22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 13:48
Jamiyat 👁 359

Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasiga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda

Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasiga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda

8-9-noyabr kunlari Amudaryo tumanida “Boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funktsional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlari” mavzusida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv mashgʻulotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlashga qaratilgan vazifalarni oʻz vaqtida, kechiktirmasdan amalga oshirish, qutqaruv-qoʻriqlash harakatlarini bexato olib borish, zarur holatlarda fuqaro evakuatsiyasini tashkil etish, jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha soha masʼullari batafsil maʼlumot va tushunchalar berishdir.

8-noyabr kuni tumandagi 82-sonli maktabda “Yigʻin” signali boʻyicha favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tuman boʻgʻini xizmatlari bilan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlashga qaratilgan vazifalarni oʻz vaqtida, kechiktirmasdan amalga oshirish, qutqaruv-qoʻriqlash harakatlarini bexato olib borish, zarur holatlarda fuqaro evakuatsiyasini tashkil etish, jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga sohalar masʼullari batafsil maʼlumot va tushunchalar berdi.

Olmazor mahallasi hududida joylashgan markaziy oʻyingohda tuman mexanizatsiyalashgan yigʻma komandasi va favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining saf koʻrigi boʻlib oʻtdi. Koʻrik davomida masʼullar ishtirokchilarni oʻquv mashgʻulotiga jalb qilingan texnikalar bilan tanishtirib chiqdilar. Shuningdek, ishtirokchilarning oʻquv mashqiga tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlarda maxsus texnika va jihozlardan foydalanish boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Oʻquv mashqi davomida Beruniy mahallasi hududidagi “Mangʻit savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yongʻin kelib chiqishini bartaraf etish harakatlari boʻyicha ham maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida yongʻin paytida odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, yongʻinlarni samarali oʻchirish tartibi, shuningdek, yongʻinga qarshi himoya vositalari joylashgan joylarni belgilash, yongʻin chiqqanda zudlik bilan «101» telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga xabar berish, odamlarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish choralarini koʻrish, imkon qadar mavjud yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan yongʻinni oʻchirish choralarini koʻrish kerakligi jonli misollar yordamida tushuntirib berildi.

Shundan keyin Toshyop ovulidagi 51-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishchi-xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarga yongʻin oʻchirish texnik asbob-anjomlari toʻgʻrisida tushunchalar berish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Dastlab tashkilot tarbiyalanuvchilari va xodimlariga yongʻin kelib chiqishi sabablari, nima uchun baʼzi buyum va moddalar tez yonuvchi yoki portlash xavfi yuqori ekanligi, nosoz gaz va elektr jihozlari nima uchun xavfli ekanligi haqida maʼlumotlar berildi. Soʻngra bolalarga maxsus texnika va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari koʻrgazmasi oʻtkazildi. Koʻrgazmada tarbiyalanuvchilarga oʻt oʻchirish moslamasidan toʻgʻri foydalanish, oʻt oʻchirish avtomashinasining ishlashi hamda oʻt oʻchiruvchilarning himoya kiyimlari nimadan iborat ekanligi namoyish etildi. Bundan tashqari, yongʻin sodir boʻlganida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi.

Oʻquv mashqi doirasida Chordara mahallasidagi 36-sonli maktabda koʻchiriladigan aholini yigʻish va maktabda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda harakatlanishi boʻyicha ham mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mashgʻulotlar davomida koʻchiriladigan aholini yigʻish, aholi va moddiy boyliklarni xavfsiz koʻchirish tartibi amaliy mashqlar yordamida koʻrsatib berildi.

Shuningdek, oʻquv mashqi davomida suv toshqini sababli yuzaga kelgan vayronalar, sanitariya-epidemiologik halokatlar oqibatlarini bartaraf etish, qutqaruv va tiklash ishlarini amalga oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi maxsus-taktik oʻquv mashqlari ham oʻtkazildi.

Olmazor mahallasidagi markaziy oʻyingohda esa koʻchib kelgan aholini qabul qilish jarayonlari tashkil etildi. Ushbu jarayonda aholini tartib bilan qabul qilish va maxsus oʻrinlarga joylashtirish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, kundalik oziq-ovqat va gigiyena vositalari bilan taʼminlash tartibi ham koʻrgazmali tarzda namoyish etildi.

Tuman hududidagi oʻrmonzorlarda yongʻin kelib chiqishini bartaraf etish harakatlari boʻyicha soha vakillari uchun maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligiga qarashli oʻrmonzorda boʻlib oʻtdi. Tadbirda oʻrmonda yongʻinga qarshi oraliq joylar, yoʻllar, yongʻinga qarshi minerallashtirilgan himoya polosalari, zovurlar, suv havzalarini qurishga eʼtibor qaratish, oʻrmonlarni yogʻoch qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalash hamda oʻrmonlarning yongʻin xavfsizligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni mantazam ravishda oʻtkazish lozimligi qayd qilindi.

Shu kuni tumanning Qangli ovuli hududida Amudaryo daryosining qirgʻoqlarini mustahkamlash mavzusida ham maxsus taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Oʻquv mashqi davomida daryolar oʻzanlarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibi haqida tushunchalar berilib, maxsus himoyalash inshootlarini qurish, gidrotexnika inshootlari, koʻpriklar va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy obʼektlarni himoyalash boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilab olindi.

9-noyabr kuni ham qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlari davom ettirildi. Dastlab tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman evakuatsiya, epidemiyaga, toshqinga qarshi kurash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish komissiyalari aʼzolari, iqtisodiyot obʼektlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash komissiyasi aʼzolari, tuman hududida joylashgan barcha muassasalar, korxonalar va tashkilotlar masʼullari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda oʻquv mashqining maqsadlari haqida batafsil maʼlumotlar berilib, favqulodda vaziyatlarda har bir muassasa, korxona va tashkilot masʼullarining ish tartibi yana bir bora koʻzdan kechirildi.

Soʻngra Chordara mahallasi hududidagi eski maydonda yer silkinishi oqibatida yuzaga kelgan vayronalarni tozalash, uyumlarni olib tashlash, jabrlanganlarni qutqarish va birinchi tibbiy yordam hamda avariya tiklash ishlarini olib borish borish boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida aholiga yer silkinishi jarayonida harakatlanish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, yongʻinni oʻchirish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berilib, ish tartibi amaliy mashgʻulotlar orqali koʻrsatib berildi.

Oʻquv mashqi davomida obʼektda halokatli hodisalar sodir boʻlganda harakatlar rejasi ham koʻrikdan oʻtkazildi. Jumladan, favqulodda holat sodir boʻlib, elektr toki urganda jabrlanganlarga yordam berish, tuman Yongʻin-qutqaruv qismlarining hamda Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining jabrlanganlarni qutqarishi va birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi masʼullar ishtirokida tekshiruvdan oʻtkazildi.

Shundan keyin Olmazor mahallasidagi markaziy oʻyingohda yer silkinishi jarayonida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish mashgʻulotlari koʻrsatildi.

Aytish joizki, tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi bu – yer silkinishidir. Yer silkinishi – yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi boʻlib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer silkinishi keltiradigan talofot inshootning turiga, konstruktsiyasiga, qurilish maydonlarining muhandis-geologik sharoitiga ham bogʻliqdir.

Mashgʻulotlar davomida aholiga zilzila haqida xabar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi, zilzila haqida oldindan xabar berilsa, uyni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitgich asboblarini oʻchirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib koʻchaga chiqishlari kerakligi uqtirildi. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u holda deraza va eshik oraliqlariga yoki koʻtaruvchi ustunlar tagiga turib olish, dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan tezda tashqariga chiqish kerakligi taʼkidlandi.

Oʻquv mashqi davomida shuningdek Olmazor mahallasining Islomobod koʻchasidagi 8-uyda aholining is gazidan zaharlanishining oldini olish hamda yongʻin kelib chiqqan vaziyatda yongʻin oʻchirish vositalari bilan falokat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ham taktik mashqlar ham olib borildi.

Qatʼiy intizom va belgilangan qonun-qoidalar asosida oʻtkazilgan taktik-oʻquv mashgʻulotlarining soʻnggi bosqichida “Taxiatosh neft bazasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Qaratov filialida ham oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Koʻrgazmali oʻquv mashgʻulotda nazariy va amaliy qismlari orqali ishtirokchilar Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlash, obʼekt fuqaro muhofazasi boʻyicha masʼulning asosiy vazifalari, bu vazifalarni amalga oshirish jaaryonida qanday moliyaviy manbalardan foydalanishlari, shuningdek, koʻrsatib berilgan koʻrgazmali maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari orqali fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish, qutqaruv ishlarini olib borish hamda mazkur jarayonda ishtirok etadigan texnika vositalaridan unumli foydalanish boʻyicha toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar.

Shuningdek, tuman hokimligi majlislar zalida qoʻmondonlik-oʻquv mashqi yakunlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Unda taktik-oʻquv mashgʻuloti kuzatuvchilari tomonidan ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari toʻgʻrisida zarur tavsiyalar ham berildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026