21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:24
Sport 👁 359

OʻQUVChILAR OʻRTASIDA SPORT SINOVLARI OʻTKAZILDI

OʻQUVChILAR OʻRTASIDA SPORT SINOVLARI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish hamda ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va ragʻbatlantirish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Prezident Qaroriga koʻra 2021-yil 1-avgustdan boshlab aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etilgan edi.

Aholining barcha qatlamlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirishda hamda zararli odatlardan himoya qilishda, ushbu qaror muhim ahamiyatga ega. Yoshlarda iroda, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda mardlik, jasorat, Vatanga muhabbat tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar, yaʼni baholash tizimi boʻyicha sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.

Sport sinovlari pogʻona va murakkablik darajasidan kelib chiqib, 15 turdagi mashqlardan iborat boʻladi. Ular uzoq va qisqa masofalarga yugurish, suzish, turnikda tortilish, anjomlarni uloqtirish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sport sinovlarini oʻtkazish tadbirlari Amudaryo tumanida ham olib borilayapti.

17-noyabr kuni tumandagi 33- va 40-sonli maktablarining 9-, 11-sinflari oʻquvchilari orasida yosh toifalariga qarab, 7 xil mashqlarni bajarish boʻyicha ana shunday sinovlar oʻtkazildi. Tadbirlar tuman sport maktab trenerlari tomonidan belgilangan mezonlar asosida oʻtkazildi. Sport sinovlarini namunali oʻtkazishda mazkur maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari ham faollik bilan harakat qildilar.

Sport sinovlari davomida oʻquvchilar belgilangan sport normativlarini qunt bilan va bekamu koʻst ado etishga harakat qildilar va jismoniy tayyorgarligini namoyish qildilar.

Sport – sogʻliq garovi ekinligi, jismoniy faollik, sport bilan muntazam shugʻullanish sogʻlom va uzoq yashashga zamin boʻlishi barchaga maʼlum. Aholi orasida sportni ommalashtirish, jismoniy faol hayot kechirishga daʼvat etish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi saʼy-harakatlardan koʻzlangan maqsad ham odamlarning uzoq va sogʻlom hayot kechirishiga erishishdir.

Kelgusi yilda bu boradagi tadbirlar yana davom ettiriladi va respublikamizning 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan va undan ham katta aholisining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida ular orasida sport sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bunda eng avvalo maktablar oʻquvchilari sinovga qamrab olinadi. Shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalarda ishlaydigan xodimlar, keyinchalik uy mehnati bilan shugʻullanuvchilar, pensionerlarning ham sport sinovlari orqali jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi. Bundan koʻzlangan maqsad esa aholini, ayniqsa yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish orqali sogʻlom va baxtiyor yashashiga erishishdir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026