22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 09:56
Jamiyat 👁 329

QILIChBOY OVULIDAGI 22-SONLI MTTDA VATAN HIMOYaChILARI KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

QILIChBOY OVULIDAGI 22-SONLI MTTDA VATAN HIMOYaChILARI KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Yurtimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan keng miqyosdagi tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda. Umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib oʻtayotgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlar qalbidagi Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlamoqda.

Shu yil 11-yanvar kuni Qilichboy ovulidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham tarbiyalanuvchilar ishtirokida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbirni tashkilot rahbari Nilufar Yusupova ochib berdi hamda bayram kechasiga tashrif buyurgan ota-onalarni, mehmonlarni, jajji kichkintoylarni Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 32 yilligi bilan qizgʻin qutladi. Shuningdek, Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy harbiy texnika, qurol-yarogʻ va malakali ofitser kadrlar bilan taʼminlangani, yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishga qodir Milliy armiyamiz shakllantirilganini faxru-iftixor bilan eʼtirof etib oʻtdi.

Shundan soʻng, jajji kichkintoylar bilan birgalikda Davlatimiz Madhiyasi kuylandi. Bolajonlar “Men ham askar boʻlaman” qoʻshigʻini gʻurur va faxr, harbiycha raqslar bilan ijro etishdi.

Tadbirga tashrif buyurgan Qilichboy ovulidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchisi Abbos Rustamovga soʻz berildi. Harbiy xizmatchi tashkilot tarbiyalanuvchilari, Vatanimizning boʻlgʻusi himoyachilarini va xodimlarini bayram bilan tabriklab, har yili 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Vatan ozodligi uchun kurashib shahid ketganlarni xotirlash va harbiylarimizning fidkorona xizmatini ulugʻlab tadbirlar oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylanganini eʼtirof etdi. Bugungi kunda harbiy sohaga qaratilayotgan eʼtibor, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, keng koʻlamdagi imtiyozlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Ona Vatanga xizmat qilish, davlat chegaralari daxlsizligini taʼminlash, yurtimizning mudofaa qudratini yuksaltirish uchun bor kuch-gʻayratini sarf etib, jasorat bilan xizmat koʻrsatishlarini bildirdi va jajji kichkintoylarni kelajakda mard, jasur oʻgʻlonlar, yurt ravnaqiga hissa qoʻsha oladigan komil insonlar boʻlib voyaga yetishga ruhlantirdi.

Bolajonlar tadbirni ona Vatan, istiqlolni sharaflovchi, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni madh etuvchi sheʼrlar bilan davom ettirishdi. Harbiy liboslardagi jajji qizchalar ijrosidagi “Leytenant” qoʻshigʻi ham barchaga koʻtarinkilik, zavq ulashdi. Qizchalar qoʻshiq davomida harbiycha harakatlar bilan raqslar ijro etib, qalblaridagi gʻurur hislarini ifoda etishdi.

Askarcha liboslarini kiygan kichkintoylar harbiy tryuklarni mahorat bilan bajarishga harakat qilib, koʻngillarida burchga sadoqat tuygʻulari yanada mustahkamlanayotganini koʻrsatishdi. Tadbirni tomosha qilgan mehmonlar, ota-onalar ham yosh avlodning Vatanga munosib farzandlar boʻlib ulgʻayishayotganidan mamnun boʻlishdi va taʼlim-tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻygan 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari, tarbiyachilariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Tashkilotning musiqa rahbari Sunnatillo Xoʻjamurodov ijrosidagi Vatanni madh etuvchi va dillarga bayramona kayfiyat ulashuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbirning yanada koʻtarinki oʻtishini taʼminladi. Qizgʻin va taassurotlarga boy oʻtgan tadbir kichkintoylar qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini shakllantirib, yanada mustahkamladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026