22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 10:55
Jamiyat 👁 350

Doʻrman ovulidagi davlat ahamiyatiga ega koʻprik mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

Doʻrman ovulidagi davlat ahamiyatiga ega koʻprik mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

Keyingi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan shahar va qishloqlarimizning koʻrki tamomila oʻzgacha chiroy ochib bormoqda. Xususan, soʻnggi yillarda zamonaviy va goʻzal inshootlar, sanoat korxonalari, ravon yoʻllar va koʻpriklar, shifoxona va maktablar bunyod etilmoqda. Koʻplab koʻpriklar taʼmirlanib, foydalanishga topshiralayotgani natijasida fuqarolarning turmush darajasi yaxshilanib, odamlar hayotdan rozi boʻlib yashashlarida muhim omil boʻlmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasi olis-olis hududlarda ham oʻz natijasini koʻrsatmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2023-yil 22-iyun kungi Qaroriga asosan Amudaryo tumanining olis Doʻrman ovuli hududidan oʻtuvchi 4k45-sonli koʻprik mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

Qarorga muvofiq davlat ahamiyatiga molik boʻlgan koʻprikning qurilishiga jami 4,3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Koʻprikning ishga tushirilishiga bagʻishlangan tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Ernazarov, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anvar Yoʻldoshev, faxriylar, ovul fuqarolar yigʻini masʼullari hamda koʻchaboshchilar ishtirok etdilar.

Yurtimizda yangi yil shodiyonalari kezib yurgan paytda koʻprikning taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgani doʻrmanliklar uchun quvonarli voqea boʻldi.

Qayta rekonstruktsiya ishlaridan soʻng mazkur koʻprikning uzunligi 57 metr, umumiy kengligi 10 metrni tashkil qildi. Endi transport qatnovi uchun, piyodalar harakati uchun barpo etilgan yoʻlaklardan bemalol foydalanish mumkin. 57 metrdan iborat boʻlgan koʻprik mustahkam va xavfsiz. Ikki tomonida himoya devorlari va gʻildirak qaytargichlar ham qurilgan. Ikki tasmali avtomobil yoʻlida bir kunda 11 mingdan ortiq transport oʻtish imkoniyati mavjudligi yoʻlovchilar uchun yanada qulaylik yaratadi.

Koʻprikning ishga tushirilishiga bagʻishlangan tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov qayta rekonstruktsiya qilingan koʻprik ovul va mahallalar ahlini bir-biriga bogʻlashini aytib oʻtdi.

Marosimda soʻz olgan masʼullar, ovul faollari har bir inson bugun kechagidan, ertaga bugungidan yaxshi yashashni istashini, tumanimiz boʻylab amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar odamlarning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilayotgani bilan ahamiyatli ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.

Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh boʻlasiz. Ayniqsa, yoʻlsozlar hamda quruvchilarning qoʻli-qoʻliga tegmaydi, yoʻl, koʻprik qurishdek savobli ishlar yoʻlida gʻayrat bilan mehnat qilishmoqda.

Bir paytlar qishloqlardagi yogʻoch koʻpriklar muammosi aholining eʼtiroziga sabab boʻlgani rost. Bugun esa boshqa masalalar qatorida ovul va mahallalarni bogʻlaydigan koʻpriklarning taʼmirlanishi aholiga qulaylik yaratmoqda.

Mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan mazkur koʻprik uzoq yillar mobaynida ezgu maqsadlar yoʻlida xalqimizga xizmat qiladi, albatta. Koʻprikning ishga tushirilishi natijasida hududlar farovonlashib, aholining turmush darajasi yanada yaxshilanadi. Tadbirda faol quruvchi-ustalarga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026