21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 07:19
👁 3,769

Yoşlikning qadri keksayganda bilinadi

Yoşlikning qadri  keksayganda bilinadi

(Bizning musohaba)

Keksalik – pir-u badavlatlik, inson umrining hosilga kirgan davridir. Yoki nuroniy momo va bobolarimiz taʼrifida töxtaydigan bölsak, keksalikka, obrö-eʼtiborga, eʼzozga munosib inson sifatida bu manzilga yetişmoq ham baxt. Zero, keksalik manzilining öziga xos tutumlari, sir-sinoatlari, yuraklarni gupirtirib yuboruvçi quvonçlar, hatto taşviş va orzulari bor. Donişmandlar fikriça, keksalik ham bir sanʼat. Nuroniy yoşdagi otaxon va onaxonlarimiz bugungi yoşlarga pir-u badavlatlik sanʼati ila eng yaqin maslahatgöy, suyançiq va döst sifatida yanada aziz va qadrli.

Bizning bugungi suhbatdoşlarimiz hayotning oğir sinovlarini öz aql-zakovati, uddaburonligi va mislsiz jasorati bilan yengib ötgan, har birining hayot yöli yoşlarimiz uçun çinakam dorilfununga aylangan, keksalik gaştini surayotgan otaxon va onaxonlar. Keling, yaxşisi, ularning purhikmat suhbatlariga oşno bölaylik, özimiz uçun ibratli xulosalar çiqaraylik.

RobiyaYÖLDOŞEVA, jurnalist:

–Assalomu alaykum, avvalo davra suhbatimizga xuş kelibsizlar!

"Taraqqiyot közgusi” gazetasi va amunews.uz veb sayti jurnalistlari taşabbusi bilan ötkazilayotgan bugungi davra suhbatimiz, oddiygina qilib aytganda, yoşlik davrida yoşlikning qadriga yetiş, obrö-eʼtiborli inson bölib şakllaniş,keksalik çoğida izzat-hurmatda, köngil hotirjamligida hayot keçirişga zamin yaratiş masalasiga bağişlanadi, desam xato bölmaydi.

Bizning ota-bobolarimiz hamişa ertangi kun taşvişi bilan yaşaşga, ayniqsa farzandlarining baxti-saodati haqida qayğurişga odatlanişgan. Bugun biz uşbu anʼanani davom ettirib, yoşlarga, farzandlarimizga yoşlikning qadriga yetiş böyiça maslahatlar berişga harakat qilmoğimiz kerak. Uşbu davra suhbatini ötkazişdan maqsadimiz ham yoşlarimizga kelgusi hayotlarida asqotadigan pand-nasihatlarni va ögitlarimizni berişdan iborat. "Keksalar sözi – aqlning közi” ekanligini yoşlarimizga yana bir bor eslatişni lozim topdik.

Bekman ALLABERGANOV, "Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi:

–Gazeta va veb sayt jurnalistlarining bunday saʼy-harakatlari menga juda maʼqul böldi. Negaki, bu xayrli iş. Yoşlarimizning bugungi hayoti, qolaversa, ularning kelajagi haqida qayğurişimiz bizning, jamiyatimiz faollarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yoşligimizda bizlar ham ota-onalarimizning, keksa nuroniylarning pand-nasihatlarini köp eşitganmiz. Yaratganga şukurlar bölsinkim, şu boisdan ham biz kam bölmadik. Hayotdan öz örnimizni topdik, sabr-toqatli, insof-u diyonatli insonlar bölib yetişdik. Endi biz öz farzandlarimizning, yurtimiz yoşlarining şunday insonlar sifatida kamol topişini istaymiz.

Töğrisini aytsam, har davrning öziga xos urf-odatlari bor. Qolaversa, hozirgi davr yoşlari bilan bundan 50-yil avvalgi yoşlar örtasida keskin farq bor-da. Esimda: qariyalar ayrim harakatlarimizni xuşlamayroq gapirsalar, içimizda yoqtirmay turardik. Baʼzan qöl siltab ham ketardik. Endi öylab qarasam, barça davrlarda ham yoşi uluğ insonlarni tinglamaslik - ham odobsizlik, ham gumrohlik ekan. A. Morua ismli ğarblik bir donişmand: "keksalik sanʼati – yoşlarga töğanoq emas, suyançiq, raqib emas – muallim, befarq emas – hamdard böliş demakdir”, deb juda töğri aytgan ekan. Buni özim keksayganimda his qilayapman. Agar kimningki oilasida qariyalar bölsa, quvonsin. Negaki, uning suyançiği, ustozi va hamdardi bor.

Jongilbeka BOBOJONOVA, Manğit şahrining "Döstlik” mahallasida yaşovçi xalq taʼlimi faxriysi:

–­ Yoşlik - inson hayotining oltin davri hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelgan paytida Alloh taolo unga hayoti uçun kerakli bölgan barça imkoniyatlarni yaratib beradi. Ammo şu imkoniyatlardan foydalaniş har insonda har xil körinişda amalga oşadi. Masalan, yaxşi tarbiya körgan, kerakligiça kattalar ögit-nasihatlarini olgan inson yaratganning ana şu tuhfalarini tölaligiça öziga qabul qilib, umrining oxirigaça ular bilan birga bölib, oilasi, yaqinlari, el-yurti ardoğida yaşaş baxtiga muşarraf böladi.

Yana bir toifa insonlar böladi-ki, ularga yaxşi tarbiya berilmaganligi, aql örgatuvçi, yöl-yöriq körsatuvçi insonlari yöqligi yoki qaysarligi sababli kattalar nasihatlariga va maslahatlariga quloq solmasligi sababli Alloh tomonidan yuborilgan imkoniyatlardan mosuvo yaşaşadi. Natijada ularning keksalik davri ham kişi havas qilgulik darajada bölmaydi.

Biz keksalar yoşlarimiz hayotida ikkinçi holatdagi ahvolning sodir bölişiga aslo yöl qöymasligimiz kerak. Ayrim yoşlar qaysarlik qilib yomon yöldan qaytmasa, qariyalarning gaplariga quloq solmasa, pand-nasihatlarini qabul qilmasa, ularni mahalla va jamoatçilik yordamida töğri yölga solişimiz kerak.

Biz ayniqsa katta hayot bösağasida turgan yoşlarga köproq eʼtibor berişimiz, ulardan nasihatlarimiz-u, ögitlarimizni ayamasligimiz lozim.

Köpçilik hollarda oila qurayotgan, ota dargohidan özga, yangi uyga köçib ötayotgan yoşlar hali hayot sinovlariga tayyor bölmaydilar. Baʼzan ota-onaga ozor beruvçilar aynan öşa, hayotning arzimagan sinovlariga bardoşi yetmagan farzandlar bölişadi. Menimça ularga keksa, nuroniy kişilar tomonidan ögit-nasihatlar berib borilsa, hayotlari izga tuşib ketişi mumkin.

Menimça, tumanimizdagi umutaʼlim va örta maxsus kasb-hunar öquv muassasalarida qariyalar suhbati taşkil etilib, ularda yoşlikning qadriga yetiş yuzasidan nasihatlar berib borilsa, nur ustiga aʼlo nur bölardi.

Abdukarim hoji TÖRAYeV, "Örta kalʼa” ovulida yaşovçi mehnat faxriysi: – Biz ham keça yoş edik, olov edik, yerga ursa osmonga sapçirdik. Qilayotgan har bir işimizni töğri, deb hisoblardik. Qariyalar pand - nasihat qilsalar, quloqqa yo olardik yo olmasdik. Endi bosib ötgan yölimizga nazar taşlab, özimizça xulosa çiqarib ham oldik, töğrimi? Nuroniy yoşga yetdik. Endi bizga atrofimizdagilarning mehr-muxabbati kerak, hurmat va eʼtibori kerak. To keksalik manzilimizga yetgunça yugurdik - yörtdik. Endi, orom olgimiz, huzur-halovatda yaşagimiz keladi. Biz şunga munosibmizmi? Gap mana şunda!

Bir odamni bolaligidan yaxşi bilaman: binoyiday oilaning farzandi. Erka, injiq ösdi. Ne istasa, ota-onasi muhayyo qildi. Hammadan oldin velosiped, mototsikl, yangi çiqqan maşinalarni mindi. Ota-ona baquvvat edi, olib beraverişdi. Hatto uylanib, bola-çaqali bölganida ham ota-ona panohida şohona yaşadi. Bir kuni bu moddiyatlarning oxiriga yetişi, ota-ona qarib qolişini öylaydigan yoşga yetganida ellikdan hatlab bölgan edi. Ota-onasi dunyodan ötgaç, u, töğrisi, tört tomoniga qarab qoldi. Nima qiliş kerak? Yeyman-içaman, deb turgan bolalar, ularning öqişi, kiyim-keçagi. Tanbal öğil voyaga yetmagan öğlini yoniga olib çet davlatga işga ketdi. Ikki yil öğli bilan işlab, topganini Rossiya örmonlarida yoğoç qirqiş paytida buyragini şamollatgan öğlini davolatişga sarfladi. Puşaymoni, dardi içida. Har gapining birida: –"yoşligimni hoyu-havasga sovurib yuravergan ekanman, biron kasbning boşini tutmabman”, deydi afsus bilan.

Soliy SOBIROV, Manğit şahrinig "Beruniy” mahallasida yaşovçi mehnat faxriysi:

– Qarang, öşa odam yoşi ellikdan ötganida, töğrisi huzur-halovat damlariga yetdim, deganida yoşlikda qilgan xatosining jabrini tortayapti. Bunday odam uçun keksalik oğir yuk, katta taşviş. Yoşligida biron bir hunarni egallaganida edi, hali jismonan yetilib ulgurmagan öğli bilan Rossiya örmonlarida arzimagan çaqaga yoğoç kesib yurmasdi. Özi-ku yoşligini yelga sovuribdi. Endi voyaga yetmagan öğlining ham yoşligi qadrini oyoq osti qilişni boşlabdi. Undan köra: "Öğlim, men qilgan xatoni sen takrorlama, öqi, hunar örgan, öz yurtingda podşohlarday yaşaşga intil”, desin edi. Hah, noqobil ota-ya. Öğlimga yaxşi bölsin, desa öz xatosini farzandlari takrorlamasligi uçun jon koyitardi.

Ming afsuski, yaşirişning hojati yöq. Çet davlatga çiqib, işlab pul topaman, deb yoşi ellikdan ötib, oltmişni qoralab qolgan ayrim ota-onalar özlari bilan farzandlarini ham ergaştirib olib ketişayapti. Ayrim yoşlar esa johil ota-onalarining qistovi bilan çet davlatlarga borib işlaşga majbur bölişayotgani ham sir emas. "Nima, men boqib, katta qildim, işlasin, pul topib kelsin”, deb öylaşadi köpçilik ota-onalar. Şundaylardan söragim keladi:

–Hey, banda, sen özing farzanding uçun nima qilding? Uni öqitib, kasb-korli qilaoldingmi? Ertaga özingga öxşab yoşi bir joyga borib qolganida öğil-qiziga ibrat bölgulik inson sifatida tarbiya berdingmi?

Afsuski köpçilik qariyalarimiz keksalikni minnat bilan qarşilaydilar, bu–nodonlikdir. Nodon odam uçun keksalik– oğir yuk, taşviş, ranj-alam. Öz yoşligining qadriga yetib, Alloh bergan imkoniyatlardan töğri foydalangan holda öz hayot yölini bezab yaşagan inson uçun keksalik – ganjdir.

Salima XOLBOYeVA, Manğit şahrinig "Yangiobod” mahallasida yaşovçi mehnat faxriysi:

– Töğri aytasiz, – hayot yölini yaxşiliklar, ezguliklar asosiga qurgan inson heç qaçon nolimaydi. Demak, u hayotidan, ötgan umridan rozi. Keksalik-ganj-u gavhar. Biz hali keçagina olovqalb yoşlar edik. Bugun nuroniy yoşga yetganimda ötgan umrimga nazar solib, yoşligimiz qanday murakkab şaroitlarga töğri kelganini köz oldimga keltiraman. Özbekistonday jannatmakon yurtimizni çetdan turib begonalar boşqarardi. Iş yuzasidan barça rasmiy qoğozlarni rus tilida tayyorlardik. Barça yönalişdagi darsliklar Moskvaning ruxsati bilan tayyorlanardi. Tariximiz soxta, tilimiz kesilgan, dinimiz toptalgan, adabiyotimiz qoliplaştirilgan, erkimiz zanjirband qilingan davr bizning yoşligimiz edi, azizlar. Ana şunday şaroitda yaşab ham biz öz yölimizdan oğişmadik. Bugungi osoyişta, farovon davrni orzu qilib, intilib yaşadik. Bugungi yoşlar uçun, yoşlik şijoatini namoyon etişlari uçun yaratib qöyilgan şaroitlarni qarang: Ular dunyoning xohlagan davlatida öqiş imkoniyatiga egalar. Til örganişlari, kasb-kor egallaşlari uçun yaratib qöyilgan şaroitlarning barçasini biz yoşligimizda faqat orzu qilganmiz. Bugungi yoşlar ota-onasi bağrida, uyida ötirib dunyodagi eng nufuzli kutubxonalardan internet orqali foydalana olişlari mumkin. Ammo afsuski, köpçilik yoşlar bunday elektron xotirali texnologiyalardan öz bilimini oşiriş, yangiliklardan xabardor bölib boriş örniga qayoqdagi bölmağur, boşdan-oyoq tarbiyasiz, buzğunçi ğoyalar bilan töldirib taşlangan saytlarga kirib, öz ongini zaharlayotganlari açinarli.

Yoşlik – gözallik, ğayrat-şijoatga, jasoratga töla umr fasli. Bu faslni ezguliklar, betakror gözalliklar bilan boyitib borgan insongina keksayganida ganj topadi. Aksinça, umrining bu davrini yelga sovursa, faqat va faqat ranj topadi, puşaymonlar girdobida qoladi.

Yöldoş FAYZULLAYeV, Manğit şahrining "Böston” mahallasida yaşovçi mehnat faxriysi:

– Sizlarning gaplaringizni tinglab ötirib, ötgan asrning olovli yillari yodimga tuşdi. Bizning bolaligimiz xalqimiz boşidan keçirgan eng oğir, aççiq va qatağon yillarida keçgan. Hamma davrda ham xatolar, xato qilguvçilar, xatolarga ergaşuvçilar böladi. Lekin ota-onasi, yaqinlari, mahallasi, el-yurtini – Vatanini sevgan inson heç qaçon xato yölga kirmaydi. Ikkinçi jahon uruşida butun jahon,şu jumladan bizning özbek halqi ham jon olib, jon berdi. Eslasam, hamon titrab ketaman: qölidagi sönggi burda nonini barçaga teng bölgan, kelinlik sarpolarini harbiy qurol-aslaha yasaş uçun pulga almaştirgan qiz-u kelinçaklarni körganman. Öşa paytlarda xalqimiz qalbidagi Vatanga muhabbat tuyğusi bizning ğalabalarimizni taʼminlab turganligi rost. Biron marta ham odamlarning noliganini eşitmaganman. Şular haqida öylarkanman, Yurtboşimizning yangi 2015-yilga "Keksalarni eʼzozlaş yili” deb nom berganlarida juda katta va betakror hikmat borligini his qildim. Çunki keçagi uruş bolalari, uruş davri yoşlari – bugungi keksalar. Hamma ham yoş böladi, keyin keksayadi. Keksayganda har kim öz uyining "parisi” va "fariştasi” bölişi uçun eng avvalo yoşlikning qadriga yetişi kerak. Men butun dunyo xalqlari faşizm balosiga qarşi erk va ozodlik uçun jang maydonlarida qon keçib yurganida oğirning ustida, yengilning ostida, jonini koyitmay, pana-pastqamlarda turli ğalamisliklar qilib yurganlarni körganman. Bundaylar uçun keksalik – qiş fasliday azobli. Çunki bunday kimsalar yoşligini öz ona Vatani, el-u yurti, xalqi baxt-saodati yöliga baxş etiş, ezgu va xayrli işlar qilişga sarflaş örniga xudbin, özidan narini köra olmaydigan tarzda, ğalamislarça yaşaganlari uçun xalqi köziga tik boqa olmaydilar. Odamlar nazaridan qoçib yaşaydilar.

El-yurt nazaridagi inson sifatida qariş ham bir sanʼat. Buning uddasidan çiqiş uçun inson eng avvalo yoşlikning qadriga yetmoği kerak.

Allambergan JUMANIYoZOV, jurnalist:

­ – ­Davra suhbatimiz iştirokçisi Jongilbeka opa ajoyib bir taklifni ­– taʼlim muassasalarida qariyalar suhbatini taşkil etiş taklifini bildirdi. Bu juda yaxşi taklif.

Tumanimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida keksalar, mehnat faxriylari bilan uçraşuvlar taşkil etib, suhbatlar uyuştirilsa, qariyalar yoşlarga uruş yillaridagi va undan keyingi tiklaniş yillaridagi qiyinçiliklar, oçarçiliklar, mustaqillikka erişiş yölidagi mislsiz qiyinçiliklar, xalqimiz boşidan keçirgan azob-uqubatlar haqida gapirib, hozirgi dorilomon zamonning qadriga yetiş böyiça nasihatlarni bersalar, qanday yaxşi bölardi. Bunday suhbatlar çoğida, albatta, yoşlarga yoşlik davrining qadriga yetiş borasida pand-nasihatlar ham berib borilsa, foydadan holi bölmasdi.

Abdukarim hoji TÖRAYeV: – Yurtboşimiz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda bekorga "Qariyalar – xonadonlarimizning fayzi, fariştasi”, "Qarisi bor uyning parisi bor” degan xalqimizning hikmatli maqollarini keltirganlari yöq. Har bir inson keksayganida öz xonadonining fayzi, fariştasi va parisi bölib yaşaşi uçun, umr yöllari yoşlarimizga ibrat va buyuk dorilfununga aylanmoği uçun eng avvalo yoşligidan özini isloh qilib yaşamoği kerak. Ana şunda nuroniy yoşida oilasida, el-u yurt – ona Vatanida xurmat, eʼzoz topadi.

Salima XOLBOYeVA: –Hozirgi yoşlarimizga havas qiliş kerak. Bizning oyoğimiz yetmagan yurtlarga borib Özbekiston bayroğini köklarga kötarib kelişyapti. Albatta, bunday yoşlarga havasimiz keladi. Bizning yoşligimizda şaroitni özimiz izlardik. Hozirgi yoşlar töla davlat ğamxörligi bilan qamrab olingan. Xohlagança öqib-izlanişi, kasb-kor egallaşi, tadbirkor sifatida şakllanişi mumkin. Şunday imkoniyat va şaroitlar yaratib berilayotgan bir zamonda quloğiga telefonni yopiştirib, köça-köyda, baʼzan vaqtini har xil ziyofat yoki oldi-qoçdi, maʼno-mazmuni sayoz filmlar körib, qöşiqlar (aslida qöşiqmi?) tinglaşga sarflayotgan yoşlarga açinib ketaman. "Esiz yoşlik, esiz havoga sovurilgan vaqt”, degim keladi. Hatto şunday yoşlarga tanbeh ham berib turaman:

–Şoşil, oldingda katta hayot turibdi, özingni şu hayot karvonida yöqotib qöymaslik uçun, özingni anglab oliş uçun şoşil! – deyman.

Robiya YÖLDOŞEVA, jurnalist:

–Hurmatli suhbatdoşlar!

Bugungi suhbatimiz orqali yoşlarimizga yoşlikning qadriga yetiş yuzasidan bergan maslahatlaringiz, körsatgan yöl-yöriqlaringiz ayni muddao böldi.

Öylaymizki, sizlarning hayotiy misollar orqali gapirgan gaplaringiz yoşlarimizga öz taʼsirini körsatadi va ular yoşlik çoğida xatoliklarga yöl qöymaslikka, kelajagi uçun mustahkam poydevor yaratişga, Vatani, el-yurti uçun fidoyi insonlar bölib yetişişga harakat qiladilar.

Davra suhbatimizdagi iştirokingiz uçun taşakkur!

Suhbatni jurnalistlar Robiya YÖLDOŞEVA va

Allambergan JUMANIYoZOVlar yozib olişdi.
🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026