YuRTIMIZDA MAJBURIY MEHNAT TAʼQIQLANGAN VA UNGA YÖL QÖYILMAYDI
Har kim munosib mehnat qiliş, kasb va faoliyat turini erkin tanlaş, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat şaroitlarida işlaş, mehnati uçun heç qanday kamsitişlarsiz hamda mehnatga haq tölaşning belgilangan eng kam miqdoridan kam bölmagan tarzda adolatli haq oliş, şuningdek, işsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalaniş huquqiga ega.
Konstitutsiyaning 42-moddasidan.
Har bir inson hayoti davomida munosib mehnat qiliş, kasb tanlaş, erkin faoliyat olib borişni va albatta, xavfsiz, qulay mehnat şaroitlarida işlaşni xohlaydi. Bu borada mamlakatimizda kasb va faoliyat turini erkin tanlaş, işsizlikdan himoyalaniş kabi mehnatga oid qator huquqlar Boş Qomusimizda mustahkamlab qöyilgan.
Xususan, Konstitutsiyamizning 42-moddasida “Har kim munosib mehnat qiliş, kasb va faoliyat turini erkin tanlaş, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat şaroitlarida işlaş, mehnati uçun heç qanday kamsitişlarsiz hamda mehnatga haq tölaşning belgilangan eng kam miqdoridan kam bölmagan tarzda adolatli haq oliş, şuningdek, işsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalaniş huquqiga ega” ekanligi belgilab qöyilgan.
Şuningdek, Boş Qomusimizning 44-moddasida sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etiş tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boşqa hollardan taşqari majburiy mehnat taʼqiqlanişi qayd etilgan.
Xususan, mamlakatimizda majburiy mehnatga qarşi kuraşiş yölida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, sönggi yillarda, aytiş kerakki, majburiy mehnatning oldini oliş va unga töliq barham berişga doir aniq hamda amaliy çora-tadbirlar yölga qöyildi. Majburiy mehnatga, bolalar mehnatiga barham beriş, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlaşda sohaga doir qonunçilik asoslarini mustahkamlaş hamda qonunçilik bazasini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş alohida örin tutadi.
Darhaqiqat, mehnat huquqlari insonning hayoti davomidagi eng muhim huquqlaridan biridir. Davlatimizning Boş Qomusida insonni qadrlaş, uning mehnatga oid huquqlarini taʼminlaş borasida örin olgan normalar fuqarolarga qulaylik yaratişga, haq-huquqlari kamsitilişining oldini olişga xizmat qiladi.
Zebo XOlboyeva,
18-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶