21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:09
Jamiyat 👁 282

EL XIZMATIDAGI NURONIY OTAXON

EL XIZMATIDAGI NURONIY OTAXON

Yurtimizda xonadonlar fayzi, farishtasi boʻlgan nuroniy otaxon va onaxonlarga alohida hurmat koʻrsatish, eʼzozlash ham millatimizga xos boʻlgan qadriyatlardan biri sanaladi. Darhaqiqat, yoshi ulugʻ insonlar bor boʻlgan uyning fayz-u barakasi ham boshqacha boʻladi. Ular farzandlar va nabiralarning nafaqat duogoʻyi, balki eng yaqin maslahatchisi, oʻz hayotiy tajribalari asosida toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchilardir.

Shu bois keksa avlod vakillarini ulugʻlash, ularning tajribasiga tayanish oilalarimizdagi kabi jamiyatda ham oʻz ifodasini topmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan, inson manfaatlari ustuvor davlatimiz siyosatida yoshi ulugʻ insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, turmush darajasini oshirish eng muhim ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham “Keksalar – xonadonlarimiz fayzi va farishtasi” shiori ostida keksalarni eʼzozlash, ularning pand-nasihatlarini yoshlarga yetkazish orqali jamiyatda oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirish borasida tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar muntazam ravishda tumandagi ommaviy axborot vositalarida yoritib borilmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tumani “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi boʻlib faoliyat koʻrsatib kelayotgan Bekman ota Allaberganov ham bu borada ibratga loyiq, arzigulik ishlar amalga oshirmoqda. Otaxon uzoq yillar taʼlim tizimida va boshqa sohalarda fidoyilik bilan mehnat qilib, nafaqaga chiqqan boʻlishiga qaramasdan oʻzini ezgu va xayrli ishlarga baxshida etib kelmoqda.

 Bekman otani nafaqat tumanimizda, balki butun qoraqalpoq elida faol nuroniy sifatida juda yaxshi tanishadi. Ota doim xalq orasida, pand-nasihatlari, oʻgit va maslahatlari bilan hammani ezgu ishlarga daʼvat qilib kelmoqda. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga juda eʼtiborli, ularning yurt kelajagiga munosib, komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun astoydil jon kuydiradi. Hali-hamon xalq xizmatida yurgan Bekman Allaberganovning Amudaryo televideniyesidagi “Odoblar xazinasi” mualliflik koʻrsatuvi va xalqimizga xos boʻlgan milliy-maʼnaviy qadriyatlarni avaylab-asrashga qaratilgan davra suhbatlari, tadbirlarini har doim xalqimiz sevib qarshi oladi. Bugungi kunda uning ishtirokidagi tarbiyaviy koʻrsatuvlarning muxlislari juda koʻp.

Hozirgi kunda Toshyop ovulida yashayotgan Bekman Allaberganov 1947-yilda tugʻilgan. U 1963-1968-yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlab, uzoq yillar 16-sonli va 5-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi-yoshlarga fizika-matematika fanlaridan saboq berdi. Tashabbuskor, xalq hayotiga doir muammolar yechimini topishdagi oʻziga xos fikrga ega boʻlgan Bekman Allaberganov tuman rahbariyatining nazariga tushib, 1987-1995-yillarda Xalq deputatlari Amir Temur nomli ovul Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari vazifasiga qoʻyildi. Keyinchalik bir necha yil tadbirkor sifatida faoliyat yuritgan Bekman Allaberganov 1999-2003-yillar oraligʻida Amir Temur nomli ovul mahalla posboni sardori, 2003-2008-yillarda esa mazkur fuqarolar yigʻini raisi vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.

Xalqqa fidokorona xizmat qilgan otaxon nafaqaga chiqqanidan keyin 2014-2017-yillarda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi, 2017-2020-yillarda esa Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi vazifalarida ishladi. Shu davrlar ichida qanchadan-qancha ezgu ishlarga kamarbasta boʻldi, oilaviy nizolar, ajrashishlarning oldi olinishiga, yoshlarning odob-axloqli, yetuk insonlar boʻlib kamolga yetishlariga hissa qoʻshdi, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashdi.

El-yurt fidoyisi Bekman ota haliga qadar tinib-tinchimaydi. Goh u mahallada, goh bu ovulda fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari bilan uchrashadi. Ularga boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, maslahatlar beradi, yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi. Xonadonlarga kirib borib, oʻzi kabi nuroniylarning suhbatidan bahramand boʻladi, yangi oila qurgan yoshlarga esa pand-nasihatlar berib, inoqlikda umr kechirishga, mustahkam oila qoʻrgʻonini bunyod etishga chaqiradi.

Bugun faqatgina oilaviy hayotda emas, balki turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ham moʻʼtabar keksalarimizning ulkan xizmatlari bor. Bekman ota Allaberganov kabi tabarruk insonlar, duogoʻylarimizning erta-yu kech tillaridan tushmaydigan duo-yu tilaklari bois, yurtimizda tinchlik barqaror, xonadonlarda chiroyli toʻylar boʻlmoqda.

Keksalari eʼzoz topgan yurtning kelajagi ham obod boʻladi deyishadi. Elimiz fayzi, farishtasi boʻlgan ana shunday nuroniylarimiz eʼzoz va hurmatda boʻlib, uzoq hayot kechirsin.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026