uning maqolalari tuman gazetasida chop etilganida esa quvonchi koʻkka yetardi. Aziza maktabni tugatib, Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida kompyuter texnigi mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan davrlarida ham namunali, tirishqoq va jamoat tadbirlarida faol boʻldi. Turli ijodiy tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ayniqsa, tuman gazetasi tahririyati uning uchun eng sevimli maskan va u yerdagi ustoz jurnalistlar Oygul Rajabova, Robiya Yoʻldoshevalar esa ijod boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, samimiy va yaqin insonlariga aylanishdi.

Mustaqil hayot ostonasiga yetib kelganida Azizani bir olam orzular oʻz ogʻushiga oldi. Ota-onasi, opa-akalari bagʻrida iliq mehr taftida kechgan bolaligi ortda qolayotganini his qilib, oʻz yoʻlini tanlash fursati yetib kelganini angladi va biroz hayajonlanib, jurnalist boʻlishga qaror qilganini eng avval onajonisiga aytdi. Kollejni 2015-yilda tugatgach, Qoraqalpoq davlat universitetining jurnalistika fakultetiga hujjat topshirdi. Biroq shu yili omadi kelmadi, ammo u bundan afsuslanmadi va oʻz ustida koʻproq ishlashga, bilimini yana ham oshirishga qaror qildi. Shu yili ilk “Bahordan darak” sheʼriy toʻplamini nashrdan chiqarishga muvaffaq boʻldi. Bundan tashqari, uning sheʼrlari “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan chop etilgan bir qator sheʼriy toʻplamlardan ham joy oldi.

Aziza boʻsh vaqtlarida Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan grant loyihasi doirasida tashkil etilgan toʻgarakda tikish-bichish va toʻqish hunarini ham oʻrgandi. Jamiyat tomonidan qoʻlga kiritilgan yana bir grant loyihasi doirasida ochilgan kutubxonaga kutubxonachi vazifasiga taklif qilishganida u bajonidil qabul qildi va u yerda ham ishladi. Ishlash bilan birga unga kutubxonada yanada koʻproq kitob oʻqishiga, bilimini oshirishiga ham imkoniyat yaratildi. Shu yili mehnatlari samara berib, oʻzi orzu qilgan Qoraqalpoq davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirishga muvaffaq boʻldi.

Talabalik davrlarida oliy taʼlim maskanida oʻtilgan ijodiy va amaliy darslar, tajribali ustozlarning mahorat darslari Azizaning koʻproq maqolalar yozishiga, publitsistika, ocherk, reportaj kabi turli janrlarda ijodini davom ettirishiga turtki boʻldi. U tuman matbuotidan uzoqlashmagan holda markaziy nashrlarda ham oʻz maqolalarini chop ettirdi. Borgan sari qalami oʻtkirlashib, fikrlari teranlashdi. Izlanishdan toʻxtamay, telejurnalistika, radiojurnalistika va sohadagi yangi yoʻnalishlardan boʻlgan internet jurnalistikasi sirlarini nazariy oʻrganish bilan birga amaliyotda ham oʻrganib, salohiyatini oshirishga harakat qildi.

Bilimlilar va iqtidorlilar har joyda kerak boʻladi. Oliy taʼlimni tugatganidan soʻng, Azizani Amudaryo telekanali tahririyatiga kelganida darhol ishga qabul qilishdi. Hali talabalik paytidanoq ijodiy, adabiy koʻrsatuvlar, telelavhalar tayyorlab, ustozlar va muxlislar nazariga tushgan isteʼdodli ijodkor suxandon vazifasida ish boshladi.

Ayni paytda telejurnalistika sohasida tajriba oʻrganib, oʻz mahoratini oshirib borayotgan yosh jurnalist nutqining sof oʻzbek adabiy tilida, ravonligi bilan muxlislar eʼtiborini qozonmoqda. Ish faoliyati davomida u televideniye yoʻnalishi boʻyicha ustozi jurnalist Gʻulomjon Yeshniyozovdan ham tajriba, yoʻl-yoʻriq oʻrganmoqda. Ustozdan oʻrgangan tajribalari va oʻz bilimlari asosida “Dilimdagi gaplar”, “Salomatlik darslari”, “Inson huquqlari” kabi koʻrsatuvlar va axboriy dasturlariga ham boshlovchilik qilib, mahoratini koʻrsatmoqda. Undan tashqari, tanqidiy-tahliliy ruhdagi maqolalar tayyorlab, intervyu, hikoya, esse kabi janrlarda ham ijod qilmoqda va ularni tuman gazetasi sahifalarida yoritmoqda.

Aziza badiiy ijod yoʻnalishida qalam tebratishni koʻproq yaxshi koʻradi. U iloji boricha turmushdagi kichik boʻlsa ham katta saboq olsa arziydigan hodisalarni, hayotiy mavzularni qalamga olib, mushtariylarni mulohaza qilishga chorlaydi. Sheʼrlarida ham kamtarinlik, qanoatlilik, mehnatsevarlik, ona yurtga cheksiz mehr-muhabbati, shu Vatan farzandi ekanligidan faxru-iftixor tuygʻulari aks etib turadi.

Yosh jurnalist yaqinda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan “Ugam” yozgi media-oromgohda oʻtkazilgan “Media camp – 2023” seminar-treningida faol ishtirok etib keldi. Tadbirga tashrif buyurgan Frantsiya, Turkiya va Oʻzbekistonlik mahoratli jurnalistlar, media-trenerlardan tajriba oʻrganib, katta taassurotlar bilan qaytdi.

Aziza oilada toʻrtinchisi, kenja farzand. Uning otasi Saʼdulla Madrahimov hunarmand-usta boʻlgan va hozirda nafaqada. Onasi Sanamjon Rahimova esa zavodda ishchi boʻlib mehnat qilib, nafaqaga chiqqan. Akalari ham hunarmand, qurilish sohasida ishlashadi. Bugungi kunda ularning oilasi, farzandlari va oʻz hayot yoʻli bor. Saʼdulla aka va Sanamjon opalar farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor berib, hunarli, odob-axloqli, solih insonlar qilib voyaga yetkazishgani uchun el rahmatiga sazovor boʻlishgan. Aziza ham yaqinda oilali boʻldi, umr yoʻldoshi Nodirbek Shomurodov Andijon Mashinasozlik instituti talabasi. Uning erkin ijod qilib, ishlashiga bu oilada ham imkoniyat yaratib berishgan.

Ijodkorning yonida uni tushunadigan, toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan, yangi-yangi yaratuvchanliklarga undaydigan insonlar boʻlsa ilhom beradi. Iqtidorini, isteʼdodini yanada rivojlantirib, oʻzini mukammallashtiradi, ijodi bilan adabiyot va maʼnaviyatni boyitadi. Yosh jurnalist Aziza Madrahimova ham kelajakda iqtidorli jurnalist boʻlib yetishib, barchaga manzur boʻladigan, dolzarb mavzulardagi maqola, publitsistikalari, koʻrsatuvlari va badiiy ijodi bilan xalqqa yanada yaqinroq tanilishiga, jamiyat taraqqiyotiga va oʻzbek jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qoʻshishiga ishongimiz keladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026