21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:20
Jamiyat 👁 296

“JAHOLATGA QARShI MAʼRIFAT BILAN” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

“JAHOLATGA QARShI MAʼRIFAT BILAN” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida tumanning barcha hududlarida yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlarida, dunyoqarashni kengaytirib, maʼnaviy dunyosini boyitishda, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

20-dekabr kuni 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida grant loyihasi rejasiga muvofiq “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, kelajagimiz egalarini “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning zararli taʼsirlaridan himoya qilishga qaratilgan ushbu tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Amudaryo tumanidagi bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi mutaxassisi Mahmud Eshmanovlar qatnashishdi. Shuningdek, grant loyihasi ijrochilari, tahririyat xodimlari hamda maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda oʻtkazilayotgan turli tadbirlar, yoshlarni kitobxonlikka jalb etishga qaratilgan tanlovlar, adabiy kechalar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar haqida soʻz yuritilib, batafsil maʼlumotlar berildi. Ushbu tadbirlar va grant loyihasi doirasida tumandagi ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan turli maqolalar, yoshlarning ijod namunalari barchaga manzur boʻlayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Amudaryo tumanidagi bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi mutaxassisi Mahmud Eshmanovlar tashkilot xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida keng toʻxtalishdi. Undan tashqari, “ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiri, mafkura maydonining turli xurujlari, ulardan himoyalanish borasida ham soʻz yuritishdi.

Tadbir davomida XXI asr – globallashuv jarayonida yoshlarning radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali axborot va maʼlumotlar olayotgani, bu jarayonda baʼzi bir aqidaparast oqimlar yoshlarga mafkuraviy taʼsir oʻtkazishga urinayotgani hamda ularning oldini olish borasida nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi aytib oʻtildi. Shuningdek, bugungi kunda jaholatga karshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan koʻra muhim ahamiyat kasb etayotgani, bunda yoshlarning milliy qadriyatlarga sodiq, oshkora va pinhona koʻrinishdagi gʻoyaviy tahdidlarga qarshi kurashadigan qilib tarbiyalash lozimligi eʼtirof etildi.

Ushbu tadbir taʼsirchanligini yanada oshirish maqsadida yoshlarga “Adashganlar” nomli videorolik ham namoyish etildi. Mazkur videorolikda yoshlar ongiga taʼsir oʻtkazishga harakat qilayotgan missionerlik oqimlaridan biri boʻlgan «Iyegovo shohidlari» tashkilotiga aʼzo boʻlganlar qanday ogʻir ishga qoʻl urganlarini, ikki dunyolarini oʻz hatti-harakatlari bilan barbod etganlarini, gʻoyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida davom etayotgan missionerlik faoliyati va shu kabilardan doimo ogoh boʻlish kerakligini anglab, yot gʻoyalar xatar va xavf manbai ekanligi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega boʻldilar.

Videorolik namoyishidan soʻng, Islom dinini niqob qilgan buzgʻunchi oqim va harakatlarning gʻayriislomiy faoliyatlari mohiyati aniq faktlar asosida ochib berildi. Shuningdek, «Jaholat», «Maʼrifat» tushunchalari, tinchlik va barqarorlik, globallashuv jarayoni, «ommaviy madaniyat», maʼrifatparvar, tinchlikparvar jamiyatimizdagi mavjud qonunchilik xususida batafsil maʼlumotlar berilib, fikr almashildi.

Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida tashkil etilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026