YuZ BILAN YuZLAŞAYoTGAN MOMOLAR
Biz köp narsalarni uzoq-uzoqlardan izlaşga odatlanib qolganmiz. Lekin yonginamizda möʼjizalar yaratgan, bugungi dorilomon davrimizning mustahkam asosini qurgan, ötmişning oğir yukini yelkasida tutgan fidoyi insonlar biz bilan yonma-yon yaşayotganiga eʼtibor bermaymiz. Hayotda heç narsa tayyor holda osmondan tuşmaydi. Bugungi dorilomon zamon ham osmondan tuşgan emas. Bu ötgan davrdagi millionlab jafokaş, fidoyi insonlarning oğir zahmatlarining mevasidir.
Ana şunday tabarruk insonlardan Xadiça momo Bovbek qizi va Qizlargul momo Abdullayevalar ayni kunda 98 yoşni töldirib, töqson töqqizinçi bahorni qarşi olişmoqda. Ular sönggi 86-yildan buyon tengqur dugona bölib, hozirgi "Çoyköl” ovuli hududidagi "Qoraqipçoq” va "Şağal ovul” aholi punktlarida istiqomat qilişadi. 1929-1930-yillarda mana şu aholi punktlari hududida ilk jamoa xöjaligi taşkil etilgan. Xadiça momo va Qizlargul momolar öşa paytda 12-13 yoşda bölib, mazkur jamoa xöjaligi paxta maydonlarida erta tongdan qoş qoraygunça mehnat qilişgan.
– U davrlarda yerlar ketmon va belkurak bilan ağdarilib, çigit ekilardi. Yer haydaş uçun qöş hökiz yoki ot, tuya yoxud eşak qöş qöşilardi. Oğir qöl mehnati tinkamadorimizni quritardi. Qoş qorayganda zörğa uyimizga yetib borardik. 1933-1934-yillarda röy bergan qahatçilik va oçarçilik hammasidan oşib tuşdi. Juda köp bolalar, keksalar va kasalmand kişilar nobud böldi. Ommaviy ravişda yopirilib kelgan terlatma kasalligi ham köplarning yostiğini quritdi, bu kasallik yoş-u qarini ayab ötirmadi. Eng sara el-yurt öğlonlari qatağon qurbonlari bölişdi. Diniy savodli, bilimdon kişilar qamoqxonalarda ölib ketdi. 1929-1930-yillarda yer-mulk egalari quloq qilinib, ularning butun yer-mulki tortib olindi. Xullas, ön-ön bir yil davomida surunkasiga biron bir quvonçli voqea yoki hodisa röy bermadi. 1941-yil 22-iyunda boşlangan ikkinçi jahon uruşi biz körgan körgiliklarning hammasidan yomoni böldi. Qurol-yaroğ kötarişga qurbi yetadiganbarça erkak kişilar ketma-ket uruşga safarbar qilindilar. Qişloqlarimizda nuqul xotin-xalajlar, keksalar va bolalar qoldi. Endilikda ular uruşga ketgan kişilar örnida ham işlaşlari şart edi. "Hamma narsa front uçun, ğalaba uçun!” degan şior front orqasida mehnat qilayotgan bizlar uçun uruş yillari hayotning tub mazmuni bölib, biz özlarimizning fidoyi mehnatlarimiz bilan uruşda ğalaba qozonişga munosib hissa qöşdik. Uruşdan keyingi yillar ham oson bölmadi. 1950-yillardan boşlab sal qaddimizni kötarib yaşay boşladik. Bugungi mustaqillik davriga töxtaladigan bölsak, bunday tinç, obod, farovon hayotni biz faqat orzu qilganmiz. Dasturxonimiz nonga töla, turli noz-neʼmatlar bisyor. Nevara, çevara va evaralarimiz maktablarda, kollej va akademik litseylarda, oliy öquv yurtlarida bilim olişmoqda, yetuk mutaxassislar bölib yetişişmoqda. Mana şu kamolga yetayotgan yangi avlod bizning porloq kelajagimiz. Ular Özbekistonimizni butun dunyoga tanitişadi.
Xadiça momo Bovbek qizi bilan Qizlargul momo Abdullayevalarning hikoyalarini maroq bilan tinglarkanman, men xalqimizning sönggi bir asrlik tarixi haqida aniq bir tasavvurga ega böldim.
Ha, bu tabarruk momolarimiz sönggi bir asrlik tariximizning tirik guvohlari va mazkur tarixiy voqealarning bevosita iştirokçilaridir. Biz ularni va ular siymosidagi muhtaram va aziz keksalarimizni yanada qadrlab, eʼzozlaşimiz zarur. Bu bizning insoniylik va fuqarolik burçimizdir.
Qobul ŞOMURODOV.
Suratda: ikki dugona momolarimiz - öngda Xadiça momo Bovbek qizi va Qizlargul momo Abdullayevalar.
Muallif olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶