21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:09
Iqtisodiyot 👁 325

Amudaryo tumani mahalliy budjetining 2024-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

Amudaryo tumani mahalliy budjetining 2024-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari  to‘g‘risida

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qarori

 

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib Amudaryo tumanining 2024-yil uchun mahalliy budjetini qabul qilish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:

1. Amudaryo tumani mahalliy budjetining daromadlari 73 399,0 mln. so‘m, xarajatlari 224 966,343 mln. so‘m miqdorda, respublika budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan transfertlar 151 567,343 mln. so‘m miqdorida tasdiqlanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2024-yilgi prognoz ko‘rsatkichlari, budjet mablag‘lari xarajatlari ko‘rsatkichlari 1-7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin (Ilovalar amunews.uz veb-saytida berilgan).

3. Tuman hokimligi (K.Aytbayev), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (J.Raximov) va tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (J.Jumamuratov) tuman mahalliy budjetining daromadlar qismining soliq turlari bo‘yicha belgilangan rejalarining oshirib bajarilishini ta’minlasinlar.

4. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (J.Jumamuratov)ga:

- 2024-yilda mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirish natijasida shakllanadigan manbalar hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha zarur tuzatishlar kiritib borish;

- budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib borish, ajratilgan budjet mablag‘larining natijadorligiga erishilmayotgan budjet muassasalarini qisqatirish yuzasidan tuman hokimligiga takliflar kiritib borish;

- tuman g‘aznachilik bo‘linmasi (O.Jumanov) bilan birgalikda budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularning asossiz sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;

- Xalq deputatlari tuman Kengashiga mahalliy budjetning ijrosi to‘g‘risida har chorakda hisobot berib borish topshirilsin.

5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (K.Aytbayev) tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasin.

Hududlarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko'rsin, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

6. Tuman hokimligining Axborot xizmati (S.Ismailova) qarorning rasmiy e’lon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini, “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasi tahririyati (G‘.Eshniyazov) ushbu qaror matnining “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasida chop qilinishini ta’minlasin.

7. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi o'rinbosari    G'.YESHNIYOZOV

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026