DAVR TALABIGA MOS IŞLAŞ - BURÇIMIZ
Mustaqil davlatimizning strategik kelajagini bugungi davr yoşlarining kuç va salohiyati, bilim darajasi belgilaydi. Şu tufayli mamlakatimizda yoşlar hayotiga doir barça masalalar davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Yoşlarning ijtimoiy-maʼnaviy hamda siyosiy-ijtimoiy jihatdan faolligini oşiriş, ularning tölaqonli bilim olişlari, fan asoslarini çuqur egallaşlari, özlari xohlagan kasb-hunar yönalişi böyiça tahsil olib, hayotga faol aralaşuvini taʼminlaş maqsadida keng qamrovli imkoniyatlar yaratib berilgan.
Bugungi kunda örta umumtaʼlim maktablarini tugatgan yoşlarning barçasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga, uzluksiz taʼlimning keyingi bosqiçiga töliq qamrab olingan. Öquvçi-yoşlarning taʼlim-tarbiya olişlari uçun bu öquv maskanlarida barça zarur şart-şaroitlar mavjud. Ayniqsa, öquvçi-yoşlarning darsdan böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini taʼminlaş maqsadida turli xil adabiy-badiiy tadbirlar, sport musobaqalari, har xil mavzudagi intellektual öyinlarning avval maktab, litsey va kollejlarda, keyinçalik hududiy va tuman bosqiçlarida ötkazilişi, yoşlarimiz örtasida yangi-yangi iqtidor va qobiliyat sohiblarini kaşf etiş imkonini bermoqda.
Hozirgi globallaşuv jarayonida yoşlar bilan işlaşiş, ularning intilişlarini öz vaqtida qöllab-quvvatlaş, fikrlarini tinglab, yöl-yöriq va maslahatlar beriş har birimizdan katta kuç va bilim talab qiladi. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablaridagi "Kamalak” bolalar va ösmirlar taşkilotlari yetakçilari bilan "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilotlari rahbarlarining hamkorlikdagi işlari yoşlar hayotiga oid köpdan-köp muammolarni hal etiş imkonini beradi. Çunki bugungi ösmir ertaga kollej va litsey öquvçisiga aylanadi. Şu bois, ayniqsa, "Kamalak” bolalar va ösmirlar taşkiloti yetakçilari öquvçi-yoşlarning kasb tanlaşlarida, özlari tanlagan kasb yönalişlari böyiça taʼlimning keyingi bosqiçiga yöllanma olişlarida eng yaqin maslahatgöy bölmoqlari lozim. Öquvçi-yoşlarni biron bir kasbga yönaltirişda ularning orzu initilişlariga eʼtiborli böliş talab etiladi. Bunda maktablarda turli xil tögaraklar faoliyati muhim örin tutadi. Tögaraklardagi maşğulotlar öquvçi-yoşlarning va ösmirlarning qiziqişlari hamda iqtidorini yuzaga çiqarişda eng muhim vosita hisoblanadi. Alohida qobiliyatli ösmir-yoşlarni har xil maqsadli tadbirlarga jalb etiş, bellaşuvlarga tayyorlaş, ularning iqtidorini munosib rağbatlantirib boriş – har bir tögarak rahbari, qolaversa, "Kamalak” yetakçilari va "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilotlari rahbarlarining masʼuliyatli vazifasidir.
Maktablar, akademik litsey va kollej öquvçi-yoşlari örtasida giyohvandlik va uning oğir oqibatlari, huquqbuzarlikning oldini oliş, yoşlar örtasida "ommaviy madaniyat”ning har qanday körinişlariga qarşi kuraşiş, salomatlik – soğlom turmuş tarzi kabi mavzularda davlat hamda nodavlat notijorat taşkilotlari, şuningdekjamoatçilik tuzilmalari bilan hamkorlikda seminarlar, davra suhbatlari uyuştiriş, bunday uçraşuv-yiğilişlarida yoşlarning iştirokini taʼminlaş bugungi davr yoşlarining ijtimoiy faolligini oşirişda eng muhim omil hisoblanadi.
Demak, umumtaʼlim maktablaridagi "Kamalak” öquvçi-ösmirlar taşkilotlari hamda "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilotlari rahbarlari qoğoz qoralaş, iş stoliga yopişib ötirib har xil rasmiy xujjatlar tuzişdan amaliy faoliyatga ötmoği, hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanib, ösmir-yoşlar bilan hamnafas, hamqadam iş olib bormoqlari joiz.
"Kamalak” taşkiloti aʼzolari darsdan böş vaqtlarida nima bilan maşğul? "Kamolot” YoIH aʼzolari-çi? Ularning orasida bir-biriga loqayd va beparvo kayfiyatli yoşlar yöqmi? Ularning qiziqişlari qanday? Muammolari bölsa, yoşlar yetakçilari ularni hal qiliş uçun qanday tadbirlar, rejalar işlab çiqayotir?
Bugungi ösmir-yoşlar yetakçilari ana şunday savollarga öz amaliy faoliyatlari bilan javob bera oladigan bilim va salohiyatga ega bölmoqlari şart va zarur! Bu – davr, zamon talabi.
Mansur ÖROZBOYeV, "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi raisi.
(Foto - http://tanlov.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶