21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:05
Salomatlik 👁 273

Dardlarga davo izlab

Dardlarga davo izlab

Shuhrat bolalikdan shifokor boʻlishni orzu qilardi. Eng zoʻr mutaxassis boʻlishni, ota-onasi shaʼniga eng yaxshi soʻzlar aytilishini istardi. Bu orzu-istaklar uni qunt bilan ilm olishga undadi. Bor bilimini va mahoratini ishga solib, 2-sonli Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Tibbiyot akademiyasi) talabasi boʻldi. Oliy taʼlim dargohida ham qunt bilan oʻqidi. 1997-yilda mutaxassislik diplomini olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy shifoxonasining urologiya boʻlimida internatura oʻtadi.

Shundan soʻng, 1998-yilda oʻzi tugʻilib oʻsgan Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli Markaziy poliklinikasiga urolog-shifokor boʻlib ishga keldi. Mana qariyb 25-yildirki, shu dargohda el dardiga darmon boʻlib kelmoqda.

Egniga oq xalat kiyib, qasamyod qilganidan buyon turli yoshdagi bemorlarni davolab kelmoqda. Uning huzuriga turli urologik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar kelishadi. Ular orasida yillab farzand koʻrmaganlar ham bor. Shuhrat Allohning inoyati bilan bunday bemorlarning ham shifo topishiga yordam koʻrsatib kelmoqda. Uning koʻmagida yuzlab oilalar farzandli boʻlib, xonadonlari quvonchga toʻldi.

Shuhrat muntazam izlanishda. Oʻz ustida ishlab, sohadagi yangiliklarni faoliyatiga tatbiq qiladi. Shu maqsadda bir necha bor Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida malaka oshirdi.

Qoʻli yengil shifokor birinchi marta Yendir ota Idrisovda jarrohlik amaliyotini oʻtkazgandi. Hozir bobo 90 yoshdan oshdi.

– Tibbiyotning rivojlanishi natijasida faoliyatimizga yangi-yangi davolash uslublarini joriy qilayapmiz, – deydi Shuhrat. – Har yili 200ga yaqin jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazaman. Bir paytlari respublika markazida bajarilgan amaliyotlarni endi tumanimizda ham oʻtkazib, bemorlarning ortiqcha ovora va chiqimdor boʻlishining oldini olayapmiz. Ularning darddan forigʻ boʻlib, oyoqqa turib ketishlariga koʻmaklashamiz.

Shirinsuxan, bilimdon, iqtidorli, qoʻli yengil bu shifokorni izlab, hatto Rossiya, Qozogʻistondan kelganlar bor. U juda kamtar, barchaga birdek muomala qiladi, qoʻlidan kelgan yordamini ayamaydi. Hamkasblari, shogirdlari ham koʻp masalalarda Shuhrat bilan maslahatlashishadi.

Shifokor  Shuhrat Jumaniyozov har kuni oʻnlab insonlarni qabul qilib, shirin muomalasi bilan ularning darddan forigʻ boʻlishiga koʻmaklashadi. Oʻzi orzu qilganidek, har kuni “Otangga rahmat”, “Qoʻlingiz dard koʻrmasin”, “Umringizdan baraka toping” kabi duolar oladi. Biz ham el suygan shifokorga kasbingizdan kamol toping, deb qolamiz.

Norboy TOʻRABOYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026