21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:20
Siyosat 👁 2,254

MATONAT BILAN MEHNAT QILIShGA DAʼVAT BOʻLDI

MATONAT BILAN MEHNAT QILIShGA DAʼVAT BOʻLDI

Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy yigʻilishidagi nutqida "Deputat qaysi partiyaga mansub boʻlmasin, birinchi navbatda saylovchilar oldida, el-yurt oldida javob beradi. Partiyalar jamiyatning maʼlum bir qatlami manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan kuch sifatida parlamentda bir-biriga raqib yoki muxolif boʻlishi tabiiydir. Lekin yagona Vatanimiz boʻlmish Oʻzbekiston manfaati, yagona xalq manfaatlari haqida soʻz borganda, ularning barchasi bir musht boʻlib birlashishi darkorligini hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz zarur.

... Faylasuflar aytganidek, bu dunyoda dushmandan emas, avvalo loqayd, beparvo va betaraf odamlardan qoʻrqish kerak. Mening sizlarga tilagim, daʼvatim shuki, xalq vakillari avvalo kurashchi boʻlishi kerak. Mana shu muqaddas zamin uchun, Oʻzbekistonimiz uchun, xalqimiz tinchligi, farzandlarimizning baxtli kelajagi uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ishlashimiz, kurashishimiz zarur”, – deya taʼkidladilar.

Prezidentimizning ushbu soʻzlarialbatta, deputatlar zimmasiga katta vazifa yuklashi bilan birga, saylovchilarning ishonchini oqlashga bel bogʻlagan vakillarning qaysi partiyadan boʻlishiga qaramasdan, har bir partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni xalqimizning farovonligi, obodonchiligi, tinchligi, mustaqilligini yanada mustahkamlash yoʻlida birlashtirishga chaqiradi.

Aholi manfaatlari va farovonligiga, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi mukammal qonunlarni ishlab chiqish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilik talablarining bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, koʻp sonli saylovchilarning ishonchini qozonish, xalq vakili sifatida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning kundalik faoliyatidagi eng muhim vazifa boʻlishi kerak.

Prezidentimiz parlament palatalarining qoʻshma majlisidagi maʼruzasida: "Qonunlar loyihalari, ayniqsa, aholining hayotiy muhim manfaatlari, ijtimoiy huquqlariga bevosita daxldor boʻlgan qonunchilik hujjatlari muhokamasiga jamoatchilikni, fuqarolar institutlari vakillarini ham keng jalb etish lozim,” degan fikrlarni bildirib oʻtdi.

Albatta, qonun hujjatlari qabul qilinmasdan oldin keng jamoatchilik bilan birga muhokama etilib, fikrlar almashilsa, bunday qonun har tomonlama yetuk, xalqning manfaatini oʻz ichida toʻla aks ettirgan holatga keladi. Shuningdek, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi oʻrnini mustahkamlaydi.

Mana shunday jarayonlarda mehnat va hayotiy tajribaga ega yoshi ulugʻlarimiz bilan birga, kelajakka ishonchli qadamlar bilan kirib kelayotgan yoshlarimizning ham fikrlarini inobatga olish, ular orasida har xil interaktiv usullardagi muhokamalarni oʻtkazish orqali ularning huquqiy bilim va koʻnikmalarini yanada orttirish uchun imkoniyat yaratiladi.

Deputatlar Prezidentimiz tomonidan parlament palatalarining qoʻshma majlisidagi maʼruzasida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda amaliy harakatlarni boshladi. Qonunchilik tashabbuslari, parlament nazoratini tashkil etish, deputatlik soʻrovlarini oʻtkazish va shu kabi boshqa vakolatlarimizdan unumli foydalangan holda saylovchilarga bergan vaʼdalarimizning ustidan chiqishga intilish zimmamizdagi masʼuliyatli vazifadir.

Joldasboy ABDIJAMILOV,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026