22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 09:56
Jamiyat 👁 349

Qoʻmondon va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Qoʻmondon va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yoʻnalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 30-yanvar sanasida Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida oʻtkazilgan qoʻmondon va yoshlar uchrashuvi ham mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi boʻldi.

Uchrashuvda shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general mayor Farhodjon Shermatov, tuman hokimi Sobir Xojametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdilar.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, mazkur uchrashuv davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 12-yanvar sanasida oʻtkazgan yigʻilishida belgilab bergan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muddatli harbiy xizmat nufuzini oshirish, yoshlarda muddatli harbiy xizmat qilish borasidagi bilimlarni shakllantirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuvda shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general mayor Farhodjon Shermatov soʻzga chiqib, Vatan himoyasi, uni asrab-avaylash, Vatanga xizmat qilish har bir oʻgʻil-qizning Vatan oldidagi farzandlik burchi ekanligini taʼkidlab, uchrashuvda ishtirok etayotgan yigitlarning muddatli harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Shuningdek, uchrashuvda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Zafar Ahmedov, tuman Sanitariya-epidemiyalogik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi boshligʻi Gulmurod Bekiyev, Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Ilyos Egamovlar soʻzga chiqib, oʻzlarining muddatli harbiy xizmat davomidagi taassurotlari, bilim va koʻnikmalari bilan boʻlishdilar.

Tadbirning rasmiy qismi nihoyasiga yetgach, shimoli-gʻarbiy harbiy okrug harbiy orkestr jamoasi, faxriy qorovul jamoasi hamda razvedka qoʻshinlari qoʻl jangi jamoasining qoʻl janggi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari, marsh sadolari ostidagi harbiy saf yurishi, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda harbiy orkestr jamoasining ona Vatan va Milliy armiyani tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari yangradi.

Uchrashuv mobaynida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, yoshlarning muddatli harbiy xizmatga borishlari ularning har tomonlama rivojlanishlarida muhim oʻrin tutishini qayd etib oʻtdi hamda mehmonlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilarining harbiy va turli sohadagi murojaatlariga shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondoni va boshqa tegishli mutaxassislar tomonidan toʻliq javoblar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026