ÇET TILLARNI ÖRGANIŞDA YaNA BIR QADAM
Bugungi kunda Respublikamizda çet tillarini örganişga qaratilgan eʼtibor tobora oşib bormoqda. Joriy yilning yanvar oyida Toşkent şahridagi A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI da taşkil etilgan ingliz tili trener-öqituvçilarini öqitiş kurslarida maxsus öquv-reja dasturiga muvofiq "Çet tili öqituvçilarining kasbiy mahoratini oşiriş böyiça har haftalik kurslarni ötkaziş tartibi töğrisida nizom” talablari asosida öquv-seminari ötkazildi. Uşbu seminarning öquv reja-dasturi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan işlab çiqildi. Uşbu dastur xorijiy til trener-öqituvçilarining kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratini rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş hamda umumtaʼlim maktablarida çet tillarini öqitişda zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalaniş böyiça bilim, könikma va malakalarini takomillaştirişni maqsad qilgan.
Maʼlumki, Prezidentimizning yuqoridagi qarori ijrosini taʼminlaş jarayonida ingliz tilini biliş darajalarini aniqlaşda Yevropa standartlari darajalari (SEFR) boş körsatkiç qilib olingan edi. Unga köra Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan Özbekiston taʼlim standartlariga mos keluvçi ingliz tilini biliş darajalari işlab çiqildi.
Endilikda aynan ingliz tili öqituvçilaridan kutilayotgan natija esa mana şu biliş darajalarining munosibini egallaşgina bölib qolmoqda.
Mana şu talabdan kelib çiqib, A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI da taşkil etilgan 5 kunlik malaka oşiriş seminari özining birinçi bosqiçida bir qança viloyatlarga mezbonlik qildi. Jumladan, 26-30-yanvar kunlari taşkil etilgan darslarda Samarqand, Buxoro, Toşkent viloyati hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidan tanlangan trener-öqituvçilari iştirok etişdi.
Ular orasida nafaqat maʼlum yillik taʼlim mahoratiga ega bölgan öqituvçilar, balki endigina öqituvçilik faoliyatini boşlagan yoş mutaxassislar ham bor edi. Yoş kadrlar orasida özimning ham iştirok qilişim menda çeksiz mamnuniyat, şu bilan birgalikda ulkan masʼuliyat hissini uyğotdi.
Darslar davomida mahoratli trenerlar tomonidan seminardan közlangan maqsad böyiça tayyorlangan maʼruzalar taşkil qilindi. Bu biz uçun juda katta imkoniyat böldi. Bu imkoniyat yelkamizga bir qadar masʼuliyat ham yuklaydi. Şu bilan birga uluğ, kelajagi buyuk işlarga undaydi. Til örgatişdek masʼuliyatli kasbni özlariga şaraf deb bilgan ustozlarimizga ulkan zafarlar hamda mustahkam kuçğayrat, çet tillarni çin dildan örganişga bel boğlagan öquvçilarimizga esa sönmas ixlos tilayman.
Dilnoza QURBONOVA,
16-sonli
ixtisoslaştirilgan maktabning ingliz tili fani öqituvçisi.
(Foto - http://www.turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶