21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:37
Jamiyat 👁 6,514

OILAVIY AJRIMLAR: muammolarning ildizlari qayerda?

OILAVIY AJRIMLAR:  muammolarning ildizlari qayerda?

Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tugʻilayotgan bahslar, turmushning darz ketishi va u bilan bogʻliq mojarolar, ayrim xonadonlardagi mavjud notinch maʼnaviy-ruhiy muhit natijasida sodir boʻlayotgan nikohdan ajralishlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtiborni talab qiluvchi holatdir.

Taʼkidlab oʻtish joizki, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimizda oilaning ijtimoiy negizini mustahkamlashga hamda barqarorligiga erishishga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Zero, oila tinchligi va osoyishtaligi jamiyat barqarorligining asosiy omilidir. Yurtboshimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan saʼyhara-katlar zamirida yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga eʼtiborni kuchaytirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza etish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, oila mustahkamligini taʼminlash kabi ezgu niyatlar mujassam boʻlib, bu masalalar bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganligi sir emas.

Biroq, afsus bilan qayd etish joizki, hukumatimiz va faol jamoatchilik tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlarga qaramay, oilalarda ajralish holatlari uchrab turadi.

Nikohdan ajralishlarning sabablari tahlili shuni koʻrsatadiki, bu salbiy illatga oʻzaro kelishmaslik, ayollarning bozorga chiqib ketishi, erkaklarning ishlamasligi, rashk, xiyonat kabi omillar sabab boʻlmoqda. Aksariyat oilalarda ajralish holatlari 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan fuqarolar tomonidan qayd etilmoqda.

Huda-behudaga oilani barbod etish, albatta bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir etadi. Bolaning uvoli tutadi, deyishadi qariyalar. Darhaqiqat, uvol-savobni bilmaydigan, norasidalarning yetim qolishini oʻylamaydigan ota-onalar oramizda bor. Bunday holatning vujudga kelishi bosh omili – ularning huquqiy bilimga yetarli ega emasliklari, huquqiy savodxonlik darajasining pastligidan, maʼnaviyatsizligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ular ajralish holati qanday oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydilar. Ajralish tufayli notoʻliq oila vujudga keladi. Ayni kunda ijtimoiy xavfli jinoyatlar sodir etayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar notoʻliq oilalardan ekanligi kuzatilmoqda. Yoki boʻlmasa kundan-kun oshib borayotgan fohishaxonalar, chetga pul ishlash uchun noqonuniy yoʻl bilan chiqib ketayotgan yosh qizlar, ayollar, albatta, bularning barchasi ajralish oqibatida yuzaga kelgan notoʻliq oilalarda boʻlayotir.

Hozirgi vaqtda jamiyatda oilaning ahamiyati oʻsayotganligi, uning yosh avlodni tarbiyalashdagi oʻrnini hisobga olib, sudlar va FHDYo organlarining oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini qoʻriqlash borasidagi roli oshmoqda. Yaʼni bu organlarda nikohdan ajralish ishlarini hal etish jarayonida asosiy eʼtibor er-xotinni yarashtirish va oilaviy vaziyatni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrishga qaratilmoqda.

Qonunchilikda nikohdan ajratish uchun aniq asoslar koʻrsatilmagan va buni koʻrsatish mumkin ham emas. Chunki er yoki xotin keltirgan bittagina asos ham ayrim hollarda nikohdan ajratish uchun yetarli boʻlishi mumkin, alohida holatlarda esa bir qator sabablar ham ajratish uchun asos boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun amaliyotda bu holatlar toʻliq hisobga olinib, agar er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yoʻq deb topilsagina, ular nikohdan ajratiladi.

Nikohdan ajralish boʻyicha oʻtkazilgan umumlashtirmalar tahlili quyidagicha:

Ajrashib ketayotganlarning yoshi 20-35 yoshni tashkil qiladi. Bu asosan oilaviy turmushning birinchi 4-yili (35,5%) va 5-9-yillari demakdir. Ajrim tufayli har bir notoʻliq oilada oʻrtacha 2-3 nafardan bola yetim qoladi. Demak, turmush oʻrtogʻidan ayrilgach, ona bolalar tarbiyasi, roʻzgʻorni yuritish kabi katta masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga majbur. Bunday oilaviy nizolar bir-biriga zanjirdek ulanib ketadigan muammolarni keltirib chiqarishi muqarrar, eng achinarlisi, keyinchalik ushbu muammolar jinoyat bot-qogʻiga eltadigan "ravon yoʻl” boʻlib xizmat qiladi.

Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, "Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda oʻzaro hurmat va qattiq tartib boʻlmasa, oilaning barcha aʼzolari oʻz burchlarini ado etmasa, bir biriga ezgulik bilan mehr – oqibat koʻrsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas”.

Oila insonga, uning hayotiga toʻkislik bagʻishlovchi maskan, baxt keltiruvchi va avlodlar davomiyligini taʼminlovchi goʻsha, jamiyat butunligi va ahilligini kafolatlovchi qoʻrgʻon ekan, uni davlat ahamiyatiga molik qutlugʻ ish bilib, mustahkamligi uchun birdam va bardavom kurashaylik!

Sanobar XOLBOYeVA, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026