22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 10:56
Jamiyat 👁 475

Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugungi kun yoshlari har tomonlama salohiyatga va iqtidorga ega ekanliklarini barcha jabhalardagi yutuqlari bilan amalda isbotlamoqdalar. Turli soha va yoʻnalishlarda yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan oʻgʻil-qizlarning muvafaqqiyati soʻzimizga yaqqol isbot boʻla oladi.

Ammo, yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga qaramasdan turli muammo va toʻsiqlarga duch kelayotgan, oʻz qiziqishi boʻyicha kasb yoki hunar egallasa-da, iqtidorini namoyon qila olmayotgan yoshlar soni ham kam emas. Ana shunday yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalasi esa Amudaryo tumanining turli hududlarida jadval asosida oʻtkazilayotgan hokim va yoshlar uchrashuvlari orqali hal qilinmoqda.

21-dekabr kuni tuman Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida navbatdagi hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ochiq muloqoqt tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, tuman, respublika miqyosida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchi yoshlar, koʻplab natijalarga erishgan maktab oʻquvchilari, ovul va mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ovul va mahallalardagi ishsiz yoshlarga oʻz mehnat faoliyatlarini boshlashlari uchun subsidiya asosida mehnat qurollarini topshirildi.

Shundan soʻng, tuman va respublika miqyosida turli musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelayotgan sportchi yoshlar hamda koʻplab natijalarga erishgan maktab oʻquvchilariga diplom va qimmatbaholi sovgʻalar topshirildi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan barcha qaror va farmonlar negizida Vatan kelajagini oʻz taqdirida koʻruvchi fidoiy yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishdek ezgu maqsadlar majassam ekanini taʼkidladi.

Qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalash, ularning salomatligini mustahkamlash, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini kengaytirish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyasi, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, sportga jalb qilish orqali ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda.

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov Vatan kelajagi faqat yoshlar qoʻlida ekanligi, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, muammolarini hal qilish uchun tumanimizdagi barcha tashkilotlar rahbarlari masʼul ekanligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng yoshlar va ularning ota-onalari tuman hokimiga oʻz muammo va takliflari bilan murojaat qildilar. Uchrashuvda yoshlar tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Xususan, oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalardan kontrakt toʻlovini toʻlashga yordam berish, subsidiya asosida mehnat qurollarini olish, bandlik hamda oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit olish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

 Joyida hal qilish imkoni boʻlgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar yuzasidan yoshlarning talablari qanoatlantirildi. Atroflicha oʻrganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda aloqador muassasa-tashkilot, idoralar rahbarlariga muddatlar belgilanib, topshiriqlar berildi. Murojaat va savollar barobarida uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar tuman hokimiga oʻz takliflarini ham berishdi.

Uchrashuv soʻngida tumanimizdagi fayzli “Sher” toʻyxonasida yoshlar uchun dasturxon yozilib, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026