MEHR-MURUVVAT – OLIY QADRIYaT
Ayni kunlarda yurtimiz uzra bahor şukuhi kezib yuribdi. Navröz ajdodlarimizning yaratuvçanlik, yangilaniş bilan boğliq hayotbaxş ğoyalarini özida mujassam etgan betakror qadriyatlarimizdan biridir. Bu fusunkor şodiyona hamişa ezgulikni uluğlab, xalqimiz diliga bunyodkorlik, mehr-muruvvat, tinçlik, vatanparvarlik, möl hosil va qut-baraka tilaş ğoyasini jo etib kelmoqda.
Istiqlol yillarida xalqimizning Navröz bilan boğliq barça qadimiy qadriyatlari nafaqat asl qiyofasiga qaytdi, balki ularning mazmun-mohiyati yanada boyidi. Jumladan, köpkari, kuraş kabi milliy öyinlarimiz, arğimçoq uçiş, varrak uçiriş, qöçqor uriştiriş anʼanalari, folklor-etnografik jamoalarning çiqişlari, lapar, ölanlar aytiş, qöligul hunarmandlar yasagan rang-barang amaliy sanʼat namunalari, mahalla-köy obodligi, oilalar farovonligi, muhtoj kişilarga xayr-sahovat körsatiş bilan boğliq udumlarning yangiça talqinlari bu bayramga yanada özgaça fayz bağişlamoqda.
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boşqaruvining qarori bilan Navröz bayrami arafasida oila va jamiyatda uluğ yoşdagi odamlarning örni va obrösini oşiriş, yoş avlodda ota-onalarni va har bir keksa kişini çuqur hurmat qiliş, eʼzozlaş va ular töğrisida ğamxörlik qiliş tuyğusini şakllantiriş maqsadida "Mahallaning eng tinib-tinçimas keksalari” tanlovi tumanimizning 47 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida ötkazildi.
"Har kunimiz Navröz bölsin!” şiori ostida tuman markaziy öyingohida ötkaziladigan bayram tadbirida 47 ta "Mahallaning eng tinib-tinçimas keksalari”tanlovi ğoliblari eʼlon qilinadi va munosib taqdirlanadilar.
Bundan taşqari, Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolar yiğinlari hududidagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, yetim, nogiron va boquvçisini yöqotganlar, köp bolali onalar istiqomat qilayotgan jami 250 nafardan ortiq oilalarga "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi tomonidan 3 million 250 ming sömlik muruvvat va sahovat yordamlari körsatildi.
Bunday insonparvarlik, sahovatpeşalik yordamlari tumanimiz mahalla fuqarolar yiğinlari va homiy taşkilotlar tomonidan ham amalga oşiriladi. Zero, mehr-muruvvat, sahovat xalqimizning oliy qadriyatlaridandir.
Gavhar ÇIMBOYÇIYeVA, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶