21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:08
Adabiyot 👁 298

«YoSh KITOBXON» TANLOVINING TUMAN GʻOLIBLARI ANIQLANDI

«YoSh KITOBXON» TANLOVINING TUMAN GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida anʼnaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi tobora keng qamrov kasb etmoqda. 3ta yosh toifasida, 5 bosqichda oʻtkaziladigan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir doirasida ayni paytga qadar 3,6 million nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishib, ulardan 14 nafari tanlovning mutlaq gʻoliblari boʻlishdi va Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomobillari bilan mukofotlandilar.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, 5ta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish orqali ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan mazkur tanlov yil sayin koʻproq yoshlarni jalb qilmoqda.

Diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy tsivilazatsiyaga, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish va targʻib etish, yoshlarimizni oʻzlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Respublika miqyosida tashkillashtirilayotgan “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi har yili yuksak iqtidor egalari boʻlgan bilimdon yoshlarni kashf etmoqda.

Amudaryo tumanida ham har yili “Yosh kitobxon” tanlovi yuksak uyushqoqlik bilan, koʻtarinki ruhda oʻtkaziladi. Tanlov ishtirokchilari orasida Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomobili sovrindorlarining ham borligi amudaryolik yoshlarning intillektual salohiyati yuksakligidan dalolatdir.

Joriy yilning 27-oktyabr sanasida boʻlib oʻtgan “Yosh kitobxon” tanlovining Amudaryo tuman bosqichi ham maʼnaviyatga oshno, axloqan yetuk, bilimdon yoshlar safi tobora oshib borayotganining amaliy isboti sifatida eʼtirof etildi. Unda 3ta yosh toifasidagi, yaʼni, 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifalaridagi tanlovning hududiy bosqichlari gʻoliblari boʻlgan 36 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.

Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida oʻtkazilgan tanlovning adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tuman boʻlimi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʻlimi masʼullari rahbarligida nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan tanlov Nizomiga muvofiq kitobxonlar bilimi odilona baholab borildi.

Tanlov Nizomiga koʻra, ishtirokchilar 4ta savolga tezkor javob berishlari talab etildi va savollar bilet tanlash orqali tanlab olindi, javob berish uchun esa 2 daqiqa vaqt ajratildi. Ishtirokchilarning bilimdonlik saviyasi 100 ballgacha boʻlgan baholash tizimi orqali baholab borildi.

Hayajonli daqiqalarga boy, qiziqarli savol-javoblar asosida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining Amudaryo tuman bosqichi yakunlariga koʻra, 10-14 yoshli kitobxonlar orasida Charosxon Safarboyeva, 15-19 yosh toifasida Sveta Xudoyorova, 15-19 yosh toifasida Omongul Joʻlliboyevalar yuqori ball toʻplab, “Yosh kitobxon” tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026