22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 10:55
Jamiyat 👁 250

Is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 19-sentyabr kungi hamda Amudaryo tumani hokimining 2023-yil 22-sentyabr kungi yigʻilish bayonlariga muvofiq tuman hududida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Navbatdagi shu kabi tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi mutasaddilari hamda fuqarolar yigʻinlari masʼullari ishtirok etdilar. Mutasaddilar tumanimiz ovul va mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida ayni qishning sovuq kunlarida tabiiy gazda va elektr energiyasida ishlovchi isitish vositalaridan qay tarzda foydalanilayotganini koʻzdan kechirdilar.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosi oldida oʻtkazilgan saf koʻrigi davomida soha masʼullariga profilaktik koʻriklardan koʻzlangan maqsad, koʻriklarni amalga oshirish tartibi va zarur hollarda koʻrilishi lozim boʻlgan choralar haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi soʻzga chiqib, qish mavsumida havoning keskin sovib ketishi oqibatida insonlar hayoti xavfsizligini taʼminlash va is gazidan zaharlanishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish muhim masalalardan biri ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Tuman hokimligida kuz-qish mavsumini talofatsiz oʻtkazish maqsadida  tashkil qilingan shtabga tashrif chogʻida shtab aʼzolari va ishchi guruh tarkibi bilan suhbatlar oʻtkazilib, zarur tushunchalar berildi.

Mutasaddilar Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametovning qabulida ham boʻlib, tumanda qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda hodisalarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida suhbatlashdilar.

Tumanimiz hududida kuz-qish mavsumini betafolat oʻtkazish hamda aholining is gazidan zaharlanishi kabi sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha oʻtkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlarning ahamiyati juda katta.

Bu galgi tadbir davomida ham tabiiy gazning toʻliq yonmasligi, bexosdan uzilib qolishi, xona ichida toʻplanishi, yoqib qarovsiz qoldirilishi, uskunalarni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash, yongʻin hamda tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlari kabi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi haqida masʼullar tomonidan aholiga keng tushunchalar berildi.

Shuningdek, masʼullar bunday holatlar hatto insonlarning turli xil darajadagi tan jarohati olishi yoki oʻlimi bilan yakunlanayotganligi haqida hayotiy misollar keltirdilar.

Mazkur profilaktik tadbir davomida maxsus ishchi guruh tomonidan tumanimizning Navoiy, Chordara, Boʻston va Oybek mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 532ta aholi xonadonlari oʻrganilib chiqildi. Oʻrganishlar davomida mutasaddilar tomonidan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham sovgʻa qilindi.

Tegishli masʼullarga aholi xonadonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berilib, xonadonlarni isitish maqsadida turli xil nostandart vositalardan foydalanmaslik, isitish va gaz uskunalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Profilaktik tadbirlar yakunida ijtimoiy soha obʼektlari, ayniqsa, maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida hamda aholi xonadonlarida yongʻinga qarshi profilaktika ishlarini oʻtkazish, ularning tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish choralarini koʻrish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026