21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:07
Siyosat 👁 323

Sayyor qabullar – murojaatlar yechimiga xizmat qilmoqda

Sayyor qabullar – murojaatlar yechimiga xizmat qilmoqda

Inson manfaatlarini taʼminlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini oʻrganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda  mutasaddi rahbarlarning aholini qiynab kelayotgan muammolar bilan ishlashda murojaatlardagi masalalarni joylarga chiqib oʻrganishi hamda ularni ijobiy hal etishi borasidagi  amaliy ishlari yangi bosqichga koʻtarildi.

Butun mamalakatimiz boʻylab joylarda turli darajadagi rahbarlarning aholi bilan ochiq muloqotlari, sayyor qabullari tashkil etilib, fuqarolarning muammolari oʻrganilmoqda hamda ularni bartaraf qilish choralari koʻrilmoqda.

Xalq davlat idoralariga emas, davlat  idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Bugun bu fikr shunchaki balandparvoz gap emas, davlat organlari oldiga qoʻyilgan eng asosiy talablardan biri desak, adashmagan boʻlamiz.

2023-yil 29-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Maryam Ahmedovalarning tumanimizning Oybek mahallasidagi 55-sonli maktabda sayyor qabuli oʻtkazildi.

Mazkur sayyor qabulda sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona, tashkilot rahbarlari hamda oʻz muammolari bilan tumanning turli hududlaridan kelgan aholi ishtirok etishdi.

Qabulda 30ga yaqin fuqarolar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammo va takliflari bilan murojaat qildilar.

Murojaatlar asosan, kredit olish, sogʻligini tiklash uchun mablagʻ soʻrash, yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi tarmogʻini tortish, bandlik masalalarida amaliy yordam berilishi  va boshqa masalalarda boʻldi.

Sayyor qabulda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari, yangidan ishga tushirilayotgan tadbirkorlik subʼektlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonlari faqatgina xalq manfaatini taʼminlash, ularning yashash sharoitni yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Sayyor qabulda murojaatlarning hech biri eʼtibordan chetda qolmasligi va har bir murojaat imkon qadar ijobiy yechim topishi taʼkidlandi.

Sayyor qabul davomida Oybek mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Nurbek Tajimuratov bandlik masalasi boʻyicha murojaat qildi.

Shuningdek, Oq oltin ovulidan Oʻrinboy Shomuratov uy-joyini taʼmirlash hamda moddiy yordam masalasi boʻyicha murojaat qildi.

Sayyor qabulda elektr energiyasi, ichimlik suv taʼminoti, bolalar nafaqasi, kredit olish va boshqa qator masalalar bilan bogʻliq murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.  Maʼlum vaqt hamda atroflicha oʻrganishni talab etadigan murojaatlarni hal etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchilarga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi, ijrosi nazoratga olindi.

Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilib, xalq bilan faol va ochiq muloqotlar olib borilishida, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsad qilingan.

Ha, inson shaʼni, qadri ulugʻ tutilayotgan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlardan koʻzlangan maqsad ham  aholining oʻz hayotlaridan rozi boʻlib yashashiga erishishdir.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026