22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 10:56
Jamiyat 👁 220

PIROTEXNIKA VOSITALARINING ZARARI XUSUSIDA PROFILAKTIK SUHBAT OʻTKAZILDI

PIROTEXNIKA VOSITALARINING ZARARI XUSUSIDA PROFILAKTIK SUHBAT OʻTKAZILDI

Yurtimizda yangi yil bayrami yaqinlashgani sari ayrim tadbirkorlar tomonidan bojxona nazorat-oʻtkazish punktlarini chetlab oʻtgan holda noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini olib kirish va ushbu vositalarning oldi-sotdisi bilan shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilayotgani bois, joylarda aynan shunday vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslik va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada IIBning jamoat xavfsizligi boʻlinmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan taʼlim-tarbiya muassasalarida, ovul va mahallalarda voyaga yetmagan oʻsmir yoshlar ishtirokida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlar, “Osoyishtalik saboqlari” mavzusidagi davra suhbatlari, “Davomat”, “Xavfsiz tun”, “Tigʻ” kabi nazorat tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy profilaktik tadbirlardan biri joriy yilning 13-dekabr sanasida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. Unda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi katta inspektori Behzod Allaberganov, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektor-psixologi, leytenant X.Safarboyev, Ichki ishlar boʻlimi jamoat xavfsizligi boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologi, kapitan D.Aminov, 38-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari va maktabning 5-, 6-sinflar oʻquvchilari ishtirok etishdi.

“Osoyishtalik saboqlari” mavzusidagi mazkur tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari N.Yusupova ochdi va Yangi yil bayrami arafasida voyaga yetmagan oʻsmir-yoshlar orasida pirotexnika vositalaridan oʻyin sifatida foydalanish holatlari uchrab turishi, buning natijasida koʻplab baxtsiz hodisalar yuz berishi haqida toʻxtalib, bunday holatlarning oldini olish har bir ota-onaning, oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlarning zimmasidagi masʼuliyatli vazifa ekanligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, maktab inspektor-psixologi, kapitan D.Aminov “Maktabda va maktabdan tashqarida voyaga yetmaganlarning xavfsizligini taʼminlash, ularning pirotexnika vositalari bilan oʻynashlariga yoʻl qoʻymaslik” mavzusida profilaktik suhbat oʻtkazdi. Suhbat jarayonida D.Aminov voyaga yetmaganlar va oʻsmir-yoshlar oʻrtasida Yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlari nazoratsizlik tufayli huquqbuzarlik holatlari sodir etilayotgani, ularda pirotexnik vositalariga qiziqish ortib borayotgani, natijada voyaga yetmaganlarning hayoti uchun xavfli hodisalar yuz berayotganini hayotiy misollar orqali soʻzlab berdi. Hatto voyaga yetmagan oʻsmir-yoshlarning aynan shunday vositalarni oʻyin quroliga aylantirishlari oqibatida koʻplab bolalar jiddiy jarohatlar olishi natijasida umrbod nogiron boʻlib qolayotganlari, ayrim oʻsmir-yoshlar esa baʼzi soxta tadbirkorlar vositachiligida pirotexnika vositalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanayotganlari, buning oqibatida uzrli sabablarsiz dars qoldirish holatlari ham sodir boʻlayotganini misollar tariqasida batafsil maʼlumotlar berdi.

Tadbir davomida Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor, psixologi, leytenant X.Safarboyev “mahalla – maktab – oila” hamkorligi bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirmaslik, oʻtkir tigʻli kesuvchi asboblar, pirotexnika vositalaridan maktabda va maktabdan tashqari vaqtlarda oʻyin vosita sifatida foydalanishlariga yoʻl qoʻymaslik, har qanday yoshdagi bolaning qoʻlida shu kabi narsalar paydo boʻlsa, uni, albatta, olib qoʻyish va xavfsizlik choralarini koʻrish zarurligini taʼkidladi.

Darvoqe, pirotexnika vositalari, ular qanday shaklda boʻlishdan qatʼiy nazar, nafaqat voyaga yetmaganlar, balki barcha yoshdagi insonlar hayoti uchun xavflidir. Bu haqda “Osoyishtalik saboqlari”mavzusidagi tadbirda atroflicha soʻz yuritilib, tadbir ishtirokchilari boʻlgan 5-6-sinflar oʻquvchilariga masʼullar tomonidan hayotiy misollar orqali zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, pirotexnika vositalarining inson salomatligi, hayoti uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi xususidagi videoroliklar namoyish etildi. Oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga masʼullar hayotiy misollar orqali tegishli javoblar berdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026