ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI TAʼMINLAŞ – KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR
Mamlakatimizda aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, maʼnan yetuk, jismonan soğlom yoş avlodni voyaga yetkaziş alohida eʼtibordagi, davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi. Ayniqsa, onalar va bolalar soğliğini muhofaza etişga, soğlom bola tuğilişi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazişga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Amudaryo tumanidagi tibbiyot tizimida ham xizmatlar sifati va qulayligini yanada yaxşilaş, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilişni kuçaytiriş, soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş borasida belgilab berilgan vazifalar izçil amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda aholiga tibbiy xizmat körsatilayotgan tuman Tibbiyot birlaşmasining tuğruq kompleksi 95-öringa möljallangan. Kompleksning tuğruq bölimi 60-örin, homiladorlar patologiyasi bölimi 35-örindan iborat. Muassasada 5ta tuğruq zali, 2ta operatsiya xonasi mavjud. Har bir palata 4-örinli.
Tuğruq kompleksida ayni paytda 1 nafar bölim mudirasi va navbatçi akuşer-ginekologlar, 10 nafar şifokor xizmat körsatadi. Şifokorlarning 9 nafari oliy toifali, 1 nafari 1-toifali, 1 nafari 2-toifali. Şuningdek, 152 nafar örta tibbiyot xodimlari, 52 nafar kiçik tibbiyot xodimlari, jami 225 nafar tibbiy xodimlar onalar va çaqaloqlar salomatligiga masʼul.
Tuğruq bölimida joriy yilning 10 oyi davomida qabul qiliş rejasi 2740ta bölib, amalda 4098 nafar homilador ayollarga tibbiy xizmat körsatildi. Bölimda homilador, tuğadigan va tuqqan ayollar uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan.
Aholi va tuğruqlar sonining tabiiy köpayayotgani yangidan zamon talablariga mos tuğruqxona kompleksini quriş zaruratini keltirib çiqardi. Bu masala Prezidentimizga Qoraqalpoğistonga taşrifi davomida yetkazilganidan söng, taklif eʼtiborga olinib, tegişli dasturga kiritildi.
Şundan söng, Tibbiyot birlaşmasida yangi – qiymati 14,4 mlrd. sömga teng bölgan 90-örinli 4 qavatli tuğruq kompleksi zamonaviy loyihasi tasdiqlandi va quriliş işlari boşlab yuborildi. Hozirgi vaqtda davom etayotgan quriliş işlari “Temir beton” MÇJ tomonidan olib borilmoqda. Uşbu obʼekt uçun 14,4 mlrd. söm mablağ ajratilib, zamonaviy körinişdagi bino qad rostladi. Katta hajmda olib borilgan quriliş işlari davomida uşbu binoda barça şart-şaroitlar yaratildi.
Endilikda yangi majmuada ayollarni tuğruqqa tayyorlaş, kutilmagan homiladorlikning oldini oliş borasida malakali şifokorlar maslahatxonalari, homiladorlarni qabul qiliş, alohida körik, boğlov xonalari taşkil etiladi. Eng asosiysi, dunyoga yangi kelgan çaqaloqlarni parvarişlaş, soğliğini qatʼiy nazorat ostiga oliş, zarur hollarda kerakli muolajalarni ötkaziş uçun yanada yaxşi şaroitlar, imkoniyatlar yaratiladi. Şuningdek, yangi loyiha asosida qurilgan mazkur zamonaviy imoratdagi isitiş va sovutiş tarmoqlari ilğor texnologiyalar asosida takomillaştirilib, eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
Tumanimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, körsatilayotgan perinatal xizmatlar sifati va samaradorligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan bu kabi keng kölamli işlar tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi. Onalar soğligiga ğamxörlik körsatib kelayotgan, ertamiz egalarining soğlom tuğilişiga masʼul bölgan tibbiyot xodimlariga kasb bayrami muborak bölsin!
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶