“YIL AYoLI” MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
2022-yil 27-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini ötkaziş töğrisida”gi Qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq jamiyat hayotida faol iştirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, gender tenglikni taʼminlaş borasida olib borilayotgan islohotlarni keng tarğib qiliş va jamoatçilikka yetkaziş maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi respublikamiz böylab ötkazilib kelinmoqda.
20-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabining majlislar zalida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Tanlovda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga munosib hissasini köşib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat böliş bilan birga özi faoliyat körsatayotgan taşkilot nufuzini oşirişda faol iştirok etayotgan turli soha egalari bölgan ayollar qatnaşdi.
Prezidentimiz “Maʼrifatli jamiyatni maʼrifatli onalarsiz qurib bölmaydi!” ğoyasini ilgari surar ekan, ayollarning nainki oila va jamiyatdagi, balki Vatan va millat taqdiridagi örni beqiyos ekanini ham alohida taʼkidlaydi. Turli jabhalarda faollik körsatayotgan fidoyi xotin-qizlarni aniqlaşda esa körik-tanlovlarning ahamiyati katta.
Keng jamoatçilik vakillari iştirokida ötkazilgan tadbir oçilişida söz olgan tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatdagi örni, roli va nufuzini oşirişga qaratilgan keng kölamli işlar olib borilayotganligini, qator loyiha va tanlovlar ötkazilayotganligini taʼkidladi.
Mazkur tanlovdan közlangan maqsad ham jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va işda barçaga örnak bölayotgan, davlat va jamoat işlarida faol xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ilğor tajribalarini ommalaştirişdan iborat ekani qayd qilindi.
Nizomga köra, tanlovda 35 yoşdan yuqori hamda öz faoliyati bilan kamida 5-yil mobaynida uzluksiz şuğullanib kelayotgan ayollar iştirok eta oladi. Tanlovning tuman bosqiçida 5 nafar iştirokçilar uçta şart böyiça bellaşdilar hamda ularning bilim va mahoratlari 5 balli tizim asosida baholandi. Yakunda umumiy natijalar böyiça Nazarxon ovulidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining kutubxonaçisi Tazaxon Qidirniyazova birinçi örinni egallab, tunlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Bundan taşqari, Mohira Sobirova, Anbarjon Salayevalar “Yilning eng jonkuyar ustozi”, Nodira Tajimuratova “Öz kasbining ustasi bölgan yil ayoli”, Qanigul Aytboyeva esa “Yilning eng yaxşi ijodkor ayoli” nominatsiyalari böyiça ğolib böldilar.
Tanlov ğoliblariga va iştirokçilarga taşkilotçilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶